Diqqatning mohiyati mavzu: sodda psixik jarayonlar reja: Diqqatning mohiyati va xossalari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana30.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#193103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
SdVhkczijeaaCX62gX0edXxPIGjLvJiL

 

2Diqqatning fiziologik 

asoslari va  psixologik 

nazariyalari. 

Diqqatning  inson  psixik  faoliyatida  tutgan  o‘rnini  tushunish  uchun  o‘zingizni  biror-bir 

jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. Ko‘rish maydoningizning markazida joylashgan 

ba’zi bir jismlar aniqroq, ko‘rish maydoningizning chetida turganlari esa aksincha idrok etiladi. 

SHunga  o‘xshash  hodisani  ongimizga  nisbatan  ham  tuzish  mumkin:  faoliyatimiz  mohiyati 

ongimizning  markazini  egallagan  bo‘ladi;  ahamiyatga  molik  bo‘lmaganlari  esa  ongimizdan 

chetga  surilib  qoladi.  Lekin  boshqacha  ham  bo‘lishi  mumkin:  siz  qandaydir  jismga  qaragan 

holda,  umuman,  boshqa  narsa  haqida  o‘y  surasiz.  Bunda  ongingizning    «markaziy  maydoni» 

ko‘rayotganingiz bilan emas, o‘ylayotganingiz bilan band bo‘ladi. 

Ongimizni  grafik tarzda  tasvirlaydigan bo‘lsak, biri ikkinchisiga joylashgan ikki aylana 

ko‘rinishida chizish zarur. Katta aylana aniq bo‘lmagan ong, kichik aylana esa, –  aniq ong yoki 

diqqat deb ataladi.[2] 

        Psixik  bilish  jarayonlarining    yo‘nalganligi  va  tanlash  xususiyati  diqqat  bilan  bog‘liq. 

Diqqat  bilan    idrokning  aniqligi  va  izchilligi,  xotiraning  mustahkamligi  va  tanlash  xususiyati, 

aqliy  faoliyatning  yo‘nalganligi  va  samaradorligi,  qisqasi,  umuman  bilish  faolligining  sifati  va 

natijalari aniqlanadi. 

Perseptiv jarayonlar uchun diqqat tasvirlar chizgilarini farqlash imkonini beruvchi o‘ziga 

xos  kuchaytirgich  bo‘lib  hisoblanadi,  inson  xotirasi  uchun  diqqat  qisqa  muddatli  va  operativ 

xotirada  kerakli  ma’lumotni  saqlab  turuvchi  omil,  yodda  saqlangan  ma’lumotni  uzoq  muddatli 

xotira  zahirasiga  o‘tkazishining  zarur  sharti,  tafakkur  uchun  esa  masalani  tushungan  holda 

echimini topishning shartli omili  sifatida namoyon bo‘ladi. 

Insonlararo  munosabatlar  tizimida  diqqat  o‘zaro  hamfikrlik,  odamlarning  bir-birlariga 

moslashishi, shaxslararo nizolilarning oldini olish va o‘z vaqtida hal etishga yordam beradi.[2] 

Diqqat  boshqa  psixik  jarayonlar  qatori 

ma’lum  fiziologik  hodisalar  bilan  bog‘liq.  Ma’lum 

yo‘nalishdagi  alohida  qo‘zg‘atuvchilarni  ajratish  va 

jarayonlar kechishining fiziologik asosini ba’zi nerv 

markazlarining  qo‘zg‘alishi,  boshqalarining  esa 

tormozlanishi  tashkil  etadi.  Odamga  ta’sir  ko‘rsatayotgan  seskantiruvchi  retikulyar  formatsiya 

tomonidan amalga oshiriladigan miya faollashishini yuzaga keltiradi.[1] 

Retikulyar  formatsiyaning  «ishga  tushirish»  mexanizmlari  ichida    taxminiy  refleksni 

alohida ta’kidlab o‘tish joiz, bu refleks odam v hayvon organizmlarining atrof-muhitning barcha 

o‘zgarishlariga  nisbatan  tug‘ma  reaksiyasidir.  Masalan,  xonada  shitirlagan  ovoz  eshitilishi 

bilanoq,  mushuk  bolasi  cho‘chib  tushib,  tovush  kelgan  tomonga  ko‘zlarini  qadaydi.  Darsda 

o‘quvchilar  fikrlarini  jamlagan  holda  insho  yozmoqdalar.  Birdan  sinf  eshigi  qiya  ochiladi,  va 

berilib yozayotgan o‘quvchilar beixtiyor eshikka qaraydilar. 

Diqqatning  fiziologik  mexanizmlari  juda  murakkab.  Masalan,  ma’lum  vaqt  oralig‘ida 

doimiy  ta’sir  ko‘rsatayotgan  seskantiruvchilar  orasidan  biror-bir  yangi  seskantiruvchini  ajratib 

olish  uchun  ma’lum  mexanizmlar  zarur.  Psixologiya  bo‘yicha  adabiyotlarda,  odatda, 

mexanizmlarning  seskantiruvchilarni  filtrlovchi  ikki  asosiy:  periferik  va  markaziy  guruhlari 

ko‘rib  chiqiladi.  Periferik  mexanizmlarga  his-tuyg‘u  organlarini  sozlashni  kiritish  mumkin. 

Kuchsiz  tovushni  eshitgan  odam  tovush  kelgan  tomonga  qaraydi,  shu  vaqtning  o‘zida  mos 

keluvchi mushak nog‘ora pardasining ta’sirchanligini oshirgan holda uni tortadi.[1] 

 D.E. Brodbentning fikricha, diqqat – axborotni, aynan, kirib kelishda, ya’ni periferiyada 

tanlab o‘tkazuvchi filtr. U, agar odam bir vaqtning o‘zida turli axborotni ikki qulog‘i bilan qabul 

qilgan  bo‘lsa,  lekin  qo‘llanmaga  binoan,  faqat  chap  qulog‘i  bilan  qabul  qilishi  zarur  bo‘lgan 




holatda,  o‘ng  quloqqa  uzatilgan  axborot  umuman  qabul  qilinmaganligini  aniqladi.  Keyinchalik 

periferik mexanizmlar axborotni fizikaviy xususiyatlariga ko‘ra  tanlab o‘tkazishi aniqlandi. 

Diqqatning  markaziy    mexanizmlari  bir  xil  nerv  markazlarining  qo‘zg‘alishi, 

boshqalarining  tormozlanishi  bilan  bog‘liq.  Nerv  qo‘zg‘alishining  kuchi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

tashqi ta’sirlarni ajratish aynan shu darajada sodir bo‘ladi.  Kuchli qo‘zg‘alish u bilan bir vaqtda 

sodir  bo‘lgan  kuchsiz  qo‘zg‘alishni  siqib  chiqaradi  va  psixik  faoliyatning  muvofiq  yo‘nalishda 

kechishini belgilaydi. Lekin bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki 

ikki seskantiruvchilarning qo‘shilish ehtimoli ham mavjud.[2] 

Diqqatning  fiziologik  asoslari  haqida  gap  yuritilganida,  yana  ikki  muhim  hodisa:  nerv 

jarayonlarining  irradiatsiyasi  va  dominantlik  haqida  aytib  o‘tish  joiz.  CH.  SHerrington 

tomonidan  belgilangan  va  akademik  I.P.  Pavlov  tomonidan  keng  qo‘llanilgan  nerv 

jarayonlarining  induksiyasi  qonuniga  binoan,  bosh  miya  po‘stlog‘ining  biror  sohasida  yuzaga 

keladigan  qo‘zg‘alish  boshqa  sohalarining  tormozlanishiga  sabab  bo‘ladi  (baravar  induksiya) 

yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). Irradiatsiya 

hodisasi  sodir  bo‘ladigan  bosh  miya  po‘stlog‘i  sohasida  qo‘zg‘alish  uchun  qulay  sharoitlar 

yaratilgani  uchun  darajalar  oson  ishlab  chiqariladi,  yangi  shartli  aloqalar  samarali  tarzda 

o‘rnatiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta’minlaydi.

1

 



 A.A.  Uxtomskiy  tomonidan  oldinga  surilgan  dominantlik  tamoyiliga  ko‘ra,  miyada 

doimo ma’lum vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va shu bilan inson hulq-

atvoriga  ma’lum  yo‘nalganlik  bag‘ishlovchi  qo‘zg‘alishning  vaqtincha  hukmron  o‘chog‘i 

mavjud bo‘ladi. Dominantlik xususiyatlariga asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar 

to‘planadi va jamlanadi, shu vaqtning o‘zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga 

qo‘zg‘alish kuchaytiriladi. Bu xossalarga binoan, dominantlik  qo‘zg‘alishning barqaror o‘chog‘i 

hisoblanadi,  bu  esa  o‘z  navbatida  diqqat  jadalligini  mustahkamlovchi  nerv  mexanizmini 

tushuntirishga imkon yaratadi.[1] 

SHunday  bo‘lsada,  na  nerv  jarayonlari  induksiyasi  qonuni,  na  dominantlik  ta’limoti 

diqqatning,  ayniqsa,  ixtiyoriy  diqqatning  mexanizmlarini  to‘laligicha  ochib  bera  olmaydi. 

SHuning  uchun,  hozirgi  zamon  fanining  taraqqiyoti  diqqatning  fizilogik  mexanizmlarini 

tushuntirib  berishga  urinayotgan  qator  konsepsiyalarning  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi.  Hozirgi 

zamon  tadqiqotchilari  neyrofiziologik  jarayonlarga  ko‘proq  e’tibor  ajratadilar.  Sog‘lom 

odamlarda  diqqatning  zo‘riqishi  sharoitlarida  miyaning  istalgan  sohasida  biolektrik  faollikning 

o‘zgarishlari  yuzaga kelishi  aniqlandi.  Bu faollikni  peshona sohasida joylashgan neyronlarning 

alohida  turi  faoliyati  bilan  bog‘laydilar.  Neyronlarning  birinchi  turi  –  «yangilik  detektorlari» 

yangi  rag‘batlar  ta’sirida  faollashadilar  va  ularga  o‘rganib  qolish  darajasiga  ko‘ra  faollikni 

kamaytiradilar. Ulardan farqli ravishda «kutish» neyronlari organizm dolzarb ehtiyojni qondirish 

qobiliyatiga ega bo‘lgan ob’ekt bilan uchrashganidagina qo‘zg‘aladilar. 

Shunday qilib, diqqat bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan miya tuzilmalarining  yaxlit tizimi 

faolligi bilan ta’minlanadi. Diqqat fiziologik mexanizmlarining o‘ta murakkab tuzilishi va uning 

tabiatiga nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar diqqatning bir qator psixologik nazariyalarining 

paydo bo‘lishiga olib keldi. 

Diqqatning  nazariyalari  orasida  T.  Ribo  nazariyasi  keng  ommalashgan  nazariya 

hisoblanadi,  uning  fikricha,    diqqat  har  doim  hissiyotlar  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  ular  yordamida 

yuzaga keladi. Uning fikriga ko‘ra, ixtiyoriy diqqatning jadalligi va davomiyligi diqqat ob’ekti 

                                      

1

 Г.Югай. Н.Мираширова “Умумий психология” Тошкент 134б 



 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish