Meros kimlarga va qanday taqsimlanadi?
Savol: Shariatga ko‘ra, vafot etgan kishining merosi kimlar o‘rtasida va qay
miqdorda taqsimlanadi?
Javob: Dunyodan o‘tgan kishi qoldirgan mol avvalo uning kafaniga, qabrini
tayyorlashga isrof va kam qilinmay sarflanadi. So‘ngra qarzi bo‘lsa, uziladi. Bulardan
ortib qolgan molining uchdan biridan vasiyat ado etiladi. Shundan keyin Qur’oni karim
va sunnati nabaviyyada bayon qilinganidek, belgilangan merosxo‘rlari o‘rtasida taqsim
qilinadi.
Merosdagi ulushlari Qur’oni karimda zikr etilgan kishilar ashobul-faroiz, deyiladi.
Ashobul-faroiz o‘n ikki toifa bo‘lib, ularning to‘rttasi er, sakkiztasi ayollardir.
Erlardan: ota, katta ota (otaning otasi), ona biru ota boshqa aka-uka, er - ashobul-
faroizdir.
Ayollardan: xotin, qiz, o‘g‘ilning qizi, tug‘ishgan opa-singil, ota biru ona boshqa opa-
singil, ona, katta ona (onaning onasi) - ashobul-faroizdir.
Yuqorida o‘n ikki toifaning merosdan qancha va qaysi holda olishlari aniq belgilab
qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |