15
21. Kolloid sistemalarning elektr xossalari.Reja.Qo’sh elektr qavat, Elektrofarez va elektroosmos.
Kolloid zarrachalar ma’lum bir zaryadga ega bo’lganligi uchun kolloid eritmaga tashqaridan elektr toki
berilganda zarrachalar biror elektrodga tomon harakat qiladi: manfiy zarracha musbat elektrodga, musbat
zarracha manfiy elektrodga tomon boradi. Kolloid zarrachalarning tashqi elektr maydon ta’sirida harakat
qilish hodisasi
elektroforez
yoki
katoforez
deyiladi. Bu hodisani 1807 yilda Moskva universitetining
professori Reyss birinchi bo’lib kashf etgan. Reyss bir parcha loyga ikki nayni o’rnatib, bu naylarga
tozalab yuvilgan qum soldi va ikkala nayga bir xil balandlikda suv quydi. So’ngra bu suvga o’sha vaqtda
elektrning birdan bir manbai bo’lgan Volt ustuni elektrodlarini tushirdi. Tok yuborilgandan bir oz vaqt
o’tgach, musbat elektrod tushirilgan naydagi suv loyqalanadi: loy zarrachalari sekin asta ko’tarilib, suvda
suspenziya hosil qila boshladi. Lekin shu bilan bir vaqtda bu naydagi suv kamaya bordi, manfiy elektrod
tushirilgan nayda esa suv ko’tarila boshladi. Reyss bu tajribasi bilan loy zarrachalari manfiy zaryadli
ekanligini isbotladi. Shu yo’l bilan elektroforez usulida zarrachalarning zaryadlarini aniqlash mumkin
bo’ldi.Reyss tajribasida biz ikki hodisani ko’ramiz: bulardan biri loy zarrachalarining musbat elektrod to-
mon harakati bo’lsa, ikkinchisi suyuqlikning manfiy elektrod tomon harakatlanishidir. Suyuqlikning
elektr maydonida g’ovak jism orqali elektrodlar tomon harakat qilishi
elektroosmos
deyiladi.
Elektroosmos yunalishiga qarab suyuqlik zaryadi ishorasini aniqlash mumkin. Rus olimlari I. Jukov va B.
Nikolskiy elektroosmos hodisasidan foydalanib suvni tozalash usulini topdilar.Dispers sistemalarda
uchraydigan elektrokinetik hodisalar jumlasiga elektroforez va elektroosmosdan tashqari "cho’kish
potensiali" ya’ni (Dorn effekti) va "oqib chiqish potensiali" yoki Kvinke effekti ham kiradi,Bu to’rtta
elektrokinetik hodisalar kolloid kimyoning o’zida ham katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Kolloid
sistemaning dzeta-potensiali kattaligi ayni sistemaning agregativ barqarorligi uchun xarakteristika bo’la
oladi.
Elektroforezda dispers faza zarrachalarining harakat tezligi, elektroosmosda esa dispers muhitning
harakat tezligi elektr maydon kuchlanganligi E ga va dispersion muhitning dielektrik o’tkazuvchanligi (ε)
ga to’g’ri, muhitning qovushqoqligi (η) ga teskari proporsional bo’ladi.
Elektroforez va elektrosmos
tadqiqot ishlarida va amaliyotda katta ahamiyatga ega. Masalan, oqsillarni tahlil qilishda va
ajratishda elektroforez hodisasidan, g’ovak sistemalardan namni yo’qotishda elektroosmos hodisalaridan
keng foydalaniladi.Elektroosmos hodisasi –torfning va daraxtlarning qurishini tezlatishda, terini
oshlashda, zollarning dispersion muhitini tozalashda, turli kompozisiyalarda materiallarni quritishda
ishlatiladi.1859 yilda Kvinke elektroosmosga teskari hodisani (elektrodlarda potensiallar farqi hosil
bo’lishini) aniqladi va uni
Do'stlaringiz bilan baham: