TOSHKENT SHAHAR YAKKASAROY TUMANI 160- MAKTABNING BIOLOGIYA FANI O`QITUVCHISI UBAYDOVA ZARNIGOR QODIROVNA Mavzu:22-§.TO‘PGULLAR Bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta gullar yig‘indisi to‘pgul deyiladi. - Bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta gullar yig‘indisi to‘pgul deyiladi.
- To‘pgul hosil qilmaydigan yakka-yakka gulli o‘simliklarga lola, binafsha va behini misol qilib kel- tirish mumkin.
Ko‘pchilik o‘simliklarda gullar to‘pgullarda yig‘iladi. - Ko‘pchilik o‘simliklarda gullar to‘pgullarda yig‘iladi.
- To‘pguldagi gullar yakka gullarga qaraganda yaxshi chang- lanadi.
- Gullari asosiy gulpoya (to‘pgul o‘qi)da joylash- gan to‘pgullar oddiy to‘pgullar deyiladi.
- Bir qancha oddiy to‘pgullarning yig‘indisi murakkab to‘pgullarni hosil qiladi.
- Bunday to‘pgullar murakkab to‘pgullar deyiladi.
Oddiy to‘pgullar. - Shingil to‘pgulda gullar uzun gulpoyada gulbandlari yordamida navbat bilan joylashadi.
- Masalan, karam, qurttana, jag‘-jag‘, rediska kabi o‘simliklar shingil to‘pgul hosil qiladi.
- Zubturumning mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi. Bunday to‘pgul oddiy boshoq deb ataladi.
Olma, nok, gilos, olchaning to‘pguli oddiy qalqonsimon bo’ladi. - Olma, nok, gilos, olchaning to‘pguli oddiy qalqonsimon bo’ladi.
- Qalqoncha to‘pgulda turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar kalta gulpoyada navbat bilan joylashadi.
- Gulpoyaning pastki qismidagi gullarning bandi yuqoridagilarga nisbatan uzunroq bo’lgani uchun gullarning yuqori qismi bir xil tekislikda bo’ladi.
Yo‘g‘on va uzun gulpoyada bandsiz gullar joylashgan to‘pgul so‘ta deyiladi. - Yo‘g‘on va uzun gulpoyada bandsiz gullar joylashgan to‘pgul so‘ta deyiladi.
- Masalan, makkajo‘xorining urug‘chili gullari so‘tada to‘plangan.
Sebarganing gullari kalta va yo‘g‘on gulpoyada bandsiz joylashib, sharsimon shakldagi bosh (kallak)cha to‘pgulni hosil qiladi. - Sebarganing gullari kalta va yo‘g‘on gulpoyada bandsiz joylashib, sharsimon shakldagi bosh (kallak)cha to‘pgulni hosil qiladi.
Soyabon to‘pgulida joylashgan gullar bir xil uzunlikdagi bandi bilan gulpoyaning uchki qismida joylashadi, masalan, piyozda. - Soyabon to‘pgulida joylashgan gullar bir xil uzunlikdagi bandi bilan gulpoyaning uchki qismida joylashadi, masalan, piyozda.
Gulpoyasining uchi etdor likopchasimon kengaygan to‘p- gul savatcha deyiladi. - Gulpoyasining uchi etdor likopchasimon kengaygan to‘p- gul savatcha deyiladi.
- Savatchani tashqi tomondan o‘rama barglar o‘rab turadi. Masalan, kungaboqar, qoqio‘t kabi osimliklaming gullari savatcha to‘pgulga o‘mashgan.
Yong‘oq, oqqayin va tolning changchili gullari kuchala to‘pgulga yig‘ilgan. Kuchala boshoqqa o‘xshaydi, lekin aso- siy gulpoyasining osilib turishi bilan farq qiladi. - Yong‘oq, oqqayin va tolning changchili gullari kuchala to‘pgulga yig‘ilgan. Kuchala boshoqqa o‘xshaydi, lekin aso- siy gulpoyasining osilib turishi bilan farq qiladi.
Murakkab to‘pgullar. - Sabzi, ukrop (shivit), petrushka, shashir va bodiyon kabi o‘simliklaming gullari murakkab soyabon hosil qiladi.
- Murakkab soyabon asosiy gulpoyaning uchki qismida joylashgan oddiy soyabonchalardan tashkil topadi.
Bug‘doy, arpa, javdar va bug‘doyiq kabi o‘simliklar to‘pguli murakkab boshoq bo‘lib, u asosiy gulpoyada joy- lashgan oddiy boshoqchalardan tarkib topadi. - Bug‘doy, arpa, javdar va bug‘doyiq kabi o‘simliklar to‘pguli murakkab boshoq bo‘lib, u asosiy gulpoyada joy- lashgan oddiy boshoqchalardan tarkib topadi.
Murakkab shingil to‘pguli asosiy gulpoyada joylashgan shingillar (nastarin, tok)dan yoki boshoqchalar (makkajo‘xo- rining changchili gullari, sholi, suli)dan iborat - Murakkab shingil to‘pguli asosiy gulpoyada joylashgan shingillar (nastarin, tok)dan yoki boshoqchalar (makkajo‘xo- rining changchili gullari, sholi, suli)dan iborat
- To‘pgul deb nimaga aytiladi?
- 2. Oddiy va murakkab to‘pgullar bir-biridan qanday farq qi- ladi?
- 3. Shingil to‘pgul nima? Unga misol keltiring.
- 4. Savatcha, so‘ta va kuchalalarda gullar qanday joylashgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |