Masala: Ekranga joriy sanai chiqarish dasturini yozing.
Yechish: Masala g’oyasi sodda bo’lgani uchun, uning tahlilinI o’quvchilarga qoldirildi.
import time
d = ["Dushanba", "Seshanba", "Chorshanba", "Payshanba", "Juma", "Shanba", "Yakshanba"]
m = [ "", "Yanvar", "Fevral", "Mart", "Aprel", "May", "Iyun", "Iyul", "Avgust", "Sentyabr", "Oktyabr", "Noyabr", "Dekabr" ]
t = time.localtime() # Joriy vaqt chop qilinmoqda
print( “bugun:\n%s %s %s %s %02d:%02d:%02d\n%02d.%02d. %02d” % ( d[t[6]], t[2], m[t[1]], t[0], t[3], t[4], t[5], t[2], t[1], t[0] ) )
input()
Ekranda ko`rsatish uchun mo`ljallangan vaqt va sanalarga bichim berish uchun quyidagi funksiyalardan foydalaniladi:
strftime([, < struct_time ob`ekti>])
|
sanani belgilangan bichim ostida satr ko`rinishida ekranga uzatish. Agar ikkinchi argument ko`rsatilmagan bo`lsa, joriy sana va vaqt chiqariladi. Namuna: time.strftime("%d.%m.%Y") yoki
time.strftime("%H:%M:%S").
|
strptime([, < bichim>])
|
sanani bichim ostida tahlil qiladi va struct time ob`ektini qaytaradi. Sana noto`g’ri bo`lsa, istisnoli vaziyat yuzaga keladi. Agar bichim ko’rsatilmagan bo’lsa, bichim uchun "%a %b %d %H:%M:%s %Y" satridan foyfalaniladi.
|
asctime([] ob`ekti)
|
Vaqt va sanani "%a %b %d %H:%M:%S %Y” bichimi ostida qaytaradi. Agar argumentda struct_time ob`ekti yoki 9 elementli kortej ko`rsatilgan bo`lsa, unga mos sana chiqariladi.
|
ctime([])
|
asctime() o`xshagan funksiya, faqat argumenti davr boshidan boshlab o`tgan sekundlarga beriladi.
|
strftime() va strptime() funksiyalaridagi bichim satrida quyidagi mahsus belgilardan foydalaniladi:
%y — ikki raqamli yil (“00” … “99”);
%Y — to’rt raqamli yil (masalan, “2021”);
%m — oy nomeri (“01” … “12”);
%b — oyning qisqartma nomi (masalan, yanvar uchun ‘yan’);
%B — oyning nomi (masalan, “Yanvar”);
%d — oyning kuni (“01” … “31”);
%j — yil boshidan o’tgan kun (“01” … “366”);
%W — hafta nomeri (”00” … “53”);
%w — hafta kunining nomeri (0 … 6); hafta yakshanbadan boshlanadi;
%a — kunning qisqartma nomi;
%A — hafta kunining nomi;
%H — soat – 24 soatli bichim bilan (“00” … “23”);
%I — soat – 12 soatli bichim bilan (“00” … “11”);;
%M — minutlar (“00” … “59”);
%S — sekundlar (”00” … “59”, ayrim hollarda “61” gacha);
%p — am va pm qiymatlarning ekvivalenti;
%s — vaqt va sanani joriy bichim orqali ifodalash;
%x —sanani joriy bichim orqali ifodalash;
%X — vaqtni joriy bichim orqali ifodalash.
%z — soat mintaqasi nomi;
%% —"%" belgisi.
Namuna:
import time
import locale
locale.setlocale(locale.LC_ALL, “Russian_Russia.1251”)
s = “Сегодня :\n%A %d %b %Y %H:%M:%S\n%d.%m.%Y”
print(time.strftime(s))
input ()
10.4. Vaqt va sana ustida amallar bajarish
Python tilida vaqt va sana ustida amallar bajarish uchun datetime moduli xizmat qiladi. Bu modulning funksiya va metodlari arifmetik va mantiqiy amallar, turli bichimlarga ekranga chiqarish va bosh muammolarani hal qilish imkonini beradi. Modul 5 ta klassni o`z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |