Savol: Ota yo boshqa qarindoshlar qizni roziligisiz erga berishlari
mumkinmi?
Javob: Balog‘atga yetgan qizni roziligisiz erga berishga hech kimning -na otaning, na
qarindoshlarning haqlari yo‘q.
Savol: Ayolga berilgan mahrni to‘la yo biror qismini uning rizoligisiz kimdir
olishi mumkinmi?
Javob: Yo‘q. Mumkin emas, faqat uning o‘zi rozi bo‘lsagina, olma bo‘ladi. Mahr faqat
ayolning haqqidir.
Savol: Mehmonxona va ko‘ngilochar joylarda o‘tkaziladigan to‘ylarning
hukmi nima?
Javob: To‘ylarning qaerda o‘tishi muhim emas, qanday o‘tishi muhim. Ba’zi
xonadonlarda harom-harishlik bilan to‘ylar qilinayotganidek, restoranlarda halol-pokiza
to‘y o‘tkazish mumkin.
Savol: Er-xotinga tortiq etilgan hadya kimniki bo‘ladi?
Javob: Hadya erga berilgan bo‘lsa, erniki, xotinga berilgan bo‘lsa, xotinniki bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |