1.3. Arifmetik ifodalarni yozish
Arifmetik ifodalarni yozishda operandalar sifatida butun va haqiqiy sonlardan foydalanish mumkin. Quyidagi jadvalda sonlar ustida bajarish mumkin bo’lgan amallar va ularning ma’nosi keltirilgan.
Arifmetik amallarning yozilishi
amal
|
ma`nosi
|
+
|
qo`shish
|
-
|
ayirish
|
*
|
ko`paytirish
|
/
|
bo`lish (natija haqiqiy son)
|
//
|
quyidan yahlitlab bo`lish
|
**
|
darajaga ko`tarish
|
%
|
qoldiq
|
Arifmetik amallar odatdagi yozuvdan bitta satrga yozilishi bilan farqlanadi.
Oddiy yozuv Pithonda
Quyidagi yozuvlar interaktiv rejimda keltirilgan:
>>> 5/3
1.6666666666666667
>>> 5//3
1
>>> 5 % 3
2
>>> 5 ** 67
67762 63 5780344027125465800054371356964111328125
Agar operandalarning biri haqiqiy son bo`lsa, natija ham haqiqiy bo`ladi.
Arifmetik ifodalarning qiymatini hisoblashda Python amallarning an`anaviy ustuvorligini nazarda tutadi.
>>> -2**4
-16
>>> -(2**4)
-16
>>> (-2)**4
16
Shubhali hollarda amallarning ustuvorligini qavslar orqali ko`rsatish tavsiya qilinadi.
1.4. Qiymat berish buyrug’i
O`zgaruvchilar ko`rsatayotgan ma`lumotlarni o`zgartirish uchun ularga qiymat beriladi. Bu amalni qiymat berish buyrug’i, ya`ni yordamida amalga oshiriladi.
Buyruqning umumiy ko`rinishi quyidagicha:
α=β
Bu yerda α - qiymat olayotgan o`zgaruvchi, β - esa qiymati α ga beriladigan sonli, arifmetik, mantiqiy yoki xarfiy ifoda. Bu buyruqning ma`nosi quyidagicha: β - ifodaning qiymati hisoblanadi va bu qiymat α ga beriladi, ya`ni xotiradan α uchun ajratilgan yacheykaga yozib qo`yiladi. Masalan:
x=20.25
y=(x+0.75)*2
c=”Python tili”
Bu buyruqlar bajarilganidan so`ng, x - o`zgaruvchi 20,25 ni, y-esa 42 ni, xarfiy c o`zgaruvchi esa «Python tili» degan qiymatlarni oladi. Demak, bu o`zgaruvchilar uchun ajratilgan yacheykaga ana shu qiymatlar yozib qo`yiladi.
Ikkinchi buyruqa e`tibor bering. Agar zarur bo`lsa, qiymat olayotgan o`zgaruvchi qiymat berish buyrug’ining o`ng tomonida ham kelishi mumkin. Bu holda o`ng tomondagi ifodaning qiymatini hisoblash uchun uning «eski» qiymatidan foydalaniladi. Ifodaning “yangi” qiymati hisoblab topilganidan keyin, yacheykadagi «eski» qiymat o`chiriladi va uning o`rniga “yangi”si yozib qo`yiladi. SHuni yodda tutish kerakki, qiymat berish buyrug’ining o`ng tomonidagi ifodalarda ilgari qiymat olmagan o`zgaruvchidardan foydalanish mumkin emas. Bunday hollarda hatolik yuzaga keladi.
>>>x=1
>>> u = 2*x+5
>>> u
7
cel=26 buyrug’ini bajarganda, komp’yuter xotirasining qaysidir bir qismida (shartli ravishda id1 orqali belgilangan manzilida) ob`ekt yaratiladi va unga int tipidagi 26 qiymati yozib qo`yiladi. So`ngra, cel o`zgaruvchisi yaratiladi va unga ob`ektning manzili bo`lgan id1 yozib qo`yiladi. SHunday qilib, Python dagi o`zgaruvchilar o`zida ob`ekt manzilini saqlaydi. Boshqacha aytganda, o`zgaruvchi ob`ektlarga havola qiladi. Bunda o`zgaruvchining tipi u havola qiladigan ob`ektning tipi bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |