O’quv rejasiga muvofiq o’zarobog’liq bo’lgan fanning nomi
|
Tikuvchilik texnologiyasi
Tikuv korxona jixozi
Tikuvchilik materialshunosligi
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
|
O’qitishni tashkiliy shakli
|
N – Nazariy ta’lim;
A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX – Maxsus xonada o’tkaziladigan mashg’ulot.
|
Dasturga qo’yilgan talab
|
Majburiy
|
O’qitish tili
|
Guruhda belgilangan o’qitish tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Baholash bo’yicha amaldagi tartib asosida
|
O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash
|
Yozma, og’zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq
|
Diplom oldi amaliyotining maqsadi - nazariy ta’lim berish jarayonida o’quvchilar tomonidan olingan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, olinadigan mutaxassislik bo’yicha zarur layoqatga, ko’nikmalarga va amaliy ish tajribasiga ega bo’lishdan iborat.
Korxonalarda o’tkaziladigan ishlab chiqarish amaliyoti o’quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash shakllaridan biri hisoblanadi hamda ularni ishlab chiqarish sharoitlarida olingan kasb-hunar bo’yicha ko’nikmalari va bilimlarini mustaqil ravishda qo’llashga, o’quv dasturlarida nazarda tutilgan ishlarni sifatli va unumli bajarishga o’rgatishni vazifa qilib qo’yadi.
Kasb-hunar maktablari o’quvchilari tomonidan korhonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o’tash tartibi to’g’risida Nizomga asosan, ishlab chiqarish amaliyoti boshlanishidan kamida bir oy oldin kasb-hunar maktabi va ishlab chiqarish amaliyoti o’tkazilishi mo’ljallangan har bir korhona (tashkilot, xo’jalik) bilan o’quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazishlari to’g’risida shartnoma tuzadilar. SHuningdek, shartnoma o’quv yili boshida ham tuzilishi mumkin.
SHartnomada amaliyotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, amaliyotga yuborilayotgan o’quvchilar soni, uni o’tkazish muddati, sharoit va tartiblari, ishlab chiqarish texnologiyasi, sanitariya-gigiena va texnik tozalik talablari, mehnat sharoiti hamda tomonlarning o’zaro majburiyatlari ko’rsatiladi. SHuningdek, shartnoma har ikkala tomondan bittadan amaliyot rahbarlarining tayinlanishini nazarda tutishi lozim.
SHartnoma tuzilgandan so’ng kasb-hunar maktabi korxona bilan hamkorlikda amaliyotining kengaytirilgan ishchi dasturini ishlab chiqadi. Amaliyotning kengaytirilgan dasturi korhona mutaxassilari bilan kelishiladi va kasb-xunar maktabi ilmiy-pedagogik kengashi tasdig’idan o’tkaziladi. Ishchi dastur korxona (tashkilot, xo’jalik)ning tsexlari, xizmat va boshqa bo’limlarining sharoiti, hamda imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, o’quv dasturida ko’zda tutilgan turli ishlarning mazmuni, hajmi va ketma-ketligini hamda ularni bajarishga mas’ul shaxslar ismi shariflarini o’z ichiga oladi. SHuningdek, ishchi dasturda o’quvchilarning yakka tartibda bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlari mavzulari ro’yhati ham aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |