Dispers sistemalar (lot dispergere bo‘lak-bo‘lak bo‘lib ketmoq, tarqalmoq) biror moddaning mayda


 KOLLOID SISTEMALARNING OSMOTIK BOSIMI



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
kolloid kimyodan yakuniy javoblari

5. KOLLOID SISTEMALARNING OSMOTIK BOSIMI 
Kolloid eritmalardagi diffuziya tezligi bilan zarrachalarning o’lchamlari orasidagi bog’lanishni dastlab 
rus olimi I.G.Borshov o’rganib, diffuziya tezligi zarracha radiusiga teskari proporsionalligini aniqlagan. 
Kolloid eritmalardagi zarrachalarning hajmi va massasi chin (molekulyar) eritmalardagi zarrachalar 
massasidan bir necha marta katta bo’lganligi uchun kolloid eritmadagi zarrachalarning issiqlik harakati 
hamda diffuziya tezligi chin eritmalardagiga nisbatan sekin bo’ladi. 
Fluktuatsiya – ayni sistemaning mikroobyektlaridagi zichlik, konsentratsiya va boshqa parametr 
qiymatlarining o’rtacha muvozanat qiymatlaridan chetga chiqish hodisasi. Svedberg oltin zolining 1000 
nm hajmida dispers faza zarrachlarining o’rtacha soni 1,545 ga tengligini va ularning qiymati 0 – 7 
oralig’ida o’zgarib turishini aniqlagan. Bu jarayon diffuziyaga qarama-qarshi jarayondir. Kolloid 
eritmalarning bosimini o’lchashda yarim o’tkazuvchan membrananing bir tomoniga elektrolit ionlari 
eritmaning ikkala tomoniga tarqala oladigan bir yoki bir necha elektrolit eritmasi solinadi. Shuning uchun 
kolloid eritmaning osmotik bosimi faqat kolloid zarrachalarning soniga emas, elektrolitning ikkala tarafda 
qanday taqsimlanganligiga ham bog’liq. Agar elektrolit ikkala tarafda bir xil tarqalsa kolloid eritmaning 
osmotik bosimi faqat kolloid zarrachalarning konsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. Bu holatda elektrolit 
inobatga olinmasligi mumkin. Donnanning fikricha elektrolitlar membrananing ikkala tarafida bir xil 
taqsimlanmaydi. Agar kolloid zarracha elektrolit deb qaralsa RM = R + M holatda dissotsilanadi.. 



6. SEDIMENTATSIYA. Reja. Sedimentatsiya hodisasi
Suyuq yoki gazsimon muhitda disperslangan modda zarrachalari doimo bir-biriga qarama-qarshi ikki 
kuch: 1) ayni modda zarrachalarini cho‘kishga olib keluvchi og‘irlik kuchi; 2) zarrachalar yuqori 
konsentratsiyali sohadan kichik konsentratsiyali sohaga o‘tish uchun intiluvchi, ya’ni butuh hajmda bir 
tekisda taqsimlanishga olib keluvchi diffuzion kuchlar ta’sirida bo‘ladi. Sistemada u yoki bu kuchning 
hokimlik qilishiga qarab dispers faza zarrachalarining cho‘kishi (og‘irlik kuchi katta bo‘lganda) yoki 
butun hajmda konsentratsiyalar tenglashishi (diffuzion kuchlar katta bo‘lganda) kuzatiladi. Kolloid 
eritmalardagi zarrachalarning og‘irlik kuchi ta’sirida eritma tagiga cho‘kishi sedimentatsiya hodisasi 
(lotincha sedimentum - cho‘kish) deyiladi. Sedimentatsiya jarayonida birinchi navbatda og‘ir zarrachalar 
cho‘kadi, so‘ngra qolgan zarrachalar massasiga qarab cho‘kadi. Zarrachalarning cho‘kish tezligi quyidagi 
omillarga bog‘liq: 

Zarrachalar o‘lchamiga; 

Zarrachalar zichligining farqiga (d-d )
0


Muhitning 
qovushoqligiga (η (eta)). Kolloid eritmalardagi zarrachalarning tabiatidan qat’iy nazar og‘irlik kuchi 
ta’sirida cho‘kadi. Sedimentatsiya natijasida kolloid eritmalarning konsentratsiyasi o‘zgaradi. 
Eritmalardagi Broun harakati sedimentatsiyaga qarshilik ko‘rsatadi. Kolloid zarrachalarning o‘lchami 
qancha kichik bo‘lsa Broun harakati kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli kolloid eritmalarda 
sedimentatsiya sust boradi. Loyqa suv turishi natijasida undagi tuproq zarrachalari cho‘kib, suv 
tiniqlashadi. Ayrim kolloid ertmalarda sedimentatsiya hodisasi sust bo‘lib, zarrachalar cho‘kmaydi, suv 
tiniqlashmaydi. 1913-yilda birinchi marta A.V.Dumanskiy markazdan qochma kuch ta’sirida kolloid 
eritmalardagi sedimentatsiya jarayonini kuchaytirish uchun sentrifuga qo‘llagan. 1923-yilda shved olimi 
T.Svedberg sedimentatsiya jarayonini tezlashtiruvchi ultrasentrifugani qo‘llashni taklif etgan. Bu 
sentrifuga yordamida gidrofil (oqsillar) kolloidlarni ham cho‘ktirish mumkin. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish