Dilmurod quronov adabiyotshunoslikka kirish



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/50
Sana15.08.2021
Hajmi1,26 Mb.
#148403
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
Bog'liq
ADABYOTSHUNOSLIKGA KIRISH{ DILMUROD QURONOV}

SHE'R TIZIMLARI 
«She'r  tizimi»  va  «vazn»  tushunchalari  haqida.  She'riy  tizimlar.  Barmoq  she'r  tizimi.  Erkin 
she'r  (sarbast)  haqida.Ma'lumki,  ilmiy  termin  (istiloh)  muayyan  fan  tarmog'i  doirasida  faqat 
bitta  tushunchani  anglatishi  lozim.  Shunga  qaramay,  amaliyotda  bu  qoidadan  chekinilgan 
hollarga  bot-bot  duch  kelamiz:  ba'zan  tushunmaganlikdan,  ba'zan  so'zning  an'anaviy 
ishlatilishiga  ergashib  istilohiy  chalkashliklarga  yo'l  qo'yamiz.  Masalan,  biz  aniq  bir  g'azal 
haqida  «aruz  vaznida  yozilgan»  deyishimiz  ham,  adabiyot  tarixi  haqida  gapiraturib  «aruz  vazni 
musulmon  sharq  she'riyatida  yetakchi  mavqeni  egallagan»  qabilida  fiMashimiz  ham  mumkin. 
Holbuki,  konkret  g'azal  «aruz  vazni»da  emas,  aruzning  «falon  vaznida»  (ramali  musammani 
maqsur,  xazaji  musammani  maxzuf  va  hokazo)  yozilgan  bo'ladi,  ya'ni  vazn  konkret  she'rda 
namoyon  bo'ladigan  hodisa,  u  konkret  she'rning  o'lchovini  bildiradi.  Shunga  binoan,  ikkinchi 


holda «aruz vazni musulmon sharqi she'riyatida yetakchi mavqeni egallagan» deyilganda «vazn» 
emas,  balki  vaznlar  sistemasi  -  she'r  tizimi  nazarda  tutilgan.  Ko'rinadiki,  biz  «vazn»  terminini 
ham konkret she'rning o'lchovi (metr) ma'nosida, ham «she'r sistemasi» ma'nosida  ishlatyapmiz 
va  shu  bois  ham  terminologik  chalkashlik  yuzaga  kelmoqda.  Mutaxassis  sifatida  biz  bu  xil 
chalkashlikdan  qochishimiz  lozim  bo'ladi.  Shu  bois  ham  biz  «she'r  tizimi»  deganda  muayyan 
o'lchov  tamoyillarga  asoslangan  vaznlar  majmuini  tushunamiz.  Masalan,  «aruz  tizimi» 
deyilganda misralarda cho'ziq va qisqa hijolarning ma'lum tartibda takrorlanib kelishiga asoslangan 
«she'riy  sistema»  tushuniladiki,  bu  tizim  yuzlab  konkret  vaznlarni  o'z  ichiga  oladi.Ma'lum 
bo'ldiki, «she'r tizimi» she'r tuzilishining asosini, asosiy qonuniyatlarini belgilab beradi. Наг bir 
xalq she'riyatidagi «she ny tizim» o'sha xalq tilining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. 
Mavjud she'r tizimlarining hammasida asosiy o'lchov birligi sifatida bo'g'in olingan. Bo'g'in esa, 
ma'lumki, turli tillarda turlicha sifat va miqdor ko'rsatkichlariga ega. Shunga ko'ra, jahon xalqlari 
she'riyatida  mavjud  she'riy  sistemalar  bo'g'inning  miqdori  (sillabik  she'r  tizimi),  urg'uli  yoki 
urg'usizligi (tonik), cho'ziq yoki qisqaligi (metrik), baland yoki past talaffuz qilinishi (melodik) 
kabi jihatlarni o'lchov asosi qilib oladi.Metrik she'r tizimi misralarda cho'ziq va qisqa hijolarning 
muayyan  tartibda  (rukn,  stopa)  takrorlanib  kelishiga  asoslanadi.  Bu  she'r  tizimi  unlilari  cho'ziq-
qisqaligi  jihatidan  sezilarU  farqlanuvchi  tillarga  ko'proq  xosdir.  Masalan,  qadimgi  yunon  va  rim 
she'riyati metrik sistemaga asoslangan. Shu bois ham metrik sistema qadimdayoq tugal sistema 
sifatida  shakllanib,  o'shandayoq  uning  nazariy  asoslari,  qat'iy  qoidalari  ishlab  chiqilgan.  Antik 
adabiyotdagi metrik sistemada qisqa hijo ( v )  mora  deb nomlanib, u  eng kichik o'lchov  birligi 
sanalgan.  Cho'ziq  hijo  (-)  ikki  moraga  (v  v  )  teng  deb  qaralgan.  Shuning  o'ziyoq  metrik  she'r 
tizimida misralardagi bo'g'inlar soni turlicha bo'lsa-da, ularning talaffuz vaqti teng bo'lganligini va 
ayni  shu  narsa  izometriyani  (izoxroniya  asosida)  ta'minlaganini  ko'rsatadi.  Sharq  she'riyatida 
yetakchi  o'rin  tutgan  aruz  ham  metrik  sistemaning  bir  ko'rinishidir.Sillabik  she'r  tizimida 
misralardagi  bo'g'inlar  miqdorining  tengligi  o'lchov  asosi  sanalib,  bu  tizim  bo'g'inlari  sifat 
jihatidan sezilarli  farqlanmaydigan tillarga xosdir. Masalan, o'zbek tilida bo'g'in cho'ziq-qisqaligi 
jihatidan  (mas.,  arab  tilidagi  singari)  sezilarli  farq  qilmaydi,  urg'u  ham  turg'un  (asosan,  so'z 
oxirida)  xarakterga  ega.  Shuning  uchun  ham  sillabik  she'r  tizimi  o'zbek  till  xususiyatlariga 
ko'proq muvofiq keladi - she'riyatimizda qadimda (mas., folklor) va hozirgi kunda barmoqning 
yetakchilik  qilishi  shu  bilan  izohlanadi.  Sillabik  she'r  sistemasi  polyak,  serb  va  xorvat 
she'riyatlarida ham yetakchi °'rin tutadi. Shu o'rinda she'r tizimi tilning tabiatiga mos bo'lishi 
zarurligining  yorqin  misolini  keltirib  o'tish  joiz.  Rus  she'riyatida  polyak  she'riyati  ta'sirida  XYIII 
asrgacha  sillabik  she'r  tizimi  qo'llangan.  Urg'usi  turg'un  bo'lgan  bu  tizim  urg'u  o'rni  muqim 
bo'lmagan rus tili tabiatiga mos emas edi, shu bois ham u rus she'riyatida uzoq yashay olmadi. 
Tonik  she'riyatda  misralardagi  urg'ular  miqdori  o'lchov  asosi  qilib  olinadi.  Ya'ni  bu  tizimda 
misralardagi  bo'g'inlar  miqdori  ahamiyatsiz,  urg'ular  miqdori  teng  bo'lsa  kifoya.  Bilasizki, 
so'zlar turli bo'g'inlardan tarkib topadi, ularning ayrimlari urg'u olmaydi. Demak, tonik she'rning 
misralari  bir-biridan keskin  farqlanishi, tashqi  ko'rinishi  jihatidan  nasriy  nutqqa  o'xshab  ketishi 
mumkin.  Tonik  she'riyatning  alohida  bir  ko'rinishi  sifatida  sillabo-tonik  she'r  tizimini 
ko'rsatishimiz mumkin. Bu she'r tizimi XYIII asr o'rtalaridan  boshlab rus she'riyatida qaror topa 
boshlagan  va  hozirda  unda  yetakchi  mavqe  egallaydi.  Unda  misralarda  urg'uli  bo'g'inlarning 
muayyan  tartibda  (beshta  asosiy  turoq  shaklida:  -v,  v  -,  -  -  v,  v  -  -,  -  v  -  )  takrorlanib  kelishi 
o'lchov  asosi  sanaladi.Hozirgi  o'zbek  she'riyatining  yetakchi  she'r  tizimi  -  barmoq,  yuqorida 
aytilganidek,  misralardagi  bo'g'inlar  sonining  tengligiga  asoslanadi.  A.Fitrat  barmoq  vaznini 
milliy  vazn  deb  atarkan,  shunday  yozadi:  «Milliy  vaznimizda  asos  so'z  bo'g'imlarining 
sanog'idir. Bir baytning birinchi misra'i necha bo'g'im esa, ikkinchi misra'i ham shuncha bo'g'im 
bo'ladir. Bo'g'imlarning harf, cho'zg'i sonlariga esa ahamiyat berilmaydir»,- deb yozadi. Fitratning 
barmoqni  «rrdlliy  vazn»  deb  atashiga  asos  shuki,  barmoq  tizimi  o'zbek  tili  tabiatiga,  uning 


tovush  xususiyatlariga  muvofiq  keladi.  Shu  bois  ham  o'zbek  xalq  og'zaki  ijodi  namunalari 
asosan  barmoqda  yaratilgan.  Keyinroq,  arab  istilosidan  keyin  yozma  adabiyotda  aruz  qaror 
topgan bo'lsa-da, xalq og'zaki ijodinmg asosiy she'r tizimi barmoq bo'lib qolaverdi. Bu, birinchi 
galda,  barmoqning  o'zbek  tili  xususiyatlariga  to'la  muvofiqligi  bilan  izohlanadi.  XX  asr 
boshlaridan,  jadid  shoirlar  Cho'lpon,  Fitrat,  Hamzalarning  ijodi  bilan  she'riyatimizda  yana 
barmoqning  yetakchilik  davri  boshlandi.Barmoq  she'r  tizimida  mutaxassislar  4  bo'g'inlidan 
tortib 16 bo'g'inligacha bo'lgan vaznlar tarqalganini ta'kidlaydilar. Vazn har bir konkret she'rda 
yuzaga  chiqadigan hodisa sanalib,  uni  metr(o'lchov)  deb ham  nomlanadi.  Barmoqdagi  o'lchov 
belgilanganda, avvalo bo'g'inlar soni, keyin turoqlanish tartibi ko'rsatiladi. Masalan: 
Yuzlaringni / mayliga yashir, 
9 (4 + 5) 
Kerak emas / nozlar, imolar. 
9 (4 + 5) 
Go'zallikning / qoshida axir, 
9 (4+ 5) 
Cho'kka tushgan / hatto xudolar. 

(4 

5) 

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish