O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi qonuni qabul qilgan.
1998 yil 1-mayda O‘zbekiston Respublikasi birinchi chaqiriq Oliy Majlisining o‘n birinchi sessiyasida bu qonunning yangi taxrirdagi matni qabul qilindi.
Mazkur qonun, avvalo har bir fuqaroga mustaqil ravishda, biron-bir tarzda majburlashsiz o‘zining dinga munosabatini belgilash, dushmanlik va adovat uyg‘otish, ularning diniy yoki dahriylik e’tiqodi munosabati bilan bog‘liq his-tuyg‘ularni haqorat qilish mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, muqaddas qadamjoh hisoblangan diniy inshoatlar – masjid, madrasa, maqbaralarni oyoqosti qilish qonunga muvofiq jazolanishi, hech kimning o‘zining diniy e’tiqodiga ko‘ra, qonunda belgilangan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlashi mumkin emasligi tayin etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |