Zulqarnayn kim bo‘lgan?
Savol: Ko‘plab kitob va darsliklarda Zulqarnayn bu makedoniyalik
Aleksandrning o‘zi, deb yozishadi. Shu to‘g‘rimi?
Javob: Yo‘q, ular boshqa-boshqa odam. Lug‘atda Zulqarnayn «ikki shoxli», degan
ma’noni bildiradi. Qur’oni karimning Kahf surasida zikri kelgan mo‘min bandaning nomi
Zulqarnayndir. Ba’zi tadqiqotchilar chalkashtirganiday, makedoniyalik Iskandar
(Aleksandr Makedonskiy)ning bunga aloqasi yo‘q, chunki u mo‘min bo‘lmagan. Qur’onda
qissasi kelgan va qadimda yashab o‘tgan buyuk shoh Zulqarnaynga Alloh taolo yerda
saltanat bergan va barcha narsaga yo‘l-imkoniyat ato etgan. U safari davomida
uchratgan bir qavmga yer yuzida buzg‘unchilik qilib yurgan Ya’juj va Ma’juj qavmidan
himoyalanish uchun bir devor-to‘siq qurib bergan.
Ibn Jarir Tabariyning «Jome’ ul-bayon» tafsirida keltirilishicha, Zulqarnayn Misr
ahlidan chiqqan bo‘lib, uning ismi Marzubo ibn Marduba al-Yunoniy - Yunon ibn Yofas ibn
Nuh avlodidan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |