Mahr berilmasa, nima bo‘ladi?
Savol: Er xotiniga mahrga, deb nimadir va’da qilsa-yu, lekin ma’lum vaqtdan
keyin ham olib bermasa, nikoh halol bo‘ladimi?
Javob: Turmush qurmoqchi bo‘lganlarning nikohi durust bo‘lishining sharti shunday:
ikki er yoki bir er va ikki ayol huzurida eshittirib ayol «tegdim» yo «o‘zimni
bag‘ishladim», degach, er «qabul qildim», deyishi lozim. Bu so‘zlar bir joyda aytilishi va
uni guvohlar hamda turmush qurmoqchi bo‘layotganlarning har biri eshitishi kerak.
Nikohdan so‘ng er ayoli bilan bo‘lgach, mahrni naqd bo‘lsa, berishi vojib bo‘ladi. Agar
bir muddat belgilab nasiya qilgan bo‘lsa, muddati kelgach, berishi lozim. Agar er
va’dasini bajarmay, mahrni paysalga solsa, nikoh buzilmaydi, ammo ayol o‘zidan erining
bahra olishiga ruxsat bermaslikka haqli bo‘ladi («Fatovoi Hindiya»).
Do'stlaringiz bilan baham: |