Diniy siyosat va konfessiyalar aro munosabatlar


Konfessiyalararo muloqot va diniy bag'rikenglik - jamiyat barqarorligi garovi



Download 31,98 Kb.
bet2/4
Sana03.03.2023
Hajmi31,98 Kb.
#916099
1   2   3   4
Bog'liq
REFERAT 13 (1)

2. Konfessiyalararo muloqot va diniy bag'rikenglik - jamiyat barqarorligi garovi. Bizning mamlakatimiz azal-azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makon sifatida dunyo sivilizatsiyasi tarixida alohida mavqega ega. Bu muborak zaminda bizning ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan qaraganlar, mana shu yurt ozodligi yo'lida ular bilan birga kurash olib borgani, yelkadosh bo'lib mehnat qilganini hech kim inkor qila olmaydi.
Ma'lumki, Markaziy Osiyo, xususan, O'zbekiston qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo'lgan, xilma-xil dinlarga e'tiqod qiluvchi va bir-biriga o'xshash bo'lmagan turli xalqlar, millatlar, yashagan va yashab kelayotgan o'lkadir. Qadim zamonlardan bizning yurtimizda zardushtliylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi dinlar mavjud bo'lgan. VIII asrda Movarounnahrga kirib kelgan islom dini mahalliy xalqlarning axloq g'oyalari, huquqiy me'yorlari va urf-odatlari bilan uyg'unlashib, hozirgi O'zbekiston mintaqasida o'z bag'rikenglik xususiyati bilan ajralib turuvchi hanafiy mazhabi ta'limoti hamda ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me'yorlar uzul-kesil qaror topdi.
Mustaqillik yillari O'zbekistonda ushbu tarixiy an'anaga yangicha rux bag'ishlagan holda turli dinlarga mansub qadriyatlarni avaylab-asrashga, barcha fuqarolarga o'z e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilib, ushbu yo'nalishda boshqa davlatlarga namuna bo'ladigan boy tajriba orttirildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, Toshkent islom universiteti, “YUNESKO”ning O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlikda tashkil etgan mazkur tadbirda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan turli diniy konfessiyalar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari va keng jamoatchilik a'zolari ishtirok etdilar.
Mahalliy va xorijiy diniy arboblari o'z ma'ruzalarida O'zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag'rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida esa dinlar bilan hamkorlik qilish siyosati barcha fuqarolarning diniy e'tiqodi va dunyoqarashidan qat'iy nazar, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida teng
ishtiroki tamoyili asosida amalga oshirilayotgani haqida alohida to'xtalib o'tdilar. 
Diniy konfessiya rahbarlari respublikamizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini turli noto'g'ri aqidalardan saqlash, dining ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini jamiyatdagi barqarorlik, ijtimoiy hamkorlik, konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlashga yo'naltirish borasida izchil siyosat yuritilayotganini mamnuniyat bilan ta'kidladilar.
Xulosa sifatida Markaziy Osiyoning jahon geosiyosiy tizimidagi ahamiyati ortib borayotgan bugungi kunda mintaqada muhim o'rin tutgan yurtimizni dinni siyosatlashtirayotgan oqimlarning tahdididan himoya qilish, fuqarolarga o'z e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, asl diniy qadriyatlarni avaylab-asrash, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash muhim vazifalardan bo'lib qolayotgani, ushbu masalalarni muvaffaqiyatli hal etilishi o'lkamizda asrlar osha hukm surib kelayotgan diniy bag'rikenglikning bundan buyon ham jamiyatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi muhim omillardan bo'lib qolishiga mustahkam zamin yaratadi. 
Respublikamizda bugungi kunda dinlararo totuvlikni va hamjihatlikni ta'minlash, jamiyatda bag'rikenglik ruhini mustahkamlashda erishilgan yutuq va boy tajriba boshqa ko'pmillatli va ko'pkonfessiyali davlatlar uchun namuna bo'la olishi alohida e'tirof etish lozim. Mustaqillik yillarida respublikamizda turli konfessiyalar tomonidan chop etilgan diniy mazmundagi adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Prezidentimiz Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga murojaatnomasida butun dunyoda kuchayib borayotgan radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik kabi xatarlar haqida ogohlantirib, ushbu illatlar O’zbekistonni ham chetlab o‘tmayotganini afsus bilan ta’kidladi.
Bu kabi illatlarni oldini olish va aholi orasida sog‘lom muhitni yaratish maqsadida yangilanayotgan O’zbekistonda radikalizm, diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlariga qarshi turishda “Jaholatga qarshi ma’rifat” ulug‘vor g‘oyasi ostida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari asosida tizimli ishlar amalga oshirildi. 2017 yil Prezident tashabbusi bilan bir paytlar diniy ekstremistik guruhlarga aloqasi bor, deb nazoratga olinganlar “maxsus hisoblar”dan chiqarildi va ularni jamiyatga qayta ijtimoiylashtirish (mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy muammolarini bartaraf etish) bo‘yicha Respublika hududlarida davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat doimiy ishlovchi maxsus komissiyalar tashkil etildi.
Prezidentning 2018-yil 19-sentyabrdagi “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.
Afv etish amaliyoti diniy ekstremistik yo‘lga kirib qolganidan chin dildan pushaymon bo‘lgan mahbuslarni oilasi va jamiyatga qaytib, to‘liq ijtimoiylashishiga sabab bo‘lmoqda.
Masalan, 2017 yildan buyon jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan diniy ekstremistik yo‘lga kirib qolganidan chin dildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 4 mingdan ortiq shaxslarga nisbatan afv etish farmonlari tadbiq etildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan “Mehr” insonparvarlik operatsiyalari doirasida Afg‘oniston va Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar kechayotgan hudlardan 500 nafardan ortiq vatandoshimiz, asosan ayollar va bolalar yurtimizga qaytarildi. 2017-2021 yillar mobaynida radikalizm, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish yo‘nalishida O’zbekiston Respublikasining “Ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi, “Milliy gvardiya to‘g‘risida”gi, “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlari qabul qilindi.
2021 yil 1 iyulda Prezident Farmoni bilan “O’zbekiston Respublikasining 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash milliy strategiyasi” qabul qilindi.
Ushbu strategiya ekstremizmning oldini olishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar kompleksini bosqichma-bosqich amalga oshirish, bu boradagi milliy va xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirishni nazarda tutadi. Prezidentimiz o‘z murojaatnomasida ta’kidlaganlaridek, Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz.
Shu maqsadda bu ishni faqat ayrim mas’ul tashkilotlarga barcha yukni yuklab qo‘ymasdan xalqimiz bilan, shuningdek, siyosiy partiyalar va boshqa nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan birgalikda muqaddas islom dinimiz g‘oyalarini, mohiyatini aholiga, ayniqsa yoshlarimizga tushuntirish, ularni qadimiy va umuminsoniy qadriyatlarga mos qilib tarbiyalashdagi vazifamizni sidqidildan bajarishimizni zamonning o‘zi taqozo etmoqda.
Ayniqsa, O‘zbekistonda turli millat va elatlar, diniy konfessiya vakillari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini o‘rganish kabi yo‘nalishlarda ilgari surilgan ezgu tashabbuslar, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish, islom dinining tinchlikparvar va ma’rifatga asoslangan ta’limoti xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuksak e’tirof etilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, yurtimizda fuqarolarning vijdon erkinligi sohasidagi konstitutsion huquqlarini ta’minlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik va dinlararo do‘stlik-hamkorlik g‘oyalarini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Malumki Orta Osiyo, xususan Ozbekiston hududi qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bolgan, xilma-xil dinlarga etiqod qiluvchi, bir-biriga oxshash bolmagan bir necha xalqlar yashagan olkadir. Ozbekistonning jogrofiy nuqtai nazaridan muhim savdo yollari chorrahasida joylashgani, koplab davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar qilgani turli xalqlarning diniy va manaviy hayotiga, shuningdek, Movarounnahrdagi urf-odatlar ham ozga yurtlar madaniyati rivojiga salmoqli tasir korsatgan. Bu esa oziga xos millatlararo ham jihatlik va diniy bagrikenglikni shakllantirishdagi asosiy omillardan biri bolib xizmat qilgan.
Bu haqda Prezidentimiz ozlarining «Ozbekiston XXI asr bosagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida: «Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo goyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bolib keldi», deb qayd etganlari ham bejiz emas. Haqiqatan ham Ozbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning manaviy yuksalishiga muayyan hissa qoshdi.
Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Turli millat va elat vakillari uchun esa bir qancha milliy-madaniyat markazlari faoliyat yurgazib kelmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida Angren shahar rus milliy-madaniyat markazi, Olmaliq shahar ukrain milliy-madaniyat markazi, Oqqorgon tumani koreys milliy-madaniyat markazi, Viloyat qozoq milliy-madaniyat markazi, Yangiyol shahar tatar milliy-madaniyat markazi kabilardir.
Ozbekistonda barcha diniy tashkilotlarga qonun doirasida teng sharoit yaratib berilgan. Ularning qonunga mos istaklari ro’yobga chiqarilmoqda.



Download 31,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish