14
20.Adsorbsiya issiqligi
Adsorbsiya hodisasi ham xuddi suyuqlikning bug’lanishi,moddaning suvda erishi kabi qaytar jarayondir.
Bu yerda bir-biriga qarama-qarshi 2 jarayon bo’ladi: biri moddaning yutilishi bo’lsa, ikkinchisi yutilgan
moddaning adsorbent sirtidan chiqib ketishi, (yani desorbsiyadir).Har qanday qaytar jarayondagi kabi, bu
yerda ham yutilish jarayoni avval tez boradi, so`ngra yutilish va ajralib chiqish jarayonlarining tezliklari
baravarlashib, sistema adsorbsion muvozanat holatiga keladi. Odatda, adsorbsion muvozanat juda tez
(sekundlar va ba`zan minutlar davomida) qaror topadi. Masalan, pista ko`mir sirtida SO
2
ning
adsorblanish muvozanati 20 sekunddan keyin, O
2
yutilganida 2.5 soatdan so`ng qaror topadi. Odatda,
adsorbsion muvozanat juda tez (sekundlar va ba`zan minutlar davomida) qaror topadi. Masalan, pista
ko`mir sirtida SO
2
ning adsorblanish muvozanati 20 sekunddan keyin, O
2
yutilganida 2.5 soatdan so`ng
qaror topadi. Agar adsorbitsion muvozanat uzoq vaqt davomida qaror topmasa, adsorbitsiya boshqa xil
jarayonlar bilan murakkablashgan deyish mumkin.Adsorbitsion muvozanat ham dinamik muvozanatdir.
Adsorbitsion muvozanat holati temperatura o`zgarganda o`zgaradi.Adsorbitsiya jarayoni issiqlik chiqarish
bilan boradi. Adsorbitsiya vaqtida ajralib chiqadigan issiqlik
Adsorbitsiya issiqligi
deyiladi. Adsorbitsion
muvozanatning siljishi ham Le-Shatele prinspiga bo’ysunganligi uchun temperaturatura ko’tarilganida
muvozanat modda kam yutiladigan tomonga qarab siljiydi. Desorbsiya jarayoni, aksincha issiqlik yutilishi
bilan boradi. Shu sababli, temperaturani oshirish orqali adsorbentga yutilgan moddani ko’proq qaytadan
chiqarish munkin.Desorbsiya jarayoni, aksincha issiqlik yutilishi bilan boradi. Shu sababli, temperaturani
oshirish orqali adsorbentga yutilgan moddani ko’proq qaytadan chiqarish munkin.Agar adsorbent bilan
adsorbtiv o’rtasida ximiyaviy reaksiya sodir bo’lsa, (xemosorbsiya) adsorbitsion muvozanatqaror
topmaydi; bu holda adsorbsiya qaytmas jarayon xarakteriga ega bo’ladi.
Fizikaviy adsorbsiyada ham, xemosorbsiyada ham issiqlik effekti kuzatiladi, ya’ni issiqlik chiqadi.
Xemosorbsiyada ajralib chiqadigan issiqlik miqdori ximiyaviy reaksiyalarning issiqlik effektiga yaqin
keladi. Fizikaviy adsorbitsiya ajralib chiqqan issiqlik kalorimetrlar yordamida o’lchanadi, lekin bunda
olingan natijalar taqribiy bo’ladi, chunki adsorbsiya va demak,issiqlik chiqishi ancha vaqtga cho’ziladi.
Adsorbitsiyaning integral issiqligi va diferensial issiqligi degan tushunchalar kiritiladi, 1gramm
adsorbentga gaz yoki bug’ yutilganda chiqqan umumiy issiqlik miqdori
Do'stlaringiz bilan baham: