Savol: Mahr berishning belgilangan alohida muddati bormi?
Javob: Mahr berish vaqti kelishuv asosida belgilanib, nikoh aqdi paytida naqd yo
undan so‘ng nasiya bo‘lishi mumkin. Agar muddati belgilanmagan bo‘lsa, urfga e’tibor
qilinadi.
Mahr naqd tayin qilinib, hali uzilmagan holda ayol turmush munosabatlariga
kirishmaslikka haqqi bor. Bu hol ayolning nafaqasini er zimmasidan soqit etmaydi.
Nikohdan so‘ng ayol olgan mahrini eriga hadya qilishi yoki miqdorini kamaytirishi
mumkin.
Nikohdan so‘ng qovushuv, xilvatda yolg‘iz qolishlari, er yo xotindan birining vafoti
mahrni to‘la berishni vojib etadi. Agar er qovushuv sodir bo‘lmay yo xilvati sahihada
qolmay, xotinini taloq qilsa, mahrning yarmini berishi vojibdir. Ammo bu holda mahr
miqdori belgilanmagan bo‘lsa, er xotiniga muta’ (ro‘mol, ko‘ylak va chadra) taqdim etishi
vojib bo‘ladi.
Shuningdek, mahri belgilanib, qovushuvdan oldin ajralishgan ayoldan boshqa barcha
qo‘yilgan ayollarga erining muta’ taqdim etishi mustahabdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |