amal yoki metod
|
mazmuni
|
A
|
natija - True, agar A to`plam B ning qism to`plami bo`lsa. Aks holda – False. Bu yerda A va B to`plamlar teng emas.
|
A=
issubset()
|
A= |
A>V
|
natija - True, agar B to`plam A ning qism to`plami bo`lsa. Aks holda – False. Bu yerda A va B to`plamlar teng emas.
|
>= yoki
issuperset()
|
A>=V (yoki A. issuperset(B)) amalining natijasi - True, agar B to`plam A ning qism to`plami bo`lsa. Aks holda – False. Bu yerda A va B to`plamlar teng bo`lishi mumkin.
|
A==B
|
agar A ning hamma elementlari B da, B ning hamma elementlari A to`plamda mavjud bo`lsa-True, aks holda False.
|
A.isdisjoint(B)
|
agar A va B to’plamlarning kesishmasi bo’sh to’plam bo’lsa - True, aks holda –False.
|
a in A
|
True – agar a element A to’plamda mavjud bo’lsa, aks holda –False.
|
Python tiliga to`plam ustida matematik xarakterdagi amallarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalar kiritilgan.
A.difference(B) funktsiyasi A to`plamning B ga kirmagan elementlarini qaytaradi. Bu metod to`plamlar ayirmasi (A-B) amaliga mos keladi
A={1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 1, 3}
B={2, 4, 6}
print(A.difference(B))
Agar to`plamlar ayirmasi amali elementlari fiksirlangan to`plamlarga nisbatan qo`llansa, uning natijasi fronset tipiga mansub bo`ladi. Amalda set va fronset tipli to`plamlar ishtirok etgan bo`lsa, natijasi qayti tip oldin ko`rsatilgan bo`lsa, shu tipga mansub bo`ladi.
A.difference_update(B) – to`plamdan B da ko`rsatilgan barcha elementlarni o`chiradi. Bu metod A to`plamni o`zgartiradi, ammo hech qanday qiymat qaytarmaydi hamda -= operatoriga ham mos keladi. Agar -= operatori elementlari fiksirlangan to`plamlarga nisbatan qo`llansa, uning natijasi fronset tipiga mansub bo`ladi.
A=set('abcdefg')
B=set('abtykcf')
A.difference_update(B)
print(A)
A.intersection(B) – har ikki to`plamda mavjud bo`lgan elementlar to`plamini qaytaradi. Bu metod matematikadagi A∩B yozuviga ekvivalent va unga '&' operatori mos keladi.
A = set('abcdef')
B = set('defghi')
C=A.intersection(B)
print(C)
A.intersection_update(B) – A to`plamda uning V bilan birlashmasiga kirgan elementlar qoldiriladi va qolganlari o`chiriladi. Bu metod A to`plamni o`zgartiradi, ammo hech qanday qiymat qaytarmaydi hamda unga &= operatori mos keladi.
A = set('abcdef')
B = set('defghi')
C=A&=B # yoki C=A.intersection_update(B)
print(A)
A.isdisjoint(B) - agar A va B to’plamlarning kesishmasi bo’sh to’plam bo’lsa - True, aks holda –False.
A=set('1234')
B=set('567')
C=set('246')
print(A.isdisjoint(B))
print(A.isdisjoint(C))
A.issubset(B) (yoki A=A=set('24')
B=set('1234')
print(A.issubset(B))
A.pop() – to`plamning tasodifiy elementini o`chiradi va o`chirilgan elementni qaytaradi. Agar to`plam bo`sh bo`lsa KeyError istisnoli vaziyatini qaytaradi.
A=set('12345')
print(A.pop(), A)
A.symmetric_difference(B) (yoki A^B operatori) – har ikki to`plamning umumiy bo`lmagan elementlari birlashmasidan tashkil topgan to`plamni qaytaradi. Bu metod matematikadagi to`plamlarning simmetrik ayirmasiga ekvivalent.
A=set('12345')
B=set('2468')
print(A.symmetric_difference(B))
A.symmetric_difference_update(B) (yoki ^= operatori) – A to’plamga B dagi elementlarni qo’shadi va umumiy elemetlarni o’chiradi. Bu metod hech qanday qiymatni qaytarmaydi va boshlang’ich to’plamni o’zgartiradi.
A=set('12345')
B=set('2468')
A.symmetric_difference_update(B)
print(A)
A.union(B) (yoki '|' operatori) – A va B to’plam elementlarining birlashmasi.
A=set('1234')
B=set('4568')
C=A.union(B)
print(C)
A.update(B) (yoki |= operatori) – A to’plamga B to’plam elementlarini birlashtiradi. Bu metod hech qanday qiymat qaytarmaydi va boshlang’ich to’plamni o’zgartiradi.
A=set('123456')
B=set('246789')
A.update(B)
print(A)
\
Yuqorida keltirilgan barcha metodlarni fiksirlangan to’plamlarga nisbatan qo’llash mumkin. Bu holda natija fronzet tipiga mansub bo’ladi. Shuningdek, amallarda set va fronset tipli to`plamlar ishtirok etgan bo`lsa, natijasi qayti tip oldin ko`rsatilgan bo`lsa, shu tipga mansub bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |