Dispers fazaning disperslanish darajasi bo`yicha:
Molekular-ion dispers sistemalar - zarrachalar kattaligi 1 nm yoki 10-9 m gacha (elektrolit va noelektrolitlar eritmalari)
Kolloid dispers sistemalar (zollar) - zarrachalar kattaligi 1-100 nm yoki 10-9 - 10-7 m o`rtasida (qon, plazma, oqsil eritmasi va b.)
Dag`al dispers sistemalar - zarrachalar kattaligi 100 dan yoki 10-7 dan katta (suspenziya, emulsiya, kukun, ko`pik va b.)
Faza va muhit agregat holati bo`yicha:
Gaz-gazda - eritma
Gaz-suyuqlikda - ko`pik
Gaz-qattiq moddada - qattiq ko`pik (pemza, g`isht)
Suyuqlik-gazda - aerozol (tuman)
Suyuqlik-syuqlikda - emulsiya
Suyuqlik-qattiq moddada -gel
Qattiq modda-gazda - aerozol (chang, kukun)
Qattiq modda-syuqlikda - suspenziya, zol
Qattiq modda-qattiq moddada – qotishma
2 javob
Dispersion usullar:
Mehanik (kolloid tegirmonda, havonchada yirik zarrachalarni kolloid zarracha kattaligigacha maydalash) usuli
Ultratovush yordamida yirik zarrachalarni kolloid zarracha kattaligigacha maydalashusuli
Peptizatsiyalash (kimyoviy usul) - yangi tayorlangan cho`kmani elektrolit (peptizator) yordamida geldan yana zolga o`tkazish usuli
Kondensatsiya (zarrachalarni yiriklashtirish) usullari:
Kimyoviy reaksiyalar asosida:
Oksidlanish-qaytarilish, gidroliz, almashinish va boshqalar;
Erituvchini almashtirish usuli - bunda bir erituvchida molekula holida bo`lgan erigan modda zarrachalari, boshqa erituvchida kolloid zarracha holatigacha yiriklashadi.
1. Dializ - kolloid eritmani tayorlashda ortiqcha olingan elektrolit ionlarini yarim o`tkazgich membrana orqali toza erituvchi tomonga o`tish qobiliyatiga asoslangan tozalash usuli.
2. Elektrodializ - elektr maydoni ta`sirida elektrolit ionlari harakati ortishi hisobiga dializni tezlashtirish.
3. Ultrafiltrlash - g`ovaklari juda mayda bo`lgan maxsus ultrafiltr yordamida dispers fazani dispers muhitdan ajratib, yuvib, yana kolloid holatiga o`tkazish.
3 javob
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi minglab va bir necha yuz minglab atomlardan tuzilgan makromolekulalarni kimyoviy xossalarini, tuzilishi sintezi va analizini, ularda kuzatiladigan qonuniyatlarni yuqori molekulalar haqidagi eng muhim tushunchalarni o’rganadi.
Yuqori molekulyar birikmalar molekulyar massasi juda katta bir necha mingdan bir necha milliongacha bo’ladigan tabiiy va sintetik moddalar.
Organik yuqori molekulyar birikmalar jonli tabiatning asosini tashkil qiladi. Tabiiy yuqori molekulyar birikmalar kraxmal va selluloza, lignin, pektin, oqsillar, garmonlar, fermentlar, o’simliklar va hayvon organizmlarining asosiy tarkibiy qismidir. O’simlik va hayvon organizmlarining hayoti yuqori molekulyar birikmalarining hosil bo’lish, bir turdan boshqa turga o’tish va parchalanish jarayonlari bilan uzluksiz bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |