Katoliklik xristianlik dinining eng yirik yo‘nalishi
hisoblanadi. «Katolik» so‘zi butun jahon, butun dunyo
(umumiy, dunyoviy) degan ma’noga ega. Bu yo‘nalish,
asosan, G‘arbiy, Janubi-G‘arbiy va Markaziy Yevropa,
Boltiqbo‘yi, Ukraina va Belarusning g‘arbiy hududlari-
da, Lotin Amerikasi va AQSHda tarqalgan.
Katoliklik xristian dinining yo‘nalishi sifatida uning
asosiy aqidalari va marosimlarini tan olishi bilan birga,
ta’limoti, marosimlarni amalga oshirish, tashkil topishi-
da o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Katolik ta’limotining
asosini xristianlikda tan olingan Muqaddas kitob —
Bib liya va Muqaddas rivoyatlar tashkil etadi.
Katolik Cherkovi Tashkiloti jiddiy ravishda markaz-
lashganligi bilan ajralib turadi. Rim Papasi bu Cher-
kovning rahbari hisoblanadi. U din va axloq masalalari
bo‘yicha qoidalarni belgilaydi. Uning hokimiyati Butun
Do'stlaringiz bilan baham: |