Diniy tashkilotlar, dindorlar va boshqa fuqarolarning dindan davlatga
Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishiga, dindan o‘z siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun niqob sifatida foydalanishga davlat yo‘l qo‘ymaydi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonunda belgilangan tartiblarni buzganlar qonunga binoan javobgarlikka tortiladi.
Qonunning yana bir muhim moddasi «Maktabni dindan va diniy tashkilotlardan ajratish» deb ataladi.
Buni qanday tushunmoq va izohlamoq kerak?
Mamlakatimizda davlat bilim yurtlari dunyoviy bilimlar beruvchi bilim yurtlaridir.
Umumiy ta’lim, kollejlar, akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalariga diniy bilim berish dars sifatida kiritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |