Диний сиёсат


Musulmon ulamolarining qatag‘on qilinishi



Download 208,54 Kb.
bet5/8
Sana31.03.2022
Hajmi208,54 Kb.
#521744
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ҳамроев Аслиддиннинг БМИси

1.2. Musulmon ulamolarining qatag‘on qilinishi.
XX asrning 20-30 yillarida sovet hokimiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy siyosati sohasidagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimini qaror toptirishga qaratilgan keskin o‘zgarishlari jamiyatda barcha tabaqalar singari diniy ulamolarga ham katta zarba berdi. Dindorlar va din ahllariga qilingan oshkora tajovuz uzoq vaqt o‘zlarini o‘nglay olmaydigan darajada salbiy ta’sir qildi.
O‘zbekistonda istiklolchilik harakatining mag‘lubiyatga uchrashi, er-suv islohotining o‘tkazilishi (1925-1929 yy.), xotin-qizlarni ozodlikka olib chiqishga qaratilgan “Hujum” kampaniyasi (1927-1928 yy.), kishlok xo‘jaligini jamoalashtirish siyosati (1929-1932 yy.), aynan ushbu agrar o‘zgarishlar bilan bir davrda amalga oshirilgan quloqlashtirish siyosati hamda 1937 yillardagi ommaviy qatag‘onlar davrida diniy ulamolar katta jabr ko‘rdilar. YUqorida ta’kidlangan jarayonlar davomida ma’muriy-buyruqbozlik tazimi va shaxsga sig‘inishning kuchayishi tufayli hayot qattiq iskanja ostida koldi.
Sovet hokimiyati o‘zining salbiy natijalarini bergan islohotlarini o‘tkazar ekan, jamiyatda kishilarning islomiy ma’naviyat ta’sirida asrlar osha yashab kelayotgan his-tug‘ularini oyoq osti qildi.
O‘zbekiston SSRda o‘tkazilgan har bir tadbir jamiyat a’zolarining katta qismiga qarshi qatag‘onlik muhitini vujudga keltirdi. Bunday ta’qib va tazyikdan diniy ulamolar ko‘proq jabr ko‘rdi. Respublikadagi nomuqobil vaziyat, sovet hokimiyatining milliy o‘lkalardagi zo‘ravonlik siyosati oxir-oqibat bu rejimga qarshi xalq ommasining uzoq vaqt davom etgan qurolli harakatini keltirib chiqargan edi. Sovet tuzumiga muxolifatda bo‘lgan kuchlar hamda sovet davri tarixi adabiyotlarida “aksilinqilobchilar” deb baholangan tashkilotlar faoliyati dastak qilinib, diniy ulamolar tazyiq ostiga olindi. Ulamolarga “bosmachilarga ko‘maklashgani, bosmachilarni yashirgani, bosmachilikda ishtirok etgani, ular bilan sherikchilik qilgani, josusligi, aksilinqilobiy tashkilotlarga a’zo bo‘lgani, aksilinqilobiy targ‘ibot yuritgani, terrorchiligi, bosmachilarga g‘oyaviy rahnamolik kilgani” kabi ayblar qo‘yilib, jazoga tortish ommaviy tus oldi. Mulla, shayx, qozi, imom, a’lam va mutavallilar boy, quloq bo‘lgani yoki ularning yirik zamindorlarga xayrixohligi ham qatag‘on qilinishiga sabab bo‘lgan.
1930 yil 22 fevralda boy va quloq bo‘lgani, bosmachilarga ko‘maklashgani, bosmachilarni yashirgani aybi bilan 11 kishi otuvga hukm qilingan. Ularning orasida o‘z davrining bilimdon ulamolari: SHahobiddin Omonov, Mamadali Eshon Isoqov, Mulla Fozil Oqilov, Xolmatxoji Mirzaliev kabilar bo‘lgan.0
O‘sha yilning aprel oyida aksilinqilobiy tashkilot guruhlarida ishtirok etgani va aksilinqilobiy targ‘ibotchilikda ayblanib 110 nafar diniy ulamolar qamoqqa olingan. Ular OGPU qamoqxonalarida qat’iy rejim ostida saqlanib, tergov qilingan.
Sovet huquq-targ‘ibot idoralari tergov jarayonida hech qanday aybi bo‘lmagan, o‘zining insoniy sha’ni va haq-huquqlarini talab qilib chiqqan diniy ulamolarning ko‘pchligini oliy jazo – otuvga hukm qilgan. Jumladan, 1930 yil 27 oktyabrdagi “uchlik” yig‘ilishining 5054-sonli ishida Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘raevning taqdiri bayon qilingan. Unda Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘raev (56 yoshda, tojik, boy, xo‘jaligi tugatilgan, mashhur mudarris, Qo‘qon Muxtoriyati hukumatining sobiq vaziri, Namangan ruhoniyat idorasida ham raislik qilgan, 1925-1928 yilgacha sovetlarga qarshi faoliyati uchun surgunda bo‘lgan) ishi ko‘rilib, otuvga hukm qilindi, deb yozilgan.
Bu kabi ma’lumotlarni ko‘plab keltirish mumkin. Aksilinqilbiy targ‘ibot yuritgan, terrorchi, ommaviy chiqishda ishtirok etgan kabi o‘nlab ayblar bilan butun O‘rta Osiyo qamoqxonalarida 1930 yil iyuniga qadar 51 nafar ulamo aynan bosmachilarga sheriklikda, 59 ta ulamo josuslikda, 1 ta ulamo nolegal chegaradan o‘tishda va 1 ta ruhoniy soxta pul chiqarishda ayblanib, tergov berishga majbur bo‘lgan.
Sovet hokimiyatining jazo idoralari Respublikaning barcha viloyatlaridagi musulmon ulamolari hisoblanmish imom, eshon, so‘fi, qori, mudarris, mutavalli, shayx kabilarning aniq ro‘yxatini olish, ular haqida ma’lumot to‘plash, avval kim bo‘lgan, nima ishlar bilan shug‘ullanganligi haqida ichki ishlar nazorat organlari tomonidan taftish ishlari ham olib borilgan. Farg‘ona viloyat xalq sudining 1940 yilda 13 ta diniy ulamolar ishi yuzasidan hukm qilgan qaroriga asosan 8 kishiga turli muddatlarga qamoq jazosi belgilanganligi, 5 kishiga esa engil jazo choralari qo‘llanilganligi ta’kidlangan. Ushbu ishni qayta ko‘rib chiqish, jazo choralarini kuchaytirish, ayniqsa, Qo‘qondagi turli masjidlarda imomlik qilgan Obid Mirzohidov, YUsufboev, Mirzaboy Qoraboev kabilarning 1938-1940 yillardagi faoliyatini chuqurroq o‘rganish vazifasi topshirilgan.
NKVD ia OGPU idoralarining “uchlik” a’zolari “yashirin faoliyat olib borayotgan” diniy ulamolarni asossiz va aybsnz ta’qib ostiga olganligi birlamchi hujjatlar orqali ma’lum bo‘ladi.
Ulamolarni qatag‘on qilish omillaridan biri sifatida ularga davlat tomonidan berilayotgan nafaqalardan mahrum qilish vositasi ham qo‘llanilgan. Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash bo‘limi dinga qarshi targ‘ibot yachyoykasiiiig hisobotida 1938-1940 yillarda Marg‘iloi shahrida 45 nafar ulamolar davlat hisobidan nafaqa olishi, Qo‘qon shahrida ham 50 ga yaqin dindorlar nafaqaxo‘rligi qayd qilinib, ularii davlat nafaqasidan mahrum qilish haqidagi qaror qabul qilingai1.
Diniy ulamolar va dindorlarga qarshi kurash, ularning belgilangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaganligi aybi vositasi bilan ham olib borilgai. Bunday ulamolar ishi joylarda Xalq sudlari hukmiga topshirilgan. 1939 yil Farg‘ona viloyatining 18-bo‘limiga qarashli Xalq sudida 68 nafar diniy ulamolar ishi ko‘rilib, ularga 79 456 so‘mlik soliqni to‘lamaganlik aybi yuklatiladi. 1940 yilning birinchi yarmida moliyaviy tashkilotlar tomonidai 61 nafar ulamo 129 586 so‘m soliq to‘lamaganligi aniqlandi. 1940 yilning 20 iyunida viloyat Xalq sudida 126 kishining ishi ko‘rilib, ularning barchasi ulamolardir, deb ma’lumot beriladi arxiv hujjatlarida2.
1940 yilda respublikaning eng yirik viloyatlaridan biri bo‘lgan Farg‘onada 3 000 dan ortiq ulamolar ro‘yxatga olingan. Ularning ko‘pchiligi Qo‘qon, Andijon, Marg‘ilon, Namangan, CHust, Asaka, Quva kabi shaharlarda yashirin yoki ochiq faoliyat olib borayotgan masjid imomlari, muhalla mullalari, qori va otinbibilar bo‘lib, soliq yuki tufayli ba’zilari o‘z diniy vazifalaridan voz kechib, dehqonchilik yoki hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lganlar.
1939 yilda Farg‘ona viloyatidagi 316 nafar ulamoga 621 511 so‘m soliq solingan bo‘lsa, 1940 yilda ulamolarning 367 nafari soliqqa tortilgan va ularning zimmasiga 798 754 so‘m to‘lashlik majburiyati yuklatilgan1.
Ayrim shahar va tumanlarda barcha masjidlar yopib qo‘yilganligi sababli aholining dindor qatlami yashirin ravishda uylarida ibodat qilishar edi. Hatto, partiya va sovet organlarida faoliyat olib borayotgan shaxslarning farzandlariga xatna marosimini o‘tkazish eskilik sarqiti sifatida tanqid ostiga olindi.
Sanoqli qolgan bo‘lishiga qaramasdan masjid imomlari, xatna marosimlarda ishtirok etuvchi mullalar “Xudosizlar” uyushmasining talabi bilan joylarda shahar, viloyat va tuman moliya bo‘limlari tomonidan soliqqa majburiy tortilgan. Buxoro shahridagi mullalardan 5 kishi 1939 yilda shahar moliya bo‘limiga kelmaganligi, Mirza Ibragimov, Maryam Pakanaeva, Rafaelov, A.Parpiev, Nuriel Parpievlarga nisbatan jinoiy jazo belgilash ko‘rsatilgan. 1939 yilda Buxoroda ishlab turgan 6 ta masjidni soliqqa tortish va ularning imomlariga belgilangan soliq miqdori arxiv xujjatlarida qayd qilingan.
Masjid imomlari nafaqadan mahrum qilingan, shuningdek ulardan er, qurilish soliqlari talab qilingan. Masjidlarga xayriyalar tushumi kam bo‘lganligi uchun imomlar soliq to‘lovidan qarzdor bo‘lib qolishgan. Natijada qarzdorlik miqdori yildan- yilga oshib borgan.
Respublikaning bir qator viloyat va tumanlarida masjid qurilishi, diniy urf-odat va an’analarning bajarilishi sovet tuzumiga dushmanlik tarzida qaralgan. G‘allaorol tumani Stalin nomli kolxoz raisi SHodiev diniy ulamo Qurbon Mahsum bilan hamkorlikda quloq Qarshiboy SHapaevni dafn etish marosimiga 600 kolxozchini yig‘ib olib, dala ishlarining borishiga to‘sqinlik qilganlikda ayblangan. SHuningdek, Buxoroda shoyi fabrikasi partorgi o‘g‘lini sunnat qilganligi uchun partiya byurosida tanqid ostiga olinadi va ogohlantirish beriladi.
