Dissertatsiya mundarijasi (taxminiy)


-korxona xodimlariga qiziqarli, barqaror va ko’p haq to’lanadigan ish shakllanadi



Download 2,33 Mb.
bet5/78
Sana28.06.2022
Hajmi2,33 Mb.
#715071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
Dissertatsiya mundarijasi

-korxona xodimlariga qiziqarli, barqaror va ko’p haq to’lanadigan ish shakllanadi;
-korxona obro’yi va davlat buyurtmasini olish istiqbollari oshadi;
-korxonaning raqobatbardoshligini oshishi va ekspert potensiali rivojlanadi;
-ishlab chiqarishni ko’paytirish, sarf–harajatlarni kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hisobiga korxona daromadini jiddiy o’sishi va boshqalar.
7
Muammoni o’rganilganlik darajasi. Dissertatsiya ishi murakkab landshaftli hududlarda sug‟oriladigan ekin maydonlarida uchraydigan suv eroziyasiga qarshi tadbirlar ishlab chiqish asosida ular samaradorligini oshirish bo‟yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga bog‟langan. Respublikamizning sug‟oriladigan yer maydonlaridan foydalanishni oqilona tashkil etish, bunda tuproqlar eroziyasi jarayonlarini o‟rganish va ularni bartaraf etish bo‟yicha ma‟lum tadbirlar majmuasini yaratish, mamlakatda davlat yer kadastrini yuritish, yer tuzish ishlarini o‟tkazish, yer monitoringini olib borish, yerdan foydalanishni uzoq muddatli prognozlash masalalarini doimiy ilmiy va amaliy jihatlardan o‟rganib borish muhim ahamiyatga egadir. Darhaqiqat bu qayd qilingan masalalar bo‟yicha respublikamizdagi va umuman, butun dunyodagi olimlar tomonidan qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan va bugungi kunda hali bunday ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Yer maydonlaridan foydalanishni tuproqlar eroziyasiga qarshi tadbirlar asosida tashkil etish bo‟yicha Rosssiyalik olimlardan Volkov S.N, Sulin V.A., Zakletin V.Ya., Sarekina O.A., Burixin A.N., Qozog‟istonlik olimlardan Gendelman M.A., Madl Ya.Ya., Tiachuk S.A., Qirg‟izistonlik olimlardan Denisov V.V., Ismoilova Q.Ch., Bayikova A.J., O‟zbekistonlik olimlardan Maqsudov A.K., Akramova L.A., Tolipov G‟.A., Haqberdiyev O.A., Qo‟ziyev R.Q., Avezbayev S.A., Chertovitskiy A.S., Grechixin V.N., Babajanov A.R., Ramazanov O.R. va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini keltirish mumkin. Ularning aksariyat qismi aynan tuproq eroziyasiga qarshi tadbirlar asosida yer maydonlarini tashkil etishga, yer tuzishga, yerlardan foydalanishga, shuningdek tuproqlar eroziyasi jarayonlariga bag‟ishlangan. Ammo, bugungi kundagi iqtisodiy va yer islohotlari yerdan foydalanishning oldingi shaklllarini tubdan o‟zgartirib yubordi, yerga egalik qilish huqulari o‟zgardi, yangi shakldagi qishloq xo‟jalik korxonalari vujudga keldi. Bunday sharoitda landshafti murakkab xududlarda eroziyaga qarshi tadbirlarni qo‟llash asosida sug‟oriladigan ekin yerlaridan foydalanishni tashkil etish bo‟yicha yangicha, innovatsion tadqiqotlar olib borish va innovatsion g‟oyalar yaratish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Shuni qayd qilish zarurki, murakkab relyefli hududlarda tarqalgan qishloq xo‟jaligi yerlaridan foydalanishni landshaftli tashkil etish masalalari bo‟yicha keyingi 25-30 yil ichida respublikamizda zaruriy ilmiy-tadqiqot va loyihalash ishlari deyarli olib borilmadi. Bu holat, albatta, bunday maydonlardan qishloq xo‟jaligida samarali foydalanishga imkon bermadi. Ikkinchi tomondan, murakkab relyefli xududlarda suv eroziyasini kuchayishiga olib keldi, tuproq unumdorligi pasaydi. Shunday ekan bunday holatni oldini olish, eroziya jarayonlarini bartaraf etish asosida bunday maydonlarni landshaftli tashkil etishning uslubiy masalalarini takomillashtirish bo‟yicha
8
ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun tadqiqot olib borish mavzuni bir muncha ochib berishga asos bo‟ladi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ilmiy tadqiqotning maqsadi- bugungi kun talablari asosida murakkab relyefli qishloq xo‟jaligi yerlarini landshaftli tashkil etishning mavjud uslublarini takomillashtirish bo‟yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu qo‟yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda disertatsiya oldiga quyidagi vazifalarni qo‟yish maqsadga muvofiq deb xisoblaymiz: -murakkab landshaftli qishloq xo‟jaligi yerlarini landshaftli tashkil etishning naariy va uslubiy jihatlarini o‟rganish; -obyekt bo‟yicha yerdan, xususan, qishloq xo‟jaligi yerlaridan foydalanishning mavjud xolatini o;rganishni tashkil qilish va baholash; -qishloq xo‟jaligi yerlarini landshaftli tashkil etish uchun zaruriy tadbirlarni qo‟llash bo‟yicha asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish; -landshaftli tashkil etish bo‟yicha taklif etiladigan tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash. Tadqiqot ob’yekti va predmeti. Andijon viloyatining murakkab relyefli mintaqasida joylashgan Andijon tumanining yer maydonlari xususan, qishloq xo‟jalik yerlari tadqiqotning ob‟yekti sifatida tanlandi. Murakkab relyefli qishloq xo‟jalik yerlarida, ulardan foydalanish jarayonida kuzatiladigan salbiy jarayonlar, ularni bartaraf etish yoki kamaytirish bo‟yicha amalga oshiriladigan turli harakatlarni bugungi kun talablariga moslashtirish bo‟yicha olib boriladigan ishlar tadqiqot predmeti bo‟lib xisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi va uslublari. O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari, turli boshqaruv organlarining qonunosti me‟yoriy xujjatlari tadqiqot metodologiyasini tashkil etadi. Tadqiqiot olib borishda, uning ilmiy natijalarini asoslash, jamlash va qayta ishlashda, bir tizimga keltirishda ma‟lumotlarni tizimli va qiyosiy tahlil qilish, statistik guruhlash, analitik xisob-kitob, monografik, tadqiqiot natijalarini qayta ishlash ma‟lumotlaridan foydalaniladi. Tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi. Olib borilgan ilmiy-tadqiqotning yangiligi quyidagilar hisoblanadi: -murakkab relyefli xududlarni landshaftli tashkil etish, bu yerlarda kechadigan salbiy jarayonlarni oldini olishning nazariy va uslubiy jihatlari o‟rganildi;
9
-ma‟muriy tuman qishloq xo‟jaligi yerlaridandalaning bugungi xolati baholandi; -murakkab relyefli qishloq xo‟jaligi yerlaridan foydalanishni eroziyaga qarshi tashkil etish bo‟yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi; -eroziyaga qarshi tavsiya etilayotgan ixota o‟rmonzorlaridan xo‟jalik faolyatida ham foydalanishning afzalliklari asoslandi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati. Olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari amaliyotda, jumladan murakkab relyefli qishloq xo‟jaligi yer maydonlari tarqalgan tumanlarda suv eroziyasiga, xususan sug‟orish eroziyasiga qarshi tadbirlar asosida ekin yeridan foydalanishni tashkil etishda, ma‟muriy tuman yer resurslaridan foydalanishni boshqarishda hamda yerlardan foydalanishda davlat nazoratini olib borishda va nihoyat, yerlarni eroziyaga qarshi muhofaza qilishda ma‟lum amaliy ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqilgan va tavsiya qilingan takliflar murakkab relyefli xududlarda yerlardan foydalanishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish va asoslashda muhim amaliy ahamiyatga ega bo‟ladi. Olib borilgan tadqiqot natijalari yer tuzish bo‟yicha loyih atashkilotlariga bunday ishlarni qayta tiklash va rivojlantirish zarurligini e‟tirof etsa ajab emas. Disertatsiya ishining tarkibi. Ilmiy tadqiqotga kirish, 3 ta bob, taklif va xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati va ilovalardan iborat bo‟lib, qator zaruriy jadvallar hamda rasmlar bilan to‟ldirilgan. Tadqiqot natijalarining e‟lon qilinganligi. Disertatsiya mavzusi bo‟yicha ilmiy jurnallar va to‟plamlarda -ilmiy maqolalar chop etilgan.

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish