Ishning maqsad va predmeti :Bu sohada erishilgan yutuqlar qatoriga Xalq ta'limi vazirligi tasarrufida “Axborot-ta'lim portali” ning yaratilishi, Multimediya umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazining ishga tushirilishi, ZiyoNet axborot-ta'lim tarmog'ining tashkil etilishi va har bir ta'lim muassasasida axborot-resurs markazlarini tashkil qilinishi hamda ularni veb-saytlarini Internet tarmog'iga qo’yilishini keltirish mumkin.
Delphi dasturlash tili orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning xususiyatlarini, ta’lim sifatini oshirishda elektron ta’lim resurslaridan unumli foydalanishni mukammal o’rganishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Delphi dasturlash tilini shaxsiy komyuterga o’rnatish va dasturlash tili muhiti bilan tanishish.
Dasturlsh tili komponetalari bilan tanishib olib maktab o’quvchilariga tushintirb berish.
Ushbu dasturlash tili yordamidida ilovalar yaratish.
Kurs ishning obyekti : Delphi dasturlash tili yordamida ilovalar yaratish metodikasi.
Kurs ishining predmeti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida AKTni qo’llanilishi.
Mavzu bo’yicha adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar sharhi (tahlili): Mazkur malaka ishini tayyorlash jarayonida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida” gi Qonuni bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida ”gi PF-3080-sonli Farmoni [1], 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1730-sonli Qarori [2], 2012 yil 16 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida “Elektron ta’lim” milliy tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1740-sonli Qarori [3], 2013 yil 27 iyundagi “O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-1989-son Qarori [4] hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining bir qator Qaror va buyruqlari bilan tanishib chiqildi. Bundan tashqari mavzu bo’yicha Prezidentimizning asarlarida ko’tarilgan dolzarb masalalar ham o’rganildi.