Dilmurod quronov adabiyotshunoslikka kirish



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/50
Sana15.08.2021
Hajmi1,26 Mb.
#148403
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
Bog'liq
ADABYOTSHUNOSLIKGA KIRISH{ DILMUROD QURONOV}

(U.Azim) 
Ushbu  she'r  vaznining  qo'shma  vazn  deyilishiga  sabab  shuki,  agar  uning  ikkita  misrasini 
birlashtirsak, go'yo misralardagi bo'g'inlar sonining tengligi tiklanadi: 
Qoqiladi  /  xorg'in  otlar,  /  g'ijirlaydi  /  arava.                15  (4+4+4+3)  g'ildiraklar  /  izi  yo'lda  / 
To'zg'iyotgan / kalava.   15 (4+4+4+3) 
Ko'ramizki,  mazkur  she'r  ham  mohiyat  e'tibori  bilan  barmoq  tizimiga  mansub,  faqat  uning 
misralari  bo'lingan-da,  alohida  satrga  chiqarilgan.  Misralarning  qat'iy  tartibda  bo'lingani 
she'rning ritmik xususiyatlariga, ohangiga muayyan o'zgarishlar kiritadi va uning ta'sirdorligini 
oshiradi.  Demak,  qo'shma  vazn  deganda,  misralar  qo'shilganda  izosillabizm  (bo'g'inlar 
miqdorining tengligi) tiklanadigan she'rlarni tushunish lozim ekan. Shunisi ham borki, qo'shma 
vazn  barmoqdan  sarbast  (erkin  she'r)  tomon  siljishdagi  ilk  qadam  sanalishi  mumkin.  Bu 
siljishdagi  keyingi  qadam  sifatida  barmoqda  yozilgan  getrometrik  she'rlarni  olish  mumkin. 
Getrometkrik she'rlarning qo'shma vaznli she'rlardan farqi shuki,ularda izosillabizm bandlararo 
sathda  namoyon  bo'ladi.  Masalan,  Mirtemirning  «Qo'shiqlar»  turkumiga  kiruvchi  qo'shma 
vaznda yozilgan she'rlaridan biri tubandagicha bandlardan tarkib topsa: 
Barmoqlar o'ch toriga, 

Oqshom chog'ida. 

Dil roz aytar yoriga 

Visol bog'ida. 

«Qoya» nomli getrometrik she'ri quyidagicha bandlardan tarkib topadi: 
Tolzor 
kuz 
rangida 
va 
salqin. 

Daraxtlarda 
yaproqlar 
oltin. 

Tog'dan 
esar 
el 
oqin-oqin, 

Tag'in bo'lur tin. 

Birinchi  she'rda  barmoq  tizimiga  xos  izosillabizm  misralarni  qo'shish  hisobiga,  band  ichida 
yuzaga  keladi.  Ikkinchi  she'rda  esa  band  ichida  izosillabizm  mavjud  emas,  u  she'r  butunligida 
namoyon  bo'ladi,  ya'ni  bu  she'rning  har  bir  bandi  32  bo'g'indan  tashkil  topgan  bo'lib,  ularning 
misralararo taqsimlanishi 9-9-9-5 tarzida amalga oshadi. Bu xil vaznlarning yuzaga kelishi barmoq 
tizimining ritmik imkoniyatlarini kengaytirgani shubhasiz. Va, shuni ham ta'kidlash kerakki, hali 
barmoq  tizimining  ritmik-intonatsion  imkoniyatlari  to'la  ro'yobga  chiqarilgan  emas.  Shu  bilan 
birga, XX asr o'zbek she'riyatida yetakchilik qilgan bu she'riy tizim o'tgan vaqt davomida sezilarli 
sifat o'zgarishlarini boshdan kechirdi, o'zining bir talay ritmik-imkoniyatlarini namoyon eta oldi. 
Mazkur masalani maxsus tadqiqot obyekti sifatida o'rganish adabiyotshunosligimizning galdagi 
vazifalaridan  bo'lib  turibdi.  Umid  qilamizki,  yuqoridagi  mulohazalarimiz  sizga  barmoq  tizimi 
juda  sodda,  jo'n  («barmoq  bilan  bo'g'inlar  sanab  qo'yilsa  bo'ladigan»)  hodisa  emasligini  ayon 
qildi  vasiz  bu  masalani  mustaqil  tarzda  chuqurroq  o'rganishga  harakat  qilasiz.  Hozirgi  o'zbek 


she'riyatida ancha keng qo'llanilayotgan she'r shakllaridan bin sarbast(erkin she'r)dir. Erkin she'r 
o'zbek  adabiyotida  XX  asrdan  boshlab  ommalasha  boshlagan.  Erkin  she'r  o'zbek  she'riyatida 
barmoq  asosida  yuzaga  kelgan  bo'lsa-da,  uni  o'ziga  xos  bir  hodisa,  alohida  she'r  tizimi  sifatida 
shakllanish bosqichidagi hodisa sanash mumkin. Erkin she'rda misralardagi bo'g'inlar soni ham, 
ularning  cho'ziq-qisqaligi  ham,  turoqlanish  yoxud  qofiyalanish  tartibi  ham  erkindir.  Sarbastda 
ohangdorlik ko'proq intonatsiya hisobiga yuzaga chiqadi:Awal yashashni o'rgan,Keyin o'lishni. 
Keyin Sochilgan suyaklaringm yig'ib,Yana jon ato qil o'zingga-o'zing.So'ngra o'limning ko'ziga 
tik  qara.Joningni  olsa  olibdi-da!(U.Azim)  Sarbastda  yozilgan  she'rning  an'anaviy  barmoq  yoki 
aruzdagi  she'rdan  farqli  jihatlaridan  biri  shundaki,  bundagi  ohangdorlik  awal  boshdan  ma'lum 
maromga solinmaydi, muayyan maromga mos kechinmalar ifodalanmaydi. Aksincha, bunda fikr-
tuyg'uga  mos  ohang  so'zning  ma'nosi  asosida  yuzaga  keladi,  ya'ni  bu  o'rinda  ma'no  asosida 
o'qiymiz va so'zlarni shunga mos ohanglarga o'raymiz.Tayanch so'z va iboralar:she 'r tizimi vazn 
(metr) metrik she 'r tizimi sillabik she 'r tizimi tonik she 'r tizimi sillabo-tonik she 'r tizimi barmoq qo 
'shma  vazn  getrometrik  she  'r  sarbast  Savol  va  topshiriqlar:"She'riy  vazn"  va  "she'r  tizimi" 
istilohlariga  ta'rif  bering.  Ularning  o'zaro  munosabatini  qanday  tushunasiz?  Jahon  she'riyatida 
qo'haniluvchi qaysi she'r tizimlarini bilasiz? 
1. O'zbek  she'riyatida  qaysi  she'r  tizimi  yetakchilik  qiladi,  nima  uchun?  Fitrat  nima  sababdan 
barmoqni "milliy vazn" deb atagan? 
2. Turoqlanish  tartibining  ohang  hosil  qilishdagi  rolini  tushuntiring.  Misralardagi bo'g'inlar soni 
teng, turoqlanish tartibi turlicha bo'lgan she'rlardan parchalarni daftaringizga ko'chirib yozing. 
3. "Sodda  vazn",  "qo'shma  vazn"  deganda  nimani  tushuniladi?  Qo'shma  vaznli  she'r  bilan 
geterometrik she'r orasida qanday farq bor? Buni o'z misollaringiz bilan tushuntiring. 
4. "Sarbast"  nima?  Sarbastni  alohida  she'r  tizimi  deb  atash  mumkinmi?  Sarbastni  "she'r  tizimi 
sifatida shakllanish bosqichidagi hodisa" deb atashga munosabatingiz qanday? Umuman, barmoq 
yoki arazga qiyosan olinsa, sarbastni "she'r tizimi" desa bo'ladimi? 

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish