3-namuna.
Nuqtalar o`rniga kelishik yoki egalik qo`shimchalarining mosini
qo`yib, she‟rni o`qing va ko`chiring.
Men tug`ilgan o`lka
Men tug`ilgan hur o`lka,
Ozod sharqda nur o`lka.
Ko`rkam qishloq, shahar …,
Shod o`tar har mahali.
Metall berar Bekobad,
Farhod GES dan el obod,
Nur olar har xona …,
Gullagan Farg`ona …,
Xalqqa ust-bosh pilla …,
Bebaho oq tilla ….,
Mevazor bog`-u bo`ston,
Serquyosh O`zbekiston.
(Qudrat Hikmat)
4-namuna.
Rivoyatni o`qing. Undagi ravishdoshlarni aniqlang va tagiga
chizing.
Rivoyat
Boborahim Mashrab bir qishloqdan o`ta turib, kuylab g`isht quyayotgan bir
dehqonning so`zlariga quloq solibdi. Bu dehqon shoirning g`azallarini buzib, poyma-
poy o`qib, xirgoyi qilayotgan ekan. Shoh Mashrab shartta burilib, dehqon hozirgina
quygan g`ishtlarini bosib, majaqlab ketaveribdi. Buni ko`rgan dehqon jahl bilan
35
musht tugib: ” Hoy, berahm, ter to`kib quyayotgan g`ishtlarimni nega bosib
ketayapsan?”-deb shoirning yoniga yaqinlashganda, u kishi: ”Nega yuragim qoni
bilan bitilgan misralarimni buzib o`qiyapsan? degan ekanlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |