Uylanishning shar’iy hukmlari qanday?
Savol: Uylanishning shar’an bir necha hukmlari bor, deb eshitib qoldim. Shu
haqda ma’lumot bersangizlar.
Javob: Kishining jinsiy quvvati, oila mas’uliyatini ado eta olishiga ko‘ra, shariatda
uylanishning hukmi besh xildir:
1.
Uylanish farz - mahrga va ayol nafaqasiga yetarli moli bor, faqat uylanish bilan
zinodan saqlana oladigan kishilarga.
2.
Uylanish vojib - mahrga va ayol nafaqasiga yetarli moli bor, uylanmasa, zinoga
ketish xavfi bo‘lgan kishilarga.
3.
Uylanish sunnat - mahrga va ayol nafaqasiga yetarli moli bor, jinsiy munosabatga
layoqatli kishilarga.
4.
Uylanish harom - mahr va ayol nafaqasiga qodir bo‘lmagan, jinsiy layoqati yo‘qligi
aniq kishilarga.
5.
Uylanish makruh - mahr va ayol nafaqasini topib berishidan va jinsiy ojizlikdan
xavfsiragan kishilarga.
Do'stlaringiz bilan baham: |