Dissertant: Umurova Nigina Raximovna Ilmiy rahbar: f.,f.,n., dotsent Amonova Zilola Qodirovna - Mavzu:G`arb adabiyotida sharq motivlari
- (Lev Tolstoy va Paulo Koelo asarlari misolida)
MUNDARIJA - MUNDARIJA
- Kirish
- I bob. G`arb adabiyotiga ta’sir ko`rsatgan sharqona motivlar
- 1.1. Sharq tafakkurining G`arb adabiyotiga ta’siri
- 1.2. Islom dini, tasavvuf ta’limoti va G`arb adabiyoti
- I bob bo`yicha xulosa
- II bob. Sharq adabiyoti va L.Tolstoy ijod
- 2.1. “Iqrornoma” va Islom falsafasi
- 2.2. . “Avliyo Sergiy”da Sharqona motivlar
- II bob bo`yicha xulosa
- III BOB. Paulo Koelo ijodida Sharq va G`arb adabiy sintezi
- 3.1. Paulo Koelo Koeloning sharq an’analari ruhida yozilgan asarlari
- “Portobello jodugari” va “Beshinchi tog`”asarida sharq falsafasi.
- III bob bo`yicha xulosa
- Umumiy xulosalar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
-
-
-
-
- Mavzuning dolzarbligi.
- “Sharqning ming yillik falsafasi-yu islom qadriyatlari taraqqiyot uchun bebaho xazinadir”, - degan edi muhtaram birinchi yurtboshimiz Islom Karimov o`z nutqlaridan birida. Shuningdek, “Islom dinimizning muqaddas merosi – falsafa ilmini, xususan, Sharq falsafasini teran o`rganish, - deya ta’kidlaydi prezidentimiz, - shu asosda ulug` madaniyatimiz va qadriyatlarimiz ildizlarini jonlantirish, yaqin o`tmishimizdan qolgan mafkuradan xalos bo`lish, o`zimizning o`tmish sinovidan o`tgan, ulug` ajdodlarimiz bizga qoldirgan milliy mafkura va tafakkurimizni tiklash, uni zamonaviy umumbashariy ruh bilan boyitish hammamizning dolzarb vazifamizdir”. Prezident I.A.Karimov
- Jahon xalqlari tamaddunida adabiy aloqalar ayricha ahamiyatga ega ekanligi barcha zamonlarda ham e’tibor markazida turgan muammolardan sanaladi. Bunda, ayniqsa, Sharq-u G`arb adabiy-badiiy munosabatlari jumladan, adabiy hamkorligi adabiy ta’sir va aksta’sir tarjima va va uning adabiy hamkorlikdagi roli masalalariga bag`ishlangan F.Sulaymonovaning “Sharq va G`arb”, N.Komilovning “Tafakkur karvonlari ”singari tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega.
- Bu tadqiqotlarda diniy, madaniy, ma’naviy, ma’naviy mushtaraklik masalalari o`rganilgan. Ularda Sharqning G`arbga, G`arbning Sharqqa ta’siri natijasida adabiy jarayonning rivojlanishiga, Sharq falsafasining, ayniqsa, tasavvuf ta’limotining ta’siri, turli sarguzasht asarlarning Yevropa kitobxonlari tomonidan sevib o`qilishiga asos bo`lgani umumlashtirilgan. Ammo bular faqatgina adabiy ta’sir masalasidir. Mazkur ishda esa mashhur rus adibi Lev Tolstoy va braziliyalik bestseller kitoblar muallifi Paulo Koelo ijodllarida Sharq falsafasidan ta’sirlanib yozilgan asarlarni maxsus o`rganish ko`zda tutilgan. Chunki ular qoldirgan adabiy merosining buyuk hodisa sifatida jahon adabiyoti sahifalaridan munosib o`rin egallashida ulardagi sharqona jilolar ham muayyan ahamiyat kasb etganini ta’kidlash joiz.
- Mavzuning o`rganilish darajasi.
- Jahon adabiyotida G’arb-u Sharq badiiy an’analarini Ilk davrlardan o`rta asrlarga qadar Fozila Sulaymonova o`rganganlar, o`rta asrlar adabiyotida adabiy aloqalarni olim Najmiddin Komilov o`rgangan bo`lib, bu “Tafakkur karvonlari” kitobida o`z aksini topadi. Jahon adabiyotida sharqning o`rni xususida asosan Ja’far Xolmo`minov tadqiqotlari ahamiyatli. Paulo Koelo ijodi o`zbek adabiyotida atroflicha, chuqur o`rganilmagan. Qozoqboy Yo`ldoshev, Aziz Said, Ahmad Otaboy kabi ijodkorlar munosabat bildirganlar. Shu maqsadda biz bitiruv malakaviy ishimizda g`arblik ijodkorning tafakkurida va asarlarida sharqning ahamiyatini yoritishga harakat qildik. Lev Tolstoy ijodida hadislarning ahamiyati xususuda K.Mustanovning ilmiy tadqiqoti mavjud bo`lib, unda Tolstoy tomonidan nashr etilgan hadislar tahlilga tortilgan, Vafo Fayzulloning L.Tolstoy ijodiga oid maqolalari mavjud.
- Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi.
- XX asrda G`arb va Sharq aloqalari ta’sirida barcha sohalar qatori milliy adabiyotimizda ham bir qancha yangilanishlar yuz bergani bizga sir emas. Adabiyotshunoslikda jahon adabiyoti romanlarining psixologik, falsafiy, kompozitsion, til xususiyatlari, uslub, obrazlar tizizmi bilan bog`liq jihatlari o`rganilgan bo`lib, ulardagi ilohiy-irfoniy g1oyalar talqini tadqiq qilishga muhtojligi bilan e’tiborga molikdir. Ijtimoiy munosabatlarning yangilanishi, ma’naviy olamdagi o`zgarishlar jahon adabiyotining o`ziga xos qirralarini o`rganishni taqazo qilmoqda. Hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda, albatta, sharq-u g`arb adabiy munosabatlarini o`rganish ma’naviy ehtiyoj bo`lib hisoblanadi. Jahon adabiyoti vakili bo`lmish Paulo Koelo va Lev Tolstoy asarlaridagi sharqona hikmatlar, ramziy rivoyatlar, tasavvuf bilan aloqador jihatlarni yangicha nuqtayi nazar bilan tahlil qilish, asar qahramonlariga, uning g`oyasiga bugungi kun talabi bilan yondashish, Sharq va G`arb adabiy sintezini Paulo Koelo va Lev Tolstoy ijodi misolida o`rganish ishning yangiligini belgilaydi. Shu bilan birga Paulo Koelo va Lev Tolstoyning badiiy mahoratini ko`rsatib berish, ularning sharqqa munosabatini, sharq an’analaridan nechog`lik foydalanganligini yoritish ham ustuvor vazifalardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |