Dinamik tiplashtirilgan


funksiya qaytaradigan qiymati



Download 2,16 Mb.
bet7/56
Sana09.03.2022
Hajmi2,16 Mb.
#487710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56
Bog'liq
Ataxonov maruza

funksiya

qaytaradigan qiymati

modf(a)

argumentdagi ko`chuvchi vergulli sonning butun va kasr qismlaridan iborat kortej.


trunc ()

butun son, argumentning kasr qismi tashlab yuboriladi.


floor()

argumentdan avvalgi butun songacha yahlitlaydi.


ceil()

argumentdan keyingi butun songacha yahlitlaydi.


frexp()

argumentni   shaklida yozib, m va e ni qaytaradi.


ldexp ()

argument sifatida mantissa va eksponentani qabul qilib,   formula bo`yicha x ni hisoblaydi. Frsep() ning teskarisi


fabs()

Argumentning absolyut qiymati.


copysign(a,b)

ikkinchi argumentning ishorasini birinchi argumentga beradi.


fsum()

argumentda ko`rsatilgan sonlarning yig’indisini hisoblaydi.

factorial()

argumentigacha bo`lgan faktorialni hisoblaydi.


Shuningdek, yuqorida keltirilgan funksiyalardan tashqari, math modulida quyidagi metodlardan ham foydalanish nazarda tutilgan:

math.fmod(X, Y)

X ni Y ga bo’lib qoldig’ini hisoblaydi

math.gsd(X, Y)

X va Y lar uchun eng katta umumiy bo’luvchi

math.distance((a1, b1), (a2, b2))

(a1, b1) va (a2, b2) nuqtalar orasidagi masofa

math.isfinite(X)

X ning son yoki son emasligini aniqlaydi

math.isinf(X)

X ning cheksiz ekanligini aniqlaydi.

math.isnan(X)

X ning nan soni ekanligini aniqlaydi.

math.exp(X)

eX ni hisoblaydi

math.expm1(X)

eX . X → 0 da math.exp(X) ga qaraganda aniqroq

math.log(X, [Y])

X ning Y asos bo’yicha logarifmi. Agar Y ko’rsatilmasa natural logarifm hisoblanadi.

math.log1p(X)

(1 + X) ning natural logarifmi. X → 0 bo`lganda math.log(1+X) ga qaraganda aniqroq.

math.log10(X)

10 asos bo’yicha X ning logarifmi.

math.log2(X)

2 asos bo’yicha X ning logarifmi..

math.pow(X, Y)

XY ni hisoblaydi

math.sqrt(X)

X ning kvadrat ildizi.

math.acos(X)

arkkosinus X, radianda.

math.asin(X)

arksinus X, radianda.

math.atan(X)

arktangens X, radianda.

math.atan2(Y, X)

arktangens Y/X, radianda, (X, Y) nuqta yorgan chorakni hisobga olgan holda)

math.cos(X)

kosinus X (X - radianda).

math.sin(X)

sinus X (X - radianda).

math.tan(X)

tangens X (X - radianda).

math.hypot(X, Y)

X va Y katetli to’g’ri burchakli uchburchak gipotenuzasi

math.degrees(X)

radianni gradusga o`tkazadi.

math.radians(X)

gradusni radianga o`tkazadi.

math.cosh(X)

giperbolik kosinus.

math.sinh(X)

giperbolik sinus.

math.tanh(X)

giperbolik tangens.

math.acosh(X)

teskari giperbolik kosinus.

math.asinh(X)

teskari giperbolik sinus.

math.atanh(X)

teskari giperbolik tangens.

math.erf(X)

xatoliklar funksiyasi

math.erfc(X)

qo`shimcha xatoliklar funksiyasi (1- math.erf(X)).

math.gamma(X)

X gamma-funksiya

math.lgamma(X)

X gamma-funksiyaning natural logarifmi

math.pi

pi = 3,1415926...

math.e

e = 2,718281...

2-§. MANTIQIY IFODALAR, TARMOQLANISH VA TANLASH BUYRUQLARI
2.1. Mantiqiy ifodalar
Mantiqiy ifodalar qiymati «rost» yoki «yolg’on» bo`lishi mumkin bo`lgan mulohazalar (turli shartlar) dan iborat bo`ladi.
Inson hayoti davomida doimo qandaydir masalalarni hal qilish jarayonida mumkin bo`lgan turli mulohazalar va ularning oqibatlarini hisobga olgan holda u yoki bu ishga qo`l uradi. Masalan, ishga otlanayotgan kishi yertalab uydan chiqishidan oldin «hozir kuchli yomg’ir yog’moqda» mulohazasini hayolan tahlil qiladi va soyabonni o`zi bilan olish-olmaslik masalasini hal qiladi. «Hozir harorat 200 dan yuqori» mulohazasining natijasi esa uning kiyadigan kiyimlarini belgilab beradi.
Python tilida mantiqiy ifodalarni qayta ishlash mumkin. Bunday ifodalar “True-1” yoki “False-0” qiymatlaridan birini qabul qilishi mumkin.
Mantiqiy ifodalarni PYTHON tilida quyidagi belgilardan foydalanib yozish mumkin:
> — katta;
< — kichik;
>= — katta yoki teng;
<= — kichik yoki teng;
== — teng;
!= — teng emas.
Interaktiv rejimda mantiqiy ifodalardan foydalnishga namunalar keltiramiz:
>>> 6 > 5
True
>>> 7 < 1
False
>>> (7 == 7) +1
2
>>> (7 != 7) +1
1
Ikki va undan ortiq shartlardan iborat murakkab mantiqiy mulohazalarni tahlil qilishda mantiqiy and (bir nechta mulohazalarni bir vaqtda o`rinli bo`lishi), or (bir nechta mulohazalardan kamida bittasining o`rinli bo`lishi) hamda not (mulohazaning inkori) kabi amallardan foydalanish mumkin.
(«Hozir yomg’ir yog’moqda») and («harorat 200 dan past»).
(«Hozir yomg’ir yog’moqda») or («harorat 200 dan past»).
not («Hozir yomg’ir yog’moqda»).
1-mulohaza faqatgina har ikki shart o`rinli bo`lgandagina «rost» qiymatini oladi. qolgan hamma hollarda «yolg’on» bo`ladi. 2-chisi esa ikki mulohazadan kamida bittasi «rost» bo`lganda «rost» qiymatini oladi. 3-mulohazadagi «emas yoki inkor» amali qavs ichidagi mulohaza natijasini teskarisiga almashtiradi.
A va V mulohazalar berilgan bo`lsin. Ular uchun mantiqiy amallar PYTHON tilida quyidagicha hisoblanadi:

a

b

a and b

a or b

not a

1

0

0

1

0

1

1

1

1

0

0

1

0

1

1

0

0

0

0

1

Quyidagi namunalarga e`tibor bering.
>>> 6>8 and 7>5
False
>>> 6!=8 or 6<5
True
>>> u=7>4
True
>>> not u
False
>>> not None
True
>>> not 2
False
>>> x=4
>>> 0
True
Python tilida nolga teng bo`lmagan ihtiyoriy son yoki bo`sh bo`lmagan ob`ekt “rost” deb hisoblanadi. Nolga teng bo`lgan sonlar, bo`sh ob`ektlar hamda mahsus None ob`ekti “yolg’on” sanaladi.
>>> 0 and 2
0
>>> 0 or 2
2
>>> not None
True
2.1. Tarmoqlanish buyrug’i
Ko`pincha masalaning echimini aniqlash qandaydir mantiqiy amalga bog’liq bo`lib qolishi mumkin. Masalan, diskriminantning noldan katta yoki kichik bo`lishi kvadrat tenglama echimlarini aniqlashda muhim omil hisoblanadi. Bunday masalalar uchun dastur ishlab chiqishda tarmoqlanish buyrug’idan foydalaniladi. Uning umumiy ko`rinishi quyidagicha:
if (mantiqiy ifoda) :
1-blok
else:
2-blok
1 - blok buyruqlarini yangi satrdan if ga nisbatan 1 tab pozitsiya (4 ta belgiga mos joy) qoldirib yozish qoidasi joriy qilingan. Bu buyruqni bajarishda Python dastlab «mantiqiy ifoda» qiymatini aniqlaydi. Agar u «rost» bo`lsa 1-blokdagi buyruqlarni bajaradi, 2-blokni esa bajarmaydi. Agar «yolg’on» bo`lsa, 2-blokdagi buyruqlarni bajarib, 1-ni bajarmaydi. SHundan keyin if dan keyingi buyruqni bajarishga o`tadi. 2.1-rasmdagi blok-sxemada tarmoqlanish buyrug’ining bajarilish tartibi ko`rsatilgan.

2.1-rasm 2.2-rasm

Tarmoqlanish buyrug’idan foydalanib kvadrat tenglama echimining mavjudligini quyidagicha yozish mumkin:


if D>=0 :
print(”yechim mavjud”)
else:
print(”yechim yuq”)
Agar ehtiyoj bo`lsa, tarmoqlanish buyrug’ining qisqartirilgan variantidan ham foydalanish mumkin. Bu buyruq umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi:
if (mantiqiy ifoda) :
1-blok
Bu holda 1-blok buyruqlari faqat mantiqiy ifoda «rost» qiymat olgan holdagina bajariladi. Bu buyruqqa mos keladigan blok-sxema 2.2-rasmda keltirilgan.

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish