5-namuna.
Matnni o‟qing. Undagi gaplarni ”Fe‟l-kesimli gaplar” va ”Ot-
kesimli gaplar” kabi ikki guruhga ajratib ko‟chiring.
Imom Ismoil Buxoriy
Hadislar payg`ambarimizning hayotlari va diniy-axloqiy ko`rsatmalarini o`z
ichiga oladi. Shuning uchun hadislar islom olamida Qur‟oni karimdan keyin
turadigan ikkinchi muqaddas manbadir. Hadislarni to`plovchi, ularni to`g`ri
ekanligini isbotlovchi va tushuntiruvchi olimlar muhaddislar deyiladi. Musulmonlar
orasida minglab muhaddislar ichidan buyuk ishonchlilari oltidadir. Shulardan
ikkitasi-bizning vatandoshimiz. Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy
shulardan biridirlar.
Imom Buxoriy 810-yilda Buxoroda tug`ilganlar. U Damashq, Qohira, Basra,
Kufa, Bag`dod madrasalarida ta‟lim oldilar, qunt bilan islom tarixini o`rgandilar,
yirik olimlar-tarixchilar, muhaddislar davrasida bo`ldilar. Buyuk muhaddis ta‟lim
olgan ustozlarning soni to`qsondan ortiqdir. Imom Buxoriy o`z davrining taniqli
muhaddisi bo`ldi. ”Sahih” yoki ”Sahihi Buxoriy” nomi bilan atalgan bu kitob
musulmon olamida mashhurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |