8.17. Itertools moduli haqida
Itertools moduli boshqa ketma⁃ketliklar asosida yangi ketma⁃ketliklarni shakllantirish, elementlarni saralash va boshqa amallarni bajarishga imkon beruvchi bir qator funksiya va metodlarni qamrab olganyu Bu modulning barcha funksiyalari ketma⁃ket bajarish amallarini qo`llab quvvatlaydi. Modulni boshqa modullar kabi ochish mumkin:
import itertools
Quyida bayon qilinadigan barcha funksiyalar miqdori noaniq bo`lgan qiymatlarni shakllantirish uchun hizmat qiladi.
♦ count ([ start=0] [, step=i]) — qiymatlarning cheksiz o`suvchi ketma⁃ketligini hosil qiladi. Boshlang’ich qadam start, o’zgarish qadami esa step so`zlarni orqali belgilanadi:
import itertools
for i in itertools.count () :
if i > 10: break
print(i, end=" ")
import itertools
print(list (zip(itertools.count (), "abcdef")))
print(list (zip(itertools.count (start=2, step=2), "abcdef")))
♦ cycle () — tsiklning xar bir qadamida ketma⁃ketlikning navbatdagi elementi qaytariladi. Ketma⁃ketlikning oxiriga o`tilganidan so`ng, ko`rib chiqish birinchi elementdan boshlab qayta boshlanadi va bu jarayon cheksiz davom etadi. Masalan:
import itertools
n=1
for i in itertools.cycle("abv") :
if n > 10: break
print(i, end=" ")
♦ repeat ([, takrorlashlar soni >]) — ob`ektni ko`rsatilgan miqdorda qaytaradi. Agar bu miqdor ko`rsatilmagan bo`lsa, ob`ekt cheksiz marta qaytariladi.
import itertools
print(list (itertools.repeat (2, 10)))
print(list (zip(itertools.repeat (4), "abcde")))
Quyidagi funksiyalar qiymatlarning turli kombinatsiyalarni shakllantirishga yordam beradi:
♦ combinations() — har bir takrorlashda ko`rsatilgan miqdordagi elementlar kombinatsiyasidan iborat bo`lgan kortejni qaytaradi. Bunda kortej elementlarining har xil bo`lishi kafolatlanadi. Bu funksiya umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi:
combinations (ketma⁃ketlik, elementlar soni).
Masalan:
import itertools
print(list (itertools.combinations("abcd", 3)))
♦ combinations_with_replacement() — har bir takrorlashda ko`rsatilgan miqdordagi elementlar kombinatsiyasidan iborat bo`lgan kortejni qaytaradi. Bunda kortej elementlari bir xil bo`lishi mumkin. Funksiya umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi:
combinations_with_replacement (ketma⁃ketlik, elementlar soni)
Masalan:
import itertools
print(list (itertools.combinations_with_replacement("abcd", 3)))
♦ permutations() — har bir takrorlashda ko`rsatilgan miqdordagi elementlar kombinatsiyasidan iborat bo`lgan kortejni qaytaradi. Agar elementlar soni ko`rsatilmagan bo`lsa, bu miqdor sifatida ketma⁃ketlikning uzunligi olinadi. Bu funksiya umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi:
permutations (ketma⁃ketlik, elementlar soni).
Masalan:
import itertools
print(list (itertools.permutations("abcd", 3)))
print(list (itertools.permutations("abc")))
♦ product() — har bir takrorlashda bir yoki bir nechta ketma⁃ketlik elementlaridan iborat bo`lgan kortejni qaytaradi. Uning umumiy ko`rinishi quyidagicha:
product(ketma⁃ketlik [,..., ketma⁃ketlik ] [, repeat=l]).
Masalan:
from itertools import product
print(list(product('abcd', repeat=2)))
from itertools import product
print(list (product ('abc','def', repeat=1)))
Do'stlaringiz bilan baham: |