Nazorat topshiriqlari:
1. Dinning qanday ildizlari bor?
2. Vijdon erkinligi nima?
3. «Dinshunoslik asoslari» o’quv predmeti nimani o’rgatadi?
2-asosiy savolning bayoni:
Ma’lumki, sovetlar davrida din, diniy tashkilotlar, dindorlarga nisbatan qo’llaniladigan sovet siyosati ilmiy tamoyillarning buzilishiga sabab bo’ldi. Uning o’rniga diniy qarashlarni bartaraf etishni tezlashtirishni maqsad qilgan siyosiy dahriylik maydonga chiqdi. Amalda diniy tashkilotlar va dindorlarga nisbatan buyruqbozlik metodi qo’llanildi. Nazariyada, xususan amaliyotda diniy tashkilotlarga bunday qarash to mustaqilligimizgacha davom etdi.
«Binobarin, deydi birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov, din ularni poklab yuksaltirgan, hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib o’tishda kuch bag’ishlagan. Umumjahon va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga etkazishga yordam berib kelgan. Ba’zi vaqtlarda esa buning birdan bir chorasi bo’lgan» (O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 35-bet.)
«Dinshunoslik asoslari» kursning vazifasi talabalarga shu sohada chuqur bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan masalalarni tahlil etishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo’llab, ularda diniy qarashlar taraqqiyotga inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy - falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e’tiqodni shakllantirishdan iborat.
Ibtidoiy din shakllaridan tortib, urug’-qabila va milliy dinlargacha ularda jahon dinlarining paydo bo’lishi va rivojlanishning ijtimoiy, gnoseologiya (nazariy bilish) va psixologiya jadvallari mavjuddir. Ana shularni har tomonlama tarixiy dalillar asosida ilmiy tahlil qilish mazkur kursning vazifasidir.
Jamiyat shakllanishini dastlabki davrlarida paydo bo’lgan din xalqlar hayoti bilan bog’liq holda rivojlangan, moslashgan sekin-asta diniy tizimini vujudga keltirgan natijada ma’lum ijtimoiy-siyosiy va madaniy-axloqiy vazifalarni bajarishni o’z zimmasiga olgan. Bundan funktsiyalar jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichlarida ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu o’rinda dinning, ayniqsa islomning Markaziy Osiyo xalqlari hayotida tutgan vazifalari, fan va madaniyat bilan o’zaro ta’siri xususida fikr yuritish o’rinlidir. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Har qanday din o’ziga e’tiqod qiluvchilarga madad beruvchi vazifasini bajargan. Masalan, insonda diniy hissiyotning vujudga kelishini olib qaraylik. U o’z hayoti turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida shakliy va ijtimoiy ehtiyoj maqsadlariga etishish qiyin ilojsiz bo’lib ko’ringandi. Bunday ma’naviy, ruhiy ehtiyoj vujudga kelgan.
Dinlar o’z ta’limotini ma’lum bir tizim shakliga keltirib, unga e’tiqod qiluvchi shaxs va jamoani shu ta’limot doirasida saqlashga intiladi. Buni din doirasida saqlashga intiladi. Bu dinlarning birlashtiruvchilik funktsiyasi deyiladi. Bunda din muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o’z ta’siri doirasida bo’lishni ko’zda tutadi. Masalan, islom Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, hattoki adabiyot va san’tiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Din o’ziga ishonuvchilarning hayotini tartibga solish, nazorat qilish (regulyativlik) funktsiyasini bajaradi. Har qanday dinlarning ma’lum urf-odat, marosim va bayramlari bo’lib, ularni o’z vaqtida, diniy ta’lim va talab asosida bajarilishi shart qilib qo’yiladi.
Din dindorlarning birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqasini ta’minlovchi xususiyat-aloqa bog’lashlik vazifasiga ham egadir. Bunda ma’lum bir dinga e’tiqod qiluvchi kishi shu dindagi boshqa kishilar bilan bog’liq bo’lishi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo’lib ado etish ko’zda tutiladi.
Bulardan tashqari din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari bo’lib, insonning yashashdan maqsadi, mazmuni, dorilfano, dorilbaqo dunyo haqidagi masalaga o’z munosabatini bildirishdan iborat. Dinlar tarixda siyosiy funktsiyaga ham ega bo’lganlar, hozirgi dyarli baracha dinlar bunday funktsiyani bajarganlar. Hozir bunday funktsiya sezilarli emas. Har qanday dinning konkret tarixiy sharoitda bajaradigan funktsiyalar yig’indisi uning ijtimoiy rolini belgilaydi. Dining ijtimoiy hayotga ta’siri hamma vaqt ham bir xil bo’lgan emas. U vaqtga, o’rniga, sharoitga qarab darxol o’zgarib boradi.
«Dinshunoslik asoslari» dinning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini, uning ta’limotini, vujudga kelishi va shakllanishini o’rganuvchi fandir. Bu fan jamiyat taraqqiyoti jarayonida din bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoiy hodisalarni-mafkura va aqidalar, urf-odatlar va marosimlar, masjid va diniy tashkilotlarning talab tartiblarini o’rganish, tahlil qilishni ham ko’zda tutadi.
Hurfikrlilikka xos dastlabki g’oyalar Markaziy Osiyoda - deizm, panteizm, mo’’tazillar, bu o’lkada yashagan, ijod qilgan ulug’ mutafakkirlar Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarda, Ibn Rushidning «Ikki haqiqat» ta’limotida olg’a surilgan edi. XVII asrda Boburning nabirasi Shoh Akbar, so’ngra XVII asrda frantsuz faylasuflarining dinga, diniy tashkilotlarga munosabati XIX asrga ilmiy dinshunoslik xususida yangi oqim, yo’nalish va nazariyalar yuzaga kelishiga katta turtki bo’lgan. Binobarin, XIX asrda mifologik maktab (aka-uka Grimm, M.Myuller); antropologik maktab (L.Feyerbax) va boshqa yo’nalishlar paydo bo’lgan. XX asrda dinshunoslik yanada yangi nazariyalar bilan boyigan. Bunda shveytsariyalik psixolog K.Yung va ayniqsa frantsuz psixologi E.Dyurkgeymning «kollektiv ong» haqidagi ta’limoti diqqatga sazovordir.
Ammo o’sha davr dinshunosligi dinga o’z ijtimoiy-siyosiy qarashlarini bayon etar ekan, u o’z qarashlarini diniy tashkilotlar mafaatlari bilan bog’lamagan, mafkuraviy jihatdan bartaraf qilib ko’rsatmoqchi bo’lgan. Bu urinishlarni asoslashda turli falsafiy hamda ijtimoiy nazariyalardan foydalangan. Amalda esa ilohiyotga ko’proq yondoshgan.
Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishi muhim xulosalar chiqarishiga olib kelgan. Birinchidan, har qanday din ijtimoiy hodisa hisoblanib, ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Ikkinchidan, diniy tasavvur va e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayan ijtimoiy sharoitlari ta’sirida turli-tuman shakl va ko’rinish kasb etgan; uchinchidan, ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib, jahon dinlarigacha bo’lgan dinlar rivojlanishi evolyutsiyasini e’tirof etish dinshunoslik haqida to’g’ri ilmiy xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |