IBODAT VA MAROSIMLAR
Yahudiylikda ibodat tong, peshin va shom paytida
qilinadigan kundalik hamda shanba kuni sinagogada
bo‘lib o‘tadigan haftalik ibodat shakllariga bo‘linadi.
Haftalik ibodat (Shabat-Sabt) juma kuni Quyoshning
botishi bilan boshlanadi va shanba kuni nihoyasiga
yetadi.
Shanba kuni olov yoqish, ishlash, hatto transport-
dan foydalanish ham taqiqlanadi. Yahudiylik ta’limo-
tiga ko‘ra, Xudo olamni olti kunda yaratib, yettinchi
kuni dam olgan. Shuning uchun ham, yahudiylar hafta-
ning yettinchi kuni — shanbani dam olish va ibodatga
bag‘ishlaydilar.
Talmud
Do'stlaringiz bilan baham: |