YUqoridagi voqealarda sovet hokimiyatiga qarshi hech qanday jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan hatoliklar mavjud bo‘lmasa ham masalaga siyosiy ruh berilganligini aytib o‘tish joiz.
Oz sonli ruhoniylarni ham yo‘qotish maqsadida respublikadagi huquq-tartibot organlari, moliya idoralari hamda “Xudosizlar” uyushmasi hamkorligida, ularni muttasil soliqqa tortish orqali faoliyatini butunlay to‘xtatish rejalashtirilgan. 1938-1939 yillarda respublikada soliqqa tortilganlarning to‘lov mikdori yanada oshirilgan1.
1938 yilga nisbatan diniy muassasalarga qarashli xo‘jaliklar solik yuki og‘irligidan 1939 yilda ikki baravarga kamayib ketdi, aksincha soliq miqdori to‘lovi esa yuqorida ko‘rsatilgan yilda to‘rt baravarga ko‘paytirildi. Bu holat diniy muassasalar faoliyatining butunlay to‘xtab qolishiga va tugatib yuborilishiga sabab bo‘ldi.
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidagi Nezaxos qishlog‘ida istiqomat qiluvchi dindor Otamurod Quryozov bir marhumga janoza o‘qibdi. Unga murda egalari 2 so‘m berganligining guvohi bo‘lgan moliya vakili Otamurod Quryozovga 2200 so‘mlik soliq varaqasini tutqazadi. Ushbu mablag‘ni topa olmagan O.Quryozov bilan birga 7 ta dindor ulamo eskilik tarafdori sifatida hibsga olingan2.
SHahar va qishloklardagi mahallalarda joylashgan har bir masjid, ulardagi din xizmatchilari aniq hisobga olinib, soliqdan chetda kolmasligi nazoratga olingan.
Arxiv hujjatlaridan birida Andijon shahridagi Kamini mahallasida soliqqa tortilgan masjidlar ro‘yxati keltirilgan. 1939 yilning o‘rtalarida ushbu mahalladagi Buvosi-odon (3700 so‘m), Eskilik (450 so‘m), Eshon ko‘cha (250 so‘m), Ma’ruf ko‘cha (55 so‘m), Jamol-taroq (55 so‘m) masjidlariga solingan soliqlar summasi ko‘rsatilgan.
1937-1938 yillar siyosiy qatag‘onlar davrida O‘zbekiston SSRdagi hukumat va partiya rahbar xodimlariga xalq dushmani yorlig‘ini yopishtirishda, ateistik targ‘ibotni olib borishda etarli e’tibor bermagani, “Xudosizlar” uyushmasi ishini barbod qilganlik aybi ham yuklangan. “Akmal Ikromov, Qurbon Beregin kabi xalq dushmanlari Butunittifoq “Xudosizlar” uyushmasi Markaziy Sovetini barbod qilganlar, bundan 3-4 yil avval (1933-1934 yillar) O‘zbekistondagi “Xudosizlar” uyushmasida 90 ming a’zosi bo‘lgan. Rsspublika “Xudosizlar” uyushmasining raisi Xolmurodovning zararkunandalarcha munosabati tufayli undan keyingi yillarda O‘zbekistonda birorta ham yacheyka ochilmagan. Xolmurodov o‘z atrofiga “Troitskiy”chi Ikromovmi, ishyokmas Mamedovni va kelgindi Kushennikovni to‘plagai. Biz “Xudosizlar” uyushmasi Markaziy Sovstini xalq dushmanlaridan tozalab, bu ishni oxirigacha etkazishimiz zarur”, deyilgan edi O‘zbekiston SSR “Xudosizlar” uyushmasi markaziy faollarining 1937 yil noyabr oyidagi yig‘ilishida1. Ushbu yig‘ilish ishtirokchilari Butunittifoq “Xudosizlar” uyushmasining raisi Em. YAroslavskiyga maktub yo‘llab, quyidagilarni aytadi: ““Troitskiy”, “buxarinchi”, “rikovchi” ayg‘oqchi va qo‘poruvchilarning faoliyati tufayli O‘zbekistonda “Xudosizlar” uyushmasining ish faoliyati barbod kilindi”2.
O‘zbekiston SSRda “Xudosizlar” uyushmasi faoliyatini yanada kuchaytirish, poytaxtdan to chekka tumanlargacha dinga qarshi keng tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borish Xudoynazarov zimmasiga yuklatilgan.
1940 yilning o‘rtalarida O‘zbekiston SSR XKS raisi nomiga yo‘llangan ma’lumotlardan birida respublikada din peshvolarining soni 519 nafar ekanligi, Toshkent shahrida 111 ta masjidda 30 nafar imom, Qo‘qonda 24 ta masjid hisobida 11 nafar imom, Buxoroda 6 ta masjidda 6 nafar imom faoliyat ko‘rsatayotganligi ma’lum kilinadi3.
Bu faktlar to‘liq berilmagan bo‘lib, har bir viloyat mutasaddilari dinga qarshi targ‘ibot ishlarini yaxshi ko‘rsatish maqsadida ham hisobotlarda ularning miqdorini kamaytirib ko‘rsatishga harakat qilgan.
Xalq sudlarining mahalliy vakillari sud jarayonida aybdorligi isbotlanmagan ulamolarni ozod qilgan holatlarda ularning o‘zlari javobgarlikka tortilgan. Hujjatlarning birida Qo‘qon shahar 4-uchastka Xalq sudi sudyasi Qo‘shmatov 14 nafar xavfli va soliq to‘lamagan diniy idoralar xizmatchilari ishini asossiz yopganligi uchun sudga tortilgan.
Musulmon ulamolarini qatag‘on qilish omillaridan yana biri, hukumat rahbarlarining joylardagi sovet mahalliy boshqaruv idoralari a’zolari tomonidan shaxsiy adovat tufayli ham sodir etildi. Hokimiyatni adolat bilan boshqarmaganligi, poraxo‘rligi, axloqiy buzuqligi, ikkiyuzlamachiligi uchun ba’zi diniy ulamolardan tanqidga uchragan mutasaddi rahbarlar vaqti kelganda, bunday ulamolardan o‘ch olish holatlari ham uchrab turgan. Diniy ulamolarga yoshlarga diniy ta’lim berib ularni noto‘g‘ri yo‘lga boshlayotganligi, chalg‘itayotganligi kabi asossiz ayblar ham qo‘yilgan. “Farg‘ona viloyat Norin tumanidagi Katta-yoydoq kishlog‘ida yashovchi Meliboy xalfa ayni damda hech qaerda ishlamasdan, yoshlarni diniy targ‘ibot bilan yo‘ldan urmoqda, ba’zilardan pul olib tumor qilib bergan. SHuningdek, ko‘plab har xil yoshdagi odamlarni uyiga to‘plab diniy suhbatlar uyushtirgan. Uning ta’sirida qishlokda ro‘za tutuvchilar ko‘payib ketgan”, degan aybnomalarni ko‘plab uchratishimiz mumkin.
1930 yillarning oxirlaridan boshlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dindor bo‘lgani uchun, diniy marosimlarda katnashgani hamda unda xizmat ko‘rsatgani, daromad olgani uchun ham ta’qib ostiga olish avj oldirilgan. Jumladan, Abduolim Tog‘aev degan shaxs paxta yig‘im- terimi davrida diniy marosimlarni, Ro‘za hayitini o‘tkazish orqali paxta yig‘im-terimi muddatini atayin uzaytirganlikda ayblangan. U millatchi unsur, bosmachilar malayi, mulla, guruh tuzib diniy yig‘ilishlar o‘tkazib turishi bahonasi bilan otuvga xukm kilinadi. Bunday ayblar Jo‘raboy Axmadaliev, Mirzaboy Mirzaev, Abdukarim Abzalov kabi shaxslarga xam qo‘yilgan. Ularga diniy marosimlar o‘tkazish baxonasida sovetlarga qarshi targ‘ibot olib borish maksadini ko‘zlaganligi bilan bog‘lik ayblar qo‘yilgan. Hatto bu yig‘inda katnashgan kishilar ham jinoiy javobgarlikka tortilgan, ba’zilari otuvga hukm kilingan. Masalan, Abduolim Tog‘aevning yig‘inlarida ishtirok etgan 7 kishi otuvga mahkum kilinib, 3 kishi 10 yilga ozodlikdan mahrum kilingan.
SHuning uchun qatag‘onlik siyosati avj olgan 1937-1938 yillarda musulmon bayramlarini o‘tkazish, Kur’oni karim, Xadisi sharifni mutolaa kilish, islom dini bilan bog‘liq bo‘lgan urf-odatlarni bajarish yashirin ravishda o‘tkazilgan. Bunday tadbirlarda, beg‘araz yig‘inlarda, ma’rakalarda to‘planganlar, ulamolar bilan mulokotda bo‘lganlar hakida xabar berilsa, ular albatta, aksilinkilobiy tashkilot majlisi ishtirokchisi sifatida hibsga olingan. Ulamolarni jamiyat a’zolari safidan o‘chirish, ularni o‘zlari yashab turgan joylardan badarg‘a kilish, kuloklashtirish vositalari ko‘llanilgan.
O‘zbekiston SSRdan quloq qilingan xo‘jaliklarning ko‘pchilik a’zolari ruhoniylar edi. 1930-1933 yillarda Ukraina, Sibir, Qozog‘iston, SHimoliy Kavkaz kabi xududlarga hamda respublikaning o‘zidagi 17 ta quloq posyolkalariga majburan ko‘chirilganlarning ancha kismini ulamolar va ularning oilalari tashkil kilgan.
G‘arbiy Uralga surgun kilingan kuloklar orasida Mulla Bayram Bayramgeldi (Qoraqalpog‘iston), Imom Mullajo‘ra Madiyorov (Namangan), Imom Zaki Meliboev (Termiz), Eshon Mullakomil YOkubov, Mulla Ibrohim YOqubov, Mulla Mamatkul Safarov, Eshon Abdumalik Erimbetov kabi ulamolariing ismi shariflari ksltiriladi.
Ulamolarni kolxozlardan haydash, saylov huquqidan mahrum qilish, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishga majbur qilish kabi chora-tadbirlarini qo‘llash kabi qatag‘onlik siyosati ham qo‘llaniladi.
1931 yil bahorida faqat Marhamat va Mirzacho‘l tumanlarida 4910 kishi kolxozlardan chiqarilgan, O‘zbekistondagi turli kolxozlardan 7400 nafar quloq mulla, savdogar sifatida haydalgan.
1932 yil 21 mayda O‘zSSR XKSning 211-sonli “Quloq xo‘jaliklarining belgilari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unda quloq xo‘jaliklarining 15 ta xususiyati ko‘rsatilgan. Belgilarning oltinchisida “diniy marosimlarda xizmat ko‘rsatishdan olinadigan daromadi uchun quloq qilinsin”, - deb yozib qo‘yilgan. Kolxozlardan haydash, saylov huquqidan mahrum qilish kabi omillar bilan birga o‘z uyida ta’qiq qilingan kitoblarni saqlayotganligi, ularni targ‘ib qilganligi, qo‘lyozmalarni yashirganligi, maslakdoshlariga berganligi, arabcha yozuvni o‘rgatganligi uchun o‘qimishli ulamolar qonun idoralari oldida javobgarlikka tortilib, turli-tuman jazo choralari qo‘llanilgan. Diniy ulamolarning qadr-qimmati, sha’ni va or-nomusi oyok osti qilinib, ular huquq-tartibot idoralariga olib borish, militsiya xodimlari tomonidan bostirib kirib tintuv o‘tkazish, qurollangan navkarlar orqali bosim o‘tkazish, do‘q-po‘pisa yo‘li bilan qo‘rqitish kabi usullar orqali amalga oshirilgan. Qattiq ta’qib ostiga olingan ulamolarning bir qismi o‘z oilalari bilan xorijiy mamlakatlarga chiqib ketganligi, ularga oddiy xalq vakillarining ham ergashganligi bilan bogliq ma’lumotlarni ko‘plab keltirish mumkin. Bu borada tarixchi olimlar Q. Rajabov. R.SHamsutdinov va SH.Hayitovlarniig ilmiy tadqiqotlarida boy ma’lumotlar keltirilgan.
Vatandan mahrum bo‘lgan, qattnq rejim va komendantlik nazorati ostnda yashab turgan surgundagi “quloklar”ga, dindor va ulamolarga nnkoh to‘yi, xatna marosimi, Ro‘za va Qurbon hayitini bayram qilish, xatmi Qur’on, aza marosnmlarini o‘tkazish qat’iy ta’qiqlab qo‘yildi. Bunday udumlar mutlaqo maxfiy holda, yarim tunda, bir xonadonda 6-7 kishi ishtirokida uyushtirilgan. Xatna qilish uchun ko‘plab bolalarni to‘plab, bir kechada usta tomonidan amalga oshirilgan. Ko‘chkindilarning, xususan, o‘zbek ulamolarining ushbu odatlarni o‘tkazganligi ma’lum bo‘lsa, javobgarlikka tortish vositasi qo‘llanildi. Barcha quloqlar singari dindor va ulamolar majburan ko‘chirnlgan uzoq o‘lkalarning aholi markazlarida 1930-1940 yillarda qayta-qayta jazoga tortildi.
Xullas, XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi va 30-yillarda diniy ulamolar “bosmachilik”ka ko‘maklashgani, ularni yashirgani, aksilinqilobiy harakatlarda ishtirok etgani, sovet hokimiyatiga qarshi targ‘ibot yuritgani, kolxozlar tuzishga qarshi chiqqani, qo‘poruvchilik qilgani, diniy marosimda qatnashib soliq to‘lamagani, yashirin tashkilotlarda ishtirokchiligi, diniy marosimlarni boshqargani kabilar ro‘kach qilinib, qatag‘onlik girdobiga tortildi.
Diniy ulamolarning bir qismi yuqorida ta’kidlangan davrda otuvga hukm qilindi, yana bir qismi uzoq o‘lkalarga quloq sifatida surgun qilib yuborildi, ancha kismi esa vaziyat taqozosiga ko‘ra o‘z oilalari bilan xorijga chikib ketishga majbur bo‘ldi.
Sovet xokimiyatining diniy ulamolarga noinsoniy, zo‘ravonlikka asoslangan siyosati tufayli respublikada islom ilmi va ma’naviyatidan mukammal xabardor bo‘lgan ulamolar butunlay yo‘qotilib, ularning o‘rniga ko‘r-ko‘rona ijrochilar, diniy ilmdan yuzaki xabardor bo‘lgan shaxslar diniy muassasalar rahbarligini egallashdi. Bunday kimsalar rasmangina o‘z vazifalarini bajarib, yuqoridan berilgan buyruqlarning ijrochisi edilar, xolos. Diniy ulamolarni qatag‘on qilish jarayonida ma’naviy qadriyatlarimiz oyoq osti qilindi. Ulamolar tomonidan saqlanib kelingan diniy va dunyoviy ilmlar hamda yurtimiz o‘tmishidan xabar beruvchi nodir qo‘lyozmalar musodara qilindi yoki yo‘qotib yuborildi.



Download 208,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish