— fanlararo o‘zaro aloqadorlik doirasida, ya'ni bir yoki bir necha sohalar
doirasida;
— maxsus yaxlit ilmiy bilimlar doirasida kabilar.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar uyg‘unligini integrativ yondoshuv
sifatida tasavvur etish mumkin. Ikki va undan ortiq nisbatan mustaqil qismlarda
kechayotgan jarayonlarni birlashtirish - integratsiyalashtirishning natijasi bo‘lishi
mumkin.
Yaxlit tizimni tuzishda integratsiyalanuvchi aloqadorlik muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, ularni ichki ilmiy aloqadorlik ham deb ataladi.
Tizimlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki ilmiy aloqadorlikni tartibga
keltirish yo‘li bilan yaxlitlikni yuzaga keltirishdan iboratdir. Bu jarayonda hosil
bo‘ladigan yaxlitlik yangi sifat ko‘rsatgichlariga ega bo‘ladi. Integratsiyalashtirishning
mohiyati, nazariy sintez vositasi sifatida yangi darajadagi bilish natijalariga erishishdir.
Mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab o‘rganish quyidagi masalalarni hal
etishga qaratilgan:
mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab o‘rganishning mohiyati,
mazmuni va uni amalga oshirish shart-sharoitlari va vositalarini o‘rganish;
turli fanlar mazmunini integratsiyalashtirishning ilmiynazariy va
pedagogik-uslubiy asoslari bilan tanishish;
tahsil oluvchilarning o‘quv-bilish faolligi, mustaqilligi va bilimlar
darajasini integrativ oshirishda bilimlarning dolzarbligini isbotlash;
9
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, ruhiy-pedagogik, texniktexnologik bilimlarni
sintezlash talablari, imkoniyatlarini aniqlash.
Ko‘p hollarda ta'lim-tarbiya ishida integrativ, tizimli va majmuaviy
yondoshuvlar sinonim sifatida talqin etiladi. Bu tushunchalarning umumiy tomonlarini
o‘rganilayotgan obyektlarning turli qirra, tomon va xususiyatlari tashkil etadi. Lekin
ular bir-biridan mohiyatiga ko‘ra ham farqlanadi. Ta'lim-tarbiya jarayonida integrativ
yondoshuvni amalga oshirish tizim yoki mavjud shakldagi yaxlit obyektning ichki va
tashqi aloqalari, uni tashkil etish va boshqarish qonuniyatlarini bilgan holda olib
borilishi mumkin. Kichik mutaxassislarni tayyorlashda integrativ yondoshuv
mutaxassislikka oid bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy safat hamda fazilatlarni
yaxlitligini ta'minlash uchun qo‘llaniladi.
Integrativ yondashuv mazmunan tutash, aloqador, mantiqiy bir-birini taqozo
etuvchi va bir-biriga singib chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi o‘quv fanlarini
integratsiyalash uchun qo‘llanilib, yaxlit mantiqiy mukammal bilim, ish-harakat
usullari va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi.
"Pedagogika" o‘quv predmeti integrativ fan sifatida quyidagi masalalar o‘z
yechimini qanday topganligiga bog‘liq holda uning samaradorligi aniqlanadi:
1. Integrativ o‘quv predmeti tarkibiga kiruvchi har bir o‘quv predmetining
qanday vazifa yechimini ta'minlashdagi roli;
2. Nisbatan tor doiradagi o‘quv predmetlarining didaktik vazifalarini
integratsiyalash jarayonida to‘liq saklab qolgan holda umumiy maqsadga
bo‘ysundirilishi;
3. Integrativ o‘quv predmetini o‘rganish metodikasi, shakli, metodlari, vositalari
va shart-sharoitlarini majmuaviy ishlab chiqish.
Yuqorida ko‘rsatilgan fikrlarga xotima berib aytganda tizimli, majmuaviy va
integrativ yondashuvlarning umumiylik jihatlari mavjud bo‘lib, o‘ziga xos tafovutlarga
ham egadir. Umuman olganda integrative yondoshuvga tizimli va majmuaviy
yondoshuvlarning natijasi sifatida qarash mumkin. Integratsiya muammosini didaktik
jihatdan tadqiq etilishi-uni ta'lim prinsipi sifatida talqin etilishini talab etadi. Metodik
nuqtai
nazardan
olib
qaraganda
integratsiya
ta'lim-tarbiya
jarayonini
10
takomillashtiruvchi va ko‘zlangan natijani kafolatlovchi shart-sharoit va usul deb
tadqiq etilishidir.
Integrativ yondoshuv ilmiylik, kasbiy yo‘nalganlik, politexnizm, uzviylik,
muntazamlik, tizimlilik, ko‘rsatmalilik, tushunarlilik, tabaqalashtirish kabi didaktik
prinsiplar bilan aloqadorlik hamda uyg‘unlikda amalga oshiriladi. O‘z navbatida
integrativ yondoshuv ham hech qachon boshqa didaktik prinsiplarga o‘xshab
o‘qituvchiga biror tayyor retsept bermaydi, ammo undan foydalanilgan holda didaktik
va metodik masalalar yechimini aniqlaydi. O‘quv materiali mazmunini integratsiyalash
didaktik jarayon sifatida ko‘p qirrali, ko‘p o‘lchovli, tizim shaklidagi tadqiqot obyekti
hisoblanadi. Uni tahlil qilish (o‘rganish) tizimli-tuzilmaviy yondoshuvni talab etadi.
Chunki uning funksiyasi, tarkibi, tuzilishi va shu kabi muhim xususiyatlarini o‘rganish
ko‘zda tutiladi. Maxsus fanlarni integratsiyalashda ulardagi barcha xarakterli
xususiyatlarni sintezlash emas, balki eng muhim va umumiy g‘oyalar, muammolarni
sintezlash ko‘zda tutiladi. Integratsiyalash alohida o‘quv predmetlari chegarasida
amalga oshiriladigan nazariy sintez vositasi sifatida va fanlararo sintez shaklida
namoyon bo‘lib, bevosita umummilmiy bilimlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi.
Ingegratsiya-sintezning yuqori darajasi hisoblanadi. Bilish jarayonida, tahlil qismlarga
ajratish, sintez esa ularni birlashtirish (umumlashtirish) sifatida namoyon bo‘ladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o‘quv rejalari va dasturlariga
o‘tish davrida jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, atrof-
muhitga jiddiy munosabatni o‘rnatish va shakllanish masalalari muhim ahamiyat kasb
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |