Tadqiqot ob’ekti. Bitiruv malakaviy ish mavzusini o’rganishda O‘zbekistondagi musulmon diniy muassasa va tashkilotlar faoliyatiga munosabati muammolarini o’rganish uslubini tarixiy jihatdan ilmiy yoritishni tadqiqot ob’ekti qilib oldik.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Mustaqillik yillarida jamiyatimizning barcha sohalarida ro’y berayotgan tub islohotlar va buning natijasida yuz berayotgan o’zgarishlarni hisobga olgan holda muhtaram Prezidentimizning asarlarini metodologik asos sifatida, arxiv materiallari, shuningdek soha mutasaddilarining ilmiy adabiyotlari, internet ma’lumotlari asosida o’rganish va tahlil qilish maqsadida quyidagi muammolarni yoritish vazifa qilib olindi:
- O‘zbekistonda bolsheviklarning diniy siyosati va islom tashkilotlari faoliyatining cheklanishi;
- Turkiston ASSRDA sovet hukumatining musulmon muassasalariga munosabati;
- Musulmon ulamolarining qatag‘on qilinishi;
- Sovet hokimiyatining diniy siyosatidagi o‘zgarishlar;
- O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining tashkil qilinishi va dastlabki yillardagi faoliyati;
- Islom marosimlarining sovet tuzumi tomonidan ta’qiqlanishi;
- Tadqiqot natijalari va ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qilish, baholash asosida mustaqilligimizning hozirgi bosqichida mavzuning ilmiy-amaliy ahamiyatni ko’zda tutib, uni yanada teranroq o’rganish, hayotga tadbiq etishni takomillashtirish yuzasidan takliflar, xulosalar berish.
Tadqiqotning ilmiy-nazariy yangiligi.Bitiruv malakaviy ishida Vatanimiz tarixi tarixshunosligida shakllangan o’zbek elatining XV asrdan keyingi taraqqiyoti masalasi hozirgi davr ilmiy metodologiyasi nuqtai nazaridan tadqiq etiladi.
Mavzuni ilmiy o’rganish jarayonida erishiladigan asosiy yangiliklar quyidagilardan iborat:
- o’rganilayotgan mavzu milliy o’zlikni anglash, tarixiy haqiqatni namoyon etish hamda yurt tarixini o’rganishga bo’lgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda ham tahlil etish;
- O‘zbekistonda diniy muassasa va tashkilotlar faoliyatiga sovet hokimiyatining munosabati unga qarshi aeistik siyosati ushbu bitiruv malakaviy ishida ilk bor batafsil ma’lumotlar beriladi.
- tadqiqotni tayyorlash jarayonida o’sha davrda yozib qoldirilgan ilmiy manbalar, mavzu ustida ish olib borilgan adabiyotlar ilmiy jihatdan tavsiflanib, qiyosiy jihatdan tahlil etilib, ilk bor muomalaga kiritiladi.