Dispers sistemalar va chin eritmalar



Download 69,5 Kb.
bet5/7
Sana25.06.2021
Hajmi69,5 Kb.
#101092
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dispers sistemalar va chin eritmalar. Kolloid sistemalar reja D

Eritmaning bug‘ bosimi.


Har  bir temperaturaga suyuqlikning tuyingan bug‘ bosimining ma’lum miqdori va bug‘simon fazaning ma’lum konsentratsiyasi to‘g‘ri keladi. Agar suyuqlikda bug‘lanmaydigan biror modda eritilgan bo‘lsa, suyuqlikning bug‘lanish tezligi kamayadi, bug‘ning konsentratsiyalanish tezligi o‘zgarishsiz koladi. Natijada eritma sirtidagi bug‘ bosimi toza erituvchining bug‘ bosimidan kichik bo‘lganda sistemada muvozanat karor topadi. Demak, o‘zgarmas temperaturada toza erituvchining bug‘ bosimi(R0) hamma vaqt eritma sirtidagi erituvchining bug‘ bosimi (P) dan katta bo‘ladi. Bo‘lardan P0-P1=∆P eritma sirtida bug‘ bosimining pasayishi kelib chiqadi. Fransuz olimi F.Raul 1887 yili eritma bug‘ bosimining pasayishi eritma konsentratsiyasiga bog‘liqligini aniqladi, va u quyidagi qonuniyatni yaratdi: eritma yuzasidagi erituvchi bug‘ bosimining nisbiy kamayishi, erigan moddalar molekulalari soni yig‘indisi nisbatiga teng, ya’ni:

P0-P1     n

—— = —―

P0 Ν+n


Bu erda: P0- sof erituvchining bug‘ bosimi, P1-erituvchining eritma sirtidagi bug‘ bosim, n-erigan moddaning molekulalar soni,

N-erituvchining molekulalar soni. Yuqoridagi formuladagi

(P0-P1)/P0=∆P/P0 nisbat tuyingan bug‘ bosimining kamayishi va  n/(N+n) nisbat erigan moddaning mol qismi deyiladi.

Eritmaning muzlashi va qaynashi

Har  qanday suyuqlik bug‘ bosimi qattiq fazaning bug‘i bosimiga tenglashgandagina suyuqlik muzlay boshlaydi. Quyidagi rasmda sof erituvchi bilan eritma bug‘ bosimlarining temperaturaga qarab o‘zgarishi tasvirlangan. Ushbu rasmda A va V nuqtalarda suv bug‘i hamda eritma bug‘ bosimining egri chiziklari berilgan va ular rasmda kesishishadi. Bu nuqtalardan abscissalar o‘qiga tushirilgan perpendikulyarlar eritmaning muzlash temperaturasi erituvchining muzlash temperaturasidan  ∆tMUZ=T-T1.  kichikligini va (∆tMUZ- eritma muzlash temperaturasining pasayishi) eritmaning konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporcionalligini ko‘rsatadi. 100 g erituvchida 1 mol modda erishidan hosil bo‘lgan eritma muzlash temperaturasining pasayishini ko‘rsatadigan qiymat har  bir erituvchi uchun o‘zgarmas kattalik bo‘lib, erituvchining krioskopik konstantasi deyiladi, KKR bilan ishoralanadi.

Eritma konsentratsiyasini uning muzlash temperaturasi pasayishiga ta’siri quyidagi matematik kurinishga ega:

Dtmuz=Kkr*C,

bu erda: DtMUZ-muzlash temperaturasining pasayishi, KKR-krioskopik konstanta , S-molyal konsentratsiya .Demak , Kkr ni bilgan holatda erigan moddaning molekulyar massasini aniqlash mumkin. Eritmaning molyal konsentratsiyasi C=(a×1000)/(b×M) ga teng, bu erda: a-erigan moddaning  massasi, b-erituvchining massasi, M-erigan modda-ning molekulyar massasi. Konsentratsiya ifodasini yuqorida formulaga kuysak

ga ega bo‘lamiz Har  qanday suyuqlik uning bug‘ bosimi atmosfera bosimiga teng bo‘lgan sharoitda kaynaydi.

Yuqoridagi rasmda A1 va B1 nuqtalar sof erituvchi va eritma bug‘ bosimlarining atmosfera bosimi bilan tenglashganini ko‘rsatadi. Rasmdan kurinadiki, eritma toza erituvchiga nisbatan yuqori temperaturada qaynaydi. Eritmaning qaynash temperaturasining ko‘tarilishi, muzlash temperaturasining kamayishiga o‘xshab, eritmaning konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporcionaldir. Erituvchining bir xil mik-dorida moddalarning ekvimolekulyar miqdorlari eritilsa, eritmaning qaynash va muzlash temperaturasining kutarilishi bir xil gradusga uzgaradi. Masalan: 1mol shakar C12H22O11-342 g-1000 g H2O  ∆tMUZ=-1,860  ∆tqay =0,52° glicirin C6H8O3-92  ∆tMUZ=-1,86˚; ∆tKAY=-0,52˚

1000 g erituvchida 1 mol modda  erishidan hosil bo‘lgan eritmaning qaynash temperaturasi kutarilishini ko‘rsatuvchi son har  bir erituvchi uchun o‘zgarmas bo‘lib, erituvchining ebulioskopik konstantasi deb ataladi va KEBUL bilan ishoralanadi.

Ebulioskopik konstanta erigan moddaning tabiatiga bog‘liq bulmay, faqat erituvchiga bog‘liqdir. Quyidagi jadvalda bir necha erituvchilar uchun ebulioskopik va krioskopik konsentratsiya qiymatlari keltirilgan:

Eritma qaynash temperaturasining kutarilishi quyidagi formula bilan topiladi:

Dtqaynash =Keb*C

Bu erda: Dtqaynash-eritma qaynash temperaturasining kutarilishi, Keb-ebulioskopik konstanta, S-eritmaning molyal konsentratsiyasi. Bu formulaga S ning qiymatlarini kuysak.

ga ega bo‘lamiz.

Erigan moddaning molekulyar massasini aniqlashda krioskopik va ebulioskopik metodlardan foydalanish kulay. Bu metodlar bug‘simon holatga utmaydigan moddalarning (masalan, oksil, shakar va boshqalar) molekulyar massasini aniqlashda katta ahamiyatga ega.

Krioskopik metod past temperaturada soviydigan suyuqliklar (antifriz eritmalar)da  ∆tMUZ ni xisoblash uchun kup qo‘llaniladi. Avtomobilsozlik sanoatida etilenglikol asosida tayyorlangan anti-frizlar ishlatiladi.

Muammoli savol:  Erituvchining ertish imkoniyati qanday hossasiga bog‘liq?


Download 69,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish