Dinshunoslik



Download 28,14 Kb.
bet3/4
Sana22.06.2021
Hajmi28,14 Kb.
#73553
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU “DINSHUNOSLIK” FANIGA KIRISH(1)

Nazorat topshiriqlari:

1). Dinning unsurlarini sanab bering?

3. «Dinshunoslik asoslari» kursi vazifalari va ahamiyati degan mavzu bayonnoma yozing (2-3 b).

3-asosiy savolning bayoni:

«Dinshunoslik asoslari» kursining amaliy ahamiyati, oliy ilmgoh talabalarining shu sohadagi bilim doiralarini kengaytirish, ularni qiziqtiradigan masalalar yuzasidan erkin fikr yuritish hamda ilmiy va diniy tushunchalarni hozirgi fanlar va talablar nuqtai nazaridan turib o’rganishdan iborat. Falsafaning boshqa tarkibiy qismlari kabi «Dinshunoslik asoslari» ham dunyoqarash bilan bog’liq masalalarni ochib berishga yo’naltirilgan. Bunda u fan - texnika taraqqiyotining ulkan yutuqlariga olam va uning rivojlanish qonuniyatlariga suyanadi.

«Dinshunoslik asoslari» o’zining o’rganish va tekshirish ob’ektiga ega. U dinning paydo bo’lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo’lishi va yashashi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyutsiyasini ilmiy jihatdan o’rganadi. «Dinshunoslik asoslari» kursining vazifasi dinni falsafiy, tabiiy-ilmiy, tarixiy va psixologik nuqtai nazardan har tomonlama tahlil qilishdan iborat. Ilmiy falsafa dinning mohiyatini, uning ma’naviy, ijtimoiy gnoseologik va psixologik ildizlarini ochadi, diniy qarashlar va tasavvurlarni tarixiy nuqtai nazardan yoritadi. «Dinshunoslik asoslari» predmeti tabiiy-ilmiy, insonshunoslik va ijtimoiy fanlar bilan o’zaro bog’liqlikda rivojlanadi. Uning etika, estiteka, tarix, etnografiya, arxeologiya,, psixologiya, hurfikrlilik va boshqa ijtimoiy hamda tarixiy fanlar bilan mustahkam bog’liqligi dinshunoslik nazariyasini boyitadi.

«Dinshunoslik asoslari» fanining O’zbekiston xalqlari tarixi bilan uzviy bog’liqligini alohida ta’kidlash zarur. Zero, Markaziy Osiyo halqlarining tarixi, umuman din, xususan islom tarixi bilan uzviy bog’liq bo’lib, fan va madaniyat tarixiy taraqqiyotda keyingi ming yillikda Islom ta’limotining ta’siri kuchli bo’lgan.

O’zbekiston xalqlari tarixi predmeti qadimgi zamonlardan hozirgi davrgacha jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanish bosqichlarini o’rgansa, bu jarayonning barcha jihatlari mavjud dinlarning aralashuvi, yoxud kuchli ta’siri bo’lgan. Xususan, Markaziy Osiyo halqlari hayotida islomning kirib kelishi va hukmron mafkuraga aylanishi bu halqlar tarixida katta iz qoldirgan.

Oliy ilmgoh talabalari uchun yangi o’quv predmeti sifatida o’qitilayotgan madaniyat tarixi va nazariyasi bilan «Dinshunoslik asoslari» kursi o’zaro uzviy bog’liqdir. Chunki madaniyat tarixi bilan din tarixi bir-biridan ajralmagan, aksincha, bir-biriga o’zaro ta’sir o’tkazib kelgan jarayondir. Bu tarixiy taraqqiyot hodisalarining ob’ektivligini, rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish har ikkala o’quv predmeti uchun ham ahamiyatlidir.

Bir-birini to’ldiruvchi O’zbekiston xalqlari tarixi bilan «Dinshunoslik asoslari» o’quv predmetlari yoshlarni bu sohadagi zarur bilimlar bilan qurollantirdi.

«Dinshunoslik asoslari» kursi o’qitishning yana bir amaliy ahamiyati shundaki, mustaqillik tufayli mamlakatimizda boshlangan ijobiy o’zgarishlar din tarixiga, u bilan bog’liq madaniy merosga ob’ektiv munosabatni o’rnatish imkoniyatini yaratdi. Jumladan, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida (yangi tahrirda)gi qonunning qabul qilinishi hozirgi davrda demokratik va insonparvar jamiyat qurayotgan O’zbekiston xalqlari hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, o’z natijasini ko’rsatmoqda.

Ma’lumki, Prezidentimiz o’z nutqlarida din va diniy masalalar to’g’risida juda ko’p fikrlarni aytgan. Shu jumladan, dunyoviy jamiyat qurishni ko’zlagan davlatimizning dinga munosabatini belgilovchi deb zikr etilgan konsituttsion mezonlar va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi» Qonun fikrlardan quyidagi 2ta asosiy xulosa kelib chiqadi. Birinchidan, O’zbekistonda barpo etilayotgan demokratik, huquqiy va dunyoviy jamiyat qurish kontseptsiyasida din-madaniy-ma’naviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi barcha milliy qadriyatlar qatorida teng huquqli qadriyat sifatida tan olinadi. Mustaqil rivojlanish yillarida ushbu mezonning hayotga nechog’lik izchil tadbiq etilayotganini faqat qalbi ko’r, adolatga xusumat bilan munosabatda bo’lgan kimsalargina inkor etish mumkin.

Ikkinchidan, sof diniy ehtiyojlarni qondirishdan tashqarida bo’lgan har qanday g’arazga erishish yo’lida diniy omildan foydalanishga intilish qat’iyan man etiladi.

Dinga, diniy tashkilotlarga va dindorlarga nisbatan to’g’ri munosabatning qayta tiklanishi haqiqiy Vijdon erkinligini amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Keyingi yillarda bu sohada juda ko’p ishlar amalga oshirildi. Masalan: qonun doirasida diniy tashkilotlar va jamoalar uchun to’liq erkinlik yangi diniy jamoalarni, jumladan masjid va madrasalarni ro’yxatdan o’tkazish, diniy ibodatlarni bemalol ado etish, diniy adabiyotlar nashr etish, diniy arboblar va tashkilotlar faoliyatiga munosabatda jiddiy o’zgarishlar bo’ldi. 1999 yili Islom universiteti Prezidentimiz I.Karimov tashabbusi bilan ochildi. Diniy tashkilotlarning ijtimoiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tinchlik va hayriya ishlarida faol qatnashishidan iborat huquq va hohishlarini ta’minladi.

Bularning hammasi mamlakatimizda qaror topgan mustaqillik va demokratiyaning maxsulidir. Biz yoshlarda faqat diniy tushuncha va tasavvurlarni hosil qilish bilan cheklana olmaymiz. Ulardagi hozirgi zamon texnika yutuqlari asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifadir. Shu bilan bir qatorda dinni ideallashtirishga, ya’ni uni haddan ziyoda ko’klarga ko’tarib, ta’lim tarbiyaning yagona, hal etuvchi dasturiga aylantirib yuborish, uni siyosiylashtirish ham o’rinsizligini yoshlarga anglatishimiz zarur.

Ana shu erda din demokratiya va hurfikrlikka asoslangan dunyoviy ilm bilan murosa qila oladimi, degan savol o’zini ko’ndalang qilib qo’yadi. O’zbekiston tub aholisining e’tiqodi bo’lgan Islomchi?

Biz, Islom demokratiyaga murosasiz, degan da’voni olg’a surayotganlar (ular qaysi niyatlar bilan bu ishni qilayotganidan qat’iy nazar) «tegirmoniga suv quymoqchi» emasmiz. Zotan o’ziga xos va o’ziga mos taraqqiyot yo’lidan borayotgan yangi O’zbekiston tajribasi ham bunga zarracha asos bo’lmaydi. Aksincha, mamlakatimiz rivojlanishi diniy omilning mutlaqo yangicha idrok, din, xususan islomning jamiyat taraqqiyotidagi haqiqiy roli va o’rnining mavjud voqelikka tayanishi bilan o’tmish davrlardan tubdan farqlanib turadi.

Dunyoning ko’pchilik davlatlari, xususan rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, din dunyoviy davlat tuzumi bilan nafaqat murosa qilishi, balki umummilliy yuksalish yo’lida u bilan samarali hamkorlik qilishi mumkin. Demokratik davlatlarda aholining ko’pchiligini tashkil etadigan xalqning diniy e’tiqodiga ko’rsatilgan izzat-hurmat bilan bir qatorda tub etnoslar uchun noan’anaviy bo’lgan, lekin fuqarolarning muayyan qismi e’tiqod qiladigan dinlar, qolaversa, hech qanday dinga e’tiqod qilmkaslikka bir xil munosabatning qaror topganligi Qur’oni Karimdagi ibratli hikmatlardan, «Dinda majburlash yo’q» degan oyatning (Qur’on 2.25) chuqur insonparvarlik falsafasini yanada yorqinroq ochib beradi.

Xulosa shuki, «Dinshunoslik asoslari» predmetini o’qitish jarayonining tarbiyaviy ahamiyati ham mavjud bo’lib, yoshlarga din va hurfikrlilik haqida ilmiy bilimlar berish orqali dinning ijtimoiy mohiyatini, u tarixiy hodisa ekanligini tushuntirish bilan uning jamiyat rivojlanishini borasida zamonaviylashuvini, ba’zan esa yangi diniy guruhlar paydo bo’lish mumkinligini ham tushuntiradi. Shu bilan bir qatorda talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, shu asosda ilmga asoslangan imon va e’tiqodni berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.

Binobarin, kelajak yosh mutaxasislarimiz mustaqil O’zbekiston istiqloli uchun faol kurashchilar bo’lishlariga yordamlashadi.




Download 28,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish