Диний сиёсат


Tadqiqotniig davriy chegarasi



Download 208,54 Kb.
bet2/8
Sana31.03.2022
Hajmi208,54 Kb.
#521744
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ҳамроев Аслиддиннинг БМИси

Tadqiqotniig davriy chegarasi 1917-1960 yillarni o‘z ichiga oladi. Tarixdan ma’lumki, 1917 yilda Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyati o‘rnatildi. Ikkinchi jahon urushining o‘rtalaridan boshlab O‘zbekistonda sovet hokimiyatining diniy siyosatida muayyan o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi. Biroq XX asr 50-yillaridan keyin diniy muassasa va tashkilotlar faoliyatiga munosabat yana keskinlasha boshladi. Sovet hokimiyati 1950 yillardan boshlab yana dahriylikdan iborat siyosatini izchil davom ettirishga kirishdi. Mazkur davriy chegarani belgilashning sababi: sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi diniy siyosati va uning o‘ziga xos jihatlarini mumkin qadar to‘laroq ochib berishdan iboratdir.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbekistondagi musulmon muassasa va tashkilotlar faoliyati, din tarixi masalalari tarixchi, faylasuf, etnograf, filolog, siyosatshunos hamda sotsiolog olimlar e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelgan. Mavzu tarixshunosligiga oid asarlarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:

  1. sovet davrida choi etilgan adabiyot, maqolalar, amalga oshirilgan tadqiqotlar;

  2. mustaqillik yillarida nashr qilingan adabiyotlar va olib borilayotgan tadqiqotlar.

Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng dastlabki o‘n yillikda yozilgan ilmiy asar, risola va maqolalarda musulmon tashkilotlari va diniy muassasalar faoliyati bir qadar xolisona yoritilgan. Jumladan, G.Safarov, N.Borisov, V.Bilik, SH.Rahim, L.Dembo, T.Risqulov, R.Inog‘omov, V.Bartold, P.Serbov, A.Nikiforov kabilar tomonidan yozilgan bir qator kitob va maqolalarda diniy muassasalar, diniy ta’lim, uning moddiy asosi bo‘lgan vaqf mulklariga munosabatda tarixiy ma’lumotlar nisoatan ob’ektiv bayon qilingan1.
Ta’kidlash joizki, sovet hokimiyati hukmronligi davrida O‘zbekistonda diniy muassasa va tashkilotlar faoliyati tarixiga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblar chop etildi. Biroq bu adabiyotlarda muammo mohiyati xolis yoritilmay, u kommunistik mafkura asosida talqin etildi.
Bu davrda sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi musulmon diniy muassasa va tashkilotlar faoliyatiga munosabati muammolariga bag‘ishlangan bir qator tadqiqotlar yaratildi. Sovet hokimiyatining dastlabki hukmronligi yillarida O‘zbekistonda musulmon muassasalari faoliyatiga nisbatan targ‘ibot-tashviqot markazlarining tashkil etilishi, ularning faoliyatig‘a doir ma’lumotlar A.Qosimova va I.Qo‘ng‘irov tomonidan o‘rganilgan2. N.Rahmonov, K.Solibasv, X.Begmatov, M.Ergashev va A.CHoriev3 kabilarnipg tadqiqotlarida esa O‘zbekistonda xalq ta’lnmi tizimining shakllanishi, an’anaviy ta’lim tizimidagi maktab va madrasalarda darsliklar haqida, shuningdsk, o‘lkada madaniy qurilish ishlarini amalga oshirish jarayoni hamda diniy omil muammolari kommunistik mafkura nuktai nazaridan yoritilgan.
Mustaqillik yillarida tarixchi olimlar tomonidan yangicha tafakkur va milliy istiqlol mafkurasi asosida yirik kollektiv monografiyalar18, darsliklar va qo‘llanmalar chop etildi. Ularda O‘zbekiston musulmon muassasa va tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar berilib, sovet hokimiyatining din va dindorlarga iisbatan olib borgap dahriylik siyosati mazmun-mohiyati bayon qilingan1.
Bulardan tashqari M.Oripov2, D.Ziyoeva3, D.Alimova va A.Golovanov4, Q.Rajabov5, R.SHamsutdinov6, SH.Hayitov, S.Badriddinov, K.Rahmonov7, A.Salmonovlar8 tomonidan nashr ettirilgan ishlarning ham ahamiyati kattadir.

Download 208,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish