Fosid nikoh nima?
Savol: Qanday nikoh fosid nikoh hisoblanadi?
Javob: Guvohsiz nikoh, iddasi tugamagan opasidan so‘ng singlisiga uylanish,
to‘rtinchi ayolining iddasi o‘tmay, beshinchisiga nikoh qilish, iddadagi ayolga nikohlanish
fosid nikohlardir. Nikohning fosid bo‘lganini bilgan er ham, xotin ham uni buzishlari lozim
bo‘ladi.
Fosid nikohda qovushuv bo‘lmagan bo‘lsa, idda va mahr vojib bo‘lmaydi. Agar
qovushuv bo‘lsa, idda o‘tiradi, mahr belgilanmagan bo‘lsa, mahri misl
beriladi. Agar belgilangan bo‘lsa, mahri misl va belgilangan mahrdan qaysining
miqdori oz bo‘lsa, shu beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |