Savol: Mahrga qizning otasi egalik qila oladimi?
Javob: Ota yoki valiylar (aka-ukalar) mahrga egalik qilolmaydi. Sahih nikoh aqdidan
so‘ng birga bo‘lishgach, mahr shar’an er zimmasiga vojib bo‘ladi. Agar nikoh aqdi
paytida mahr miqdori belgilangan bo‘lsa, shuncha miqdor beriladi, belgilanmagan holda
mahri misl berish vojibdir.
Ayolning zamondosh va vatandosh hamshiralari, ammalari va amakilarining qizlariga
berilgan mahr miqdori mahri misl bo‘lib, ularning bokiralikda, axloq, aql, ilm, odob,
yosh, diyonat va go‘zallikda tengligi e’tiborga olinadi. Ayolning aytilgan qarindoshlari
bo‘lmasa, mahalladosh tenglariga berilgan mahr miqdori uning mahri misli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |