1.1. Python dasturlash tili haqida
Python — bu keng doiradagi masalalar uchun dastur ishlab chiqishga mo`ljallangan yuqori darajali dasturlash tili hisoblanadi. U quyidagi hususiyatlarga ega:
dinamik tiplashtirilgan;
xotirani avtomatik boshqaradi;
ko`p oqimli hisoblashlarni tashkil qilish mumkin;
ma`lumotlar qulay tuzilmaga ega.
Python dasturlash tilida quyidagi masalalarni dasturlash mumkin:
tizimli dasturlash;
o`yinlar;
sun`iy intellekt;
ilmiy hisoblashlar;
grafik elementlar;
veb-sahifalar;
ma`lumotlar bazasi;
yangi komponentalar va h.k.
Python tilida yozilgan dasturlar operatsion tizim (Microsoft Windows, GNU/Linux va b.) yordamida bajariladi. Bunda operatsion tizim dastur uchun resurslarni taqsimlash, qurilmalarni ishga tushiradi yoki ta`qiqlash kabi vazifalarni ham bajaradi.
Python tili interpretator bo`lib, uning buyruqlari qadamba-qadam bajariladi. SHu sababli, dasturlarni ishga tushirish uchun Python interpretator dasturi (virtual mashina) zarur bo`ladi. Bu dastur operatsion tizimning o`ziga hos tomonlarini dasturchi ko`zidan yashiradi. SHu sababli, dasturni Python tilida Windows operatsion tizimda yozib, bemalol GNU/Linux da ishga tushirish mumkin.
Interpretator-dastur o`rnatilib, ishga tushirilganda u IDLE interaktiv (dialog) rejimida ish boshlaydi va buyruqlarni kiritishga taklif qiladi:
1.2. Python tilida o‘zgaruvchi va o‘zgarmaslar
Ma’lumki, dasturlar turli sonli va boshqa tipdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun yoziladi. Bitta dastur tarkibida uchraydigan ma’lumotlarni bir-biridan farqlash uchun nomlash lozim bo‘ladi va bunday nomlar identifikator deb ataladi.
Identifikator muayyan bir vaqtda ifodalab turgan son yoki boshqa turdagi ma’lumot uning qiymati hisoblanadi. Dasturda qatnashgan har bir identifikator uchun kompyuter xotirasidan ma’lum bir joy ajratiladi hamda bu joyga uning qiymati yozib qo‘yiladi va saqlanadi.
Identifikatorlar doim lotin harflari bilan boshlanadi. Ularni yozish uchun zarur bo‘lgan keyingi belgilar esa lotin harflari, raqamlar va “_” (tagiga chizish) belgisidan iborat bo‘lishi mumkin:
x, xl, s4, alfa, kitob_soni.
Dastlabki to‘rtta identifikator sintaktik jihatdan to‘g‘ri yozilgan, ammo identifikatorlarni bunday yozish katta hajmli dasturlarni ishlab chiqishda ma’lum bir qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin, chunki ular o‘zlari ko‘rsatayotgan ma’lumotlarni to‘la va tushunarli qilib ifodalay olmaydi. Natijada bunday identifikatorlarni boshqasi bilan almashtirib yuborish ehtimolligi ortadi hamda ana shu dasturni o‘qish va tushunish qiyinlashib ketadi. Shuning uchun identifikatorlarni keyingi uchtasi kabi belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki ular o‘zlari ifodalab turgan ma’lumotlarni ma’lum bir darajada izohlaydi va shu bilan bog‘liq anglashilmovchiliklarga barham berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Identifikator tanlaganda ma’lumotlarning shakli va mazmunini hisobga olish ham ana shunday omillardan biri hisoblanadi. Masalan, uchburchak haqidagi masalada ehtiyojga qarab
a_tomon, b_tomon, c_tomon, yarim_perimetr, yuza
kabi identifikatorlar maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Identifikatorlarni yozishda Python tili interpratatori katta va kichik harflarni bir-biridan farqlaydi, ya’ni yuza, Yuza, YuZA, YuZa kabi identifikatorlarni turli xil deb qabul qiladi. Shuningdek identifikatorlarni yoszishda Python tilining xizmatchi so’zlaridan foydalanish mumkin emas. Quyidagi jadvalda ana shu xizmatchi so’zlar keltirilgan.
and
|
as
|
assert
|
break
|
class
|
continue
|
def
|
del
|
elif
|
else
|
except
|
exec
|
finally
|
for
|
from
|
global
|
If
|
import
|
in
|
is
|
lambda
|
nonlocal
|
Not
|
or
|
pass
|
raise
|
return
|
try
|
While
|
with
|
yield
|
True
|
False
|
None
|
|
|
Shu sababli identifikatorularni quyidagicha yozish noto‘g‘ri hisoblanadi:
4x, X-y, G=dr, !gamma, a?b, for, with
Agar identifikator dasturning bajarilishi davomida o‘z qiymatini o‘zgartirmasa, uni o‘zgarmas yoki konstanta, aks holda o‘zgaruvchi deb ataladi.
O‘zgarmas ma’lumotlar dastur matnida katta xarflar yordamida alohida ta’kidlab ko‘rsatiladi. Masalan:
GAMMA=1,23
Shundan keyin bunday o‘zgarmas qiymatlarni dasturning bajarilishi davomida o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |