3. Diqqatning vazifalari va
turlari
assotsiatsiyalangan emotsional holatning jadalligi va davomiyligi bilan ta’minlaganligi sababli,
T. Ribo hissiyotlar va ixtiyoriy diqqat o‘rtasidagi alohida uzviy bog‘liqlikni ko‘ra oldi.[2]
Bundan tashqari, T. Ribo diqqat doimo organizmning jismoniy va fiziologik holatlarining
o‘zgarishlari bilan birgalikda kechishini uqtiradi. Bunda diqqat tabiatini tushuntirishda Ribo
harakatlarga alohida o‘rin ajratadi. Uning fikricha, diqqatning jamlanganlik holati organik
reaksiyalar bilan birga diqqatni ma’lum darajada tutib turishning zaruriy sharti sifatida namoyon
bo‘ladigan tana, yuz, gavda, oyoq-qo‘llar qismlarining harakatlari bilan birgalikda kechadi.
Biror-bir ob’ektda diqqatni jamlash va ushlab qolishga ketkaziladigan urinish har doim fiziologik
asosga ega bo‘ladi. Bu holatga, Riboning fikri bo‘yicha, mushak zo‘riqishi mos keladi,
diqqatning chalg‘ishi esa, mushak charchog‘i bilan bog‘liq bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki,
ixtiyoriy diqqat siri, Ribo nuqtai nazariga ko‘ra, harakatlarni boshqarish qobiliyatidan iborat.
SHuning uchun ushbu nazariya diqqatning motorika nazariyasi deb nomlanishi tasodifiy emas.
Ribo nazariyasidan tashqari, diqqat tabiatini tadqiq etishga turli xil boshqa yondoshuvlar
ham mavjud. D.N. Uznadze fikricha, diqqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri mayl bilan bog‘langan. Uning
nuqtai nazariga ko‘ra, mayl diqqat holatini ichkaridan ifodalaydi. Mayl ta’siri ostida voqeiy
atrof-muhitni idrok qilishda hosil qilinadigan ma’lum obraz yoki taassurotning ajralishi sodir
bo‘ladi. Bu obraz yoki taassurot diqqat ob’ektiga aylanadi, jarayonning o‘zi esa
ob’ektivlashtirish deb nomlanadi.[2]
P.YA. Galperin ham diqqatning qiziqarli konsepsiyasini taklif etdi. Uning konsepsiyasi
quyidagi asosiy holatlardan iborat:
1. Diqqat yo‘nalishli-tadqiqot faoliyatining vaziyatlaridan biri bo‘lib, obraz, fikr, inson
psixikasida ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan boshqa hodisa mazmuniga qaratilgan psixik
harakatdan iborat.
2. Diqqatning asosiy vazifasi – psixik obraz, harakat mazmuni va boshqalar ustidan
nazorat qilish. Insonning har bir harakatida yo‘nalganlik, bajaruvchilik va nazorat qilish qismlari
mavjud. Mana shu oxirgi qismi diqqat tomonidan gavdalantiriladi.
3. Ma’lum mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan harakatlardan farqli o‘laroq, nazorat
yoki diqqat faoliyati alohida natijaga ega bo‘lmaydi.
4. Diqqat mustaqil akt sifatida harakat aqliy bo‘lib qolmasdan, qisqartirilgan holatda
bo‘lgandagina ajralib chiqadi. Bunda har qanday nazoratni ham diqqat sifatida o‘rganib
bo‘lmaydi. Nazorat harakatni umumiy tarzda baholaydi, diqqat esa uning yaxshilanishini
ta’minlaydi.
5. Diqqat psixik nazorat faoliyati sifatida o‘rganiladigan bo‘lsa, u holda diqqatning
ixtiyoriy va ixtiyorsiz ma’lum aktlari yangi aqliy harakatlar shakllanishining natijasidir.
6. Ixtiyoriy diqqat reja asosida amalga oshiriladigan diqqatdir, bu oldindan tuzilgan reja
yoki namuna bo‘yicha bajariladigan nazorat shaklidir.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ko‘p sonli nazariyalarning mavjudligiga
qaramasdan, diqqat muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Diqqat tabiati haqidagi bahslar
avvalgidek davom etmoqda.[1]
Diqqat inson hayoti va faoliyatida ko‘plab turli xil
vazifalarni bajaradi. U zarur bo‘lgan psixologik va
fiziologik jarayonlarni faollashtiradi, qolganlarini esa
susaytiradi, organizmga etkazilayotgan axborotning uning
dolzarb ehtiyojlariga muvofiq holda tashkil etilishi va maqsadga yo‘nalganlik bilan tanlab
o‘tkazilishiga yordam beradi, ruhiy faollikning biror ob’ekt yoki faoliyat turida tanlab va
davomli tarzda jamlanishini ta’minlaydi.
Diqqatning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz. Bularga tabiiy va ijtimoiy belgilangan,
bevosita va bilvosita diqqat, ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqat, hissiy va
intellektual diqqat kiradi.
Diqqatni tashkil etishda insonning faolligiga ko‘ra diqqatni uch turga bo‘lish mumkin:
ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |