53
nuqtai-nazardan, ya’ni, jinoiy faoliyat, terroristik guruh
va terroristik ta’limot sifatida qaraladi. Ko‘pchilik mu-
taxassislar terrorizm ostida turli ijtimoiy guruhlar to-
monidan siyosiy maqsadlar yo‘lida kuch ishlatish yoki
kuch ishlatish bilan qo‘rqitishni e’tirof etadilar.
Bunday terrorchi guruhlar o‘zlarining faoliyatlarini
Qur’oni karim ko‘rsatmalari asosida mustahkamlashga
harakat qiladilar. Agar ular Qur’onining barcha ko‘rsat-
malariga amal qilganlirida edi, yer yuzida buzg‘unchilik
va fitna tarqatmagan bo‘lar edilar. Masalan, Qur’oni
karimning Baqara surasi 26-27-oyatlarida «
... faqat
Allohning aniq ko‘rsatmalarini buzadigan, U bog‘la-
nishiga buyurgan narsalarni uzadigan va yer yuzi-
da buzg‘unchilik qilib yuradigan fosiq kimsalarnigina
adashtiradi.
Ular, shubhasiz, ziyon ko‘rguvchilardir.» — deb,
ta’kidlanadi. Bu oyatdagi «Allohning aniq ko‘rsat-
malari» shuki, unda Muhammad (s.a.v) payg‘am-
barning kelishi va unga iymon keltirish lozimligi sa-
moviy kitoblarda ham aniq ko‘rsatilganligi bildirish
MA’LUMOT UCHUN
Takfir – dindan chiqqanlikda, kofirlikda ayblashidir. Takfir ekstre-
mistlar tomonidan aynan musulmonlarga qarshi qo‘llanilmoqda.
«Jihod» – diniy ekstremistik oqim vakillari tomonidan faqat muqad-
das urush, «g‘azot» ma’nosida qo‘llanilib, islomiy davlat qurishning
farz hisoblangan vositasi sanaladi.
Jihod musulmon
bo‘lmaganlarga
qarshi bo‘lgani
kabi, dinsizlikda
ayblangan musul-
monlarga
nisbatan
ham amalga oshi-
rilishi mumkin
hisoblanadi.
1.Terroristik gu-
ruhlarning
bunday
g‘oyalari islom
dini ta
’limotiga
to‘g‘ri keladimi?
2. Fikringizni
asoslang.
54
tushuniladi. «U bog‘lanishiga buyurgan narsalar» –
ota-onaga oq bo‘lmasdan ularning rizoligini olish, qa-
rindosh-urug‘chilik rishtalarini mahkam tutish va bo-
shqalar bilan mehr-oqibatli bo‘lish kabilardir. «yer
yuzida buzg‘unchilik qilib yurish» – odamlar orasida
fitna-fasod qo‘zg‘ash, iymon-e’tiqod yo‘llariga to‘sqin-
lik qilish va boshqa buzuq ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish,
degan ma’noni anglatadi.
Yuqorida qayd etilgan oyatga murijaat qilsak, musul-
monlikni da’vo qiluvchi inson boshqa insonlarga na tili
bilan, na qo‘li bilan zarar yetkazmaydi. Aksincha, mu-
sulmon kishi yer yuzida isloh qilish, urushgan kishilarni
bir-biri bilan yarashtirish tashvishida bo‘ladi.
Bizning nafsi-
miz
shunchalik
kuchliki, uni ham
ichkaridan, ham
tashqaridan qat’iy
qoidalarga solgan
taqdirdagina tiyi-
sh mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: