Dietologiya-Sotvoldiyeva cdr



Download 2,38 Mb.
bet15/31
Sana22.10.2022
Hajmi2,38 Mb.
#855508
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
dietologiya (1)

O ‘qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jahozlangan, guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan xona

Qayta aloqaning usul va vositalari

Tezkor - so‘rov, savol-javob, test, bajarilgan o‘quv topshiriqlarni baholash

O‘quv mashg‘ulotinmg texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (5 daqiqa)

Tashkiliy qism:
1.O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshirish

  1. Yurtimizda sodir bo‘layotgan mahalliy xalqaro yangiliklar bilan tanishish

  2. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi;

(1-ilova)

Oquv xonasini mashg'ulotga tayyorlaydilar, fikrlaydilar. Ozaro suhbat quradilar

2-bosqich.
Asosiy
(65daqiqa)

Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.O‘quv mashg‘ulotida o‘quv ishlarni baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi
2. Uyga vazifani tekshirish va uy vazifasini
taqdimotini tinglash, baholash
(2-ilova)
Maqsad va vazifani belgilanishi: Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi;( 3-ilova)
Yangi o‘quv material bayoni:

  1. Nazariy mashg‘ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi;

  2. Yangi mavzu bayonini sharxlab, zarur bo‘lganda asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi (4-ilova)

Yangi o‘quv materialini mustahkamlash:

  1. Mustahkamlash uchun savollar beradi

  2. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi;

  3. Kichik guruhlarga bo‘ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi.Har bir guruhga topshiriq beradi

Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi;

Diqqat qiladilar
Savollarga javob beradilar
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar
Diqqat qiladilar, asosiy holatlarni yozib oladilar
Savollarga javob beradilar Kichik guruhchalarga bo‘linadilar. Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar Topshiriqni bajaradilar.
Har bir guruh o‘z topshiriq varaqlari




4.Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o‘zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to‘ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
5.Guruhlar ishini o‘zaro baholashni o‘tkazadi;
13. Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog‘lab mavzuni yakunlaydi (5-ilova)

bo‘yicha faoliyatini boshlaydi.
Har bir guruh sardorlari chiqib o‘z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Guruh ish natijalarini o‘zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar Diqqat qiladilar

3-bosqich.
Yakuniy
(10daqiqa)

Mashg‘ulot yakuni:

  1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholaydi va rag‘batlantiradi

Uyga vazifani berilishi:

  1. Kelgusi mashg‘ulotga vazifa klaster usuli yo‘riqnomasini beradi ( 6-ilova)

Baholari bilan tanishadilar
Topshiriqni yozib oladilar


  1. O‘QUV MASHG‘ULOTIGA KIRISH

1.1-ilova

O‘qituvchi darsni boshlaydi, o‘quvchilar bilan salomlashadi, ularning darsga tayyorligi hamda davomatini aniqlaydi, o‘quvchilar bilan tanishadi. Dars o‘tiladigan xonani tekshiradi.
1.2-ilova

Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo‘lib o‘tirish taraqqiyot yo‘lidagi eng katta
g‘ovdir.

1.3-ilova

Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar.
Saidov B. M. “Dietologiya” Toshkent - 2009-y.

П




Qo‘shimcha adabiyotlar.
R.B.Abdullaev I.K. “Parhez ovqatlanish asoslari” o‘quv qo‘llanma 2009-yil

1

ш









Internet saytlari
www.referat.uz
www.uzmed.zn.uz -ziyonet tibbiy portali
www.nurse.ru
www. Pub.med, Medline
www.tma.uz

  1. Asosiy qism

2.1-ilova

Dietologiya” fanidan o‘quvchilarni bilimini baholash mezoni



Mezonlar

Baho

1

Olgan bilimlarini ishlab chiqarishda qo‘llay oladigan, ushbu fanni boshqa fanlar bilan bog‘lay oladigan, mustaqil ish va vazifalarni to‘liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan, har jihatdan boshqa o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan

5

2

O‘quv ko‘rgazmali qurollardan foydalana oladigan, olgan bilimlarini sog‘liqni saqlashdagi o‘rnini to‘g‘ri tushungan, mustaqil fikrlay oladigan, olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan

4

3

Darslarda 95% gacha qatnashgan, ma’ruza matnini yozgan, o‘quv qurollari to‘liq bo‘lgan, adabiyotlardan foydalanishni bilgan

3

4

Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni 55% dan kam o‘zlashtirgan o‘quvchilar

2

Izoh: o‘quv dasturining mantiqan tugallangan bo‘limi bo‘yicha o‘quvchi albatta baholanadi va natijasi o‘tish balidan (3 ball) past bo‘lganda qayta nazorat belgilanadi.
2.2-ilova
Bilimlarni tekshirish uchun o‘quvchilarga beriladigan savollar.


1-savol



1g oqsil parchalanganda 1g
uglevod parchalanganda qancha J:4,1 kkal
energiya ajraladi?

s
-
2

avol

❖ 1 kg tana vazniga qancha energiya talab etiladi.?

J: kkal energiya

4




3-savol

❖Suyuq va quyuq taomlarning ichimlik harorati qancha bo'lishi kerak?

J:+55-60°C dan + 15°S dan past bo‘lmasligi



3-ilova

Mavzu: Davo ovqatlarni tarkibi va ularni tayyorlash usulari.Mahsulotlarning energetik qiymati.

Reja:

  1. Davo ovqatlam tarkibi.

  2. Davo ovqatlarni tayyorlash usullari.

  3. Mahsulotlarning energetik qiymati.

4-ilova

Maxsulotlarning kaloriyaliligi maxsus jadvallar buyicha xisoblab chiqariladi. Sog‘lom odam taomnomasidagi turli - tuman ovqatlardan 3000 gacha kkal oladi. Tana vaznini oshirish uchun kalloriyalar mikdori kup bulgan ovqatlar zarur,uni kamaytirish uchun esa kaloriyasi kam bulgan maxsulotlar tavsiya etiladi. Uglevod, yog‘ o qsillarning energetik qiymati: Uglevod, yog‘ va oqsillarning oksidlanishi natijasida issiqlik va energiya ajraladi. Ular kaloriyalar hisobi bilan o‘lchanadi.
1g oqsil parchalanganda va 1g uglevod parchalanganda 4,1 kkal 1g yog‘ parchalanganida esa 9,3 kkal energiya ajraladi.

Ovqat mahsulotlarining kaloriyasini hisoblash uchun 100g mahsulotga nisbatan oqsil, yog‘ va uglevodlarning kaloriyasi kursatilgan maxsus jadvallar mavjuddir. Inson organizmi uchun oqsillarning ahamiyati. Oqsillar ratsionning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Ayniqsa organizm ochlik tufayli ozib ketganida, surunkali yiringli infeksiyalarda, sil kasalligida, anemiya kasalligida va boshka shu kabi kasallik holatlarida organizm tomonidan talab etiladi. To‘g‘ri va to‘la qimmatli ovqatlanish mahsulotlarning sifatli tarkibiga, ularning mikdori va hajmiga, oshxona ishloviga hamda kabul qilish rejimiga bog‘lik . Oziq mahsulotlar oqsillar, yogMar, uglevodlar, vitaminlar, mineral elementlar va suvdan tashkil topgan. Sutkalik ratsionning kaloriyasi patsientning tana vazni, yoshi, bajarayotgan ishi, kasallikning xarakteri, belgilangan rejimni hisobga olgan holda belgilanadi. Masalan o‘tirib ishlaydigan, aqliy mexnat bilan shug=ullanuvchi katta yoshlilarga 40-50 kkal energiya 1 kg tana vazniga talab etiladi.
Parxez ovqatlanishning tamoyillari:

  1. Fiziologik

  2. Gigienik-toksikologik

  3. Biokimyoviy

  4. Fizikaviy

  5. Kimyoviy

  6. Mexaniq

  7. Ekologik Fiziologik tamoyil:

Parhez ovqatlanishda qo=llaniladigan kundalik taomnomaning sifat va miqdor jihatidan to‘laqonli bo‘lishi tushuniladi. Taomnomaning sifat qiymati, uning tarkibiga kiruvchi ozuqaviy moddalarning bir-biriga monandligi, ifodasi va mahsulotlarning turlichaligi bilan aniqlanadi. Kundalik taomnoma tarkibidagi ozuqaviy moddalarning bir-biriga monandligi ularning o‘zaro nisbati bilan belgilanadi. Voyaga etgan kishilar uchun o=rtacha sharoitli mehnat faoliyati amalga oshgan taqdirda, makromoddalar: oqsillar, yog‘lar, uglevodlar miqdoriga nisbatan 1:1:4 nisbatda bo‘lishi tan olingan. Ushbu nisbatlar bemorlar uchun ma’lum darajada o‘zgargan bo‘ladi. Ushbu tamoyilga binoan bemor taomlari yangi, sifatli, tabiiy mahsulotlardan tavsiya qilingan me’yorlarni inobatga olgan holda tayyorlanishi lozim. Ular uchun tuziladigan taomnoma tarkibi yil fasllari, iqlim, ob-havo, hududning geografik sharoitlarini hisobga olingan holda bo‘lishi taqozo qilinadi.
Biokimimyoviy tamoyillar: Ushbu tamoyilga binoan bemor taomlari yangi, sifatli, tabiiy mahsulotlardan tavsiya qilingan me’yorlarni inobatga olgan holda tayyorlanishi lozim. Ular uchun tuziladigan taomnoma tarkibi yil fasllari, iqlim, ob- havo, hududning geografik sharoitlarini hisobga olingan holda bo‘lishi taqozo qilinadi.
Ozuqaviy moddalarning bemor tanasiga singish jarayoni-assimilatsiyasi quyida keltirilgan ma’lum ketma-ketlikdagi bosqichlardan tashkil topadi:

  1. taomni sezish, qabul qilish va uni hazm qilish (hazm qilish harakati);

  2. tananing ichki muhitiga me’da va ichakda fermentlar yordamida parchalangan taom tarkibining kirishi (qonga va limfaga) hazm qilish jarayoni va ushbu moddalarning hujayralarga etib borishi;



  1. ozuqaviy moddalargacha parchalangan taomning hujayralaiga kirib borishi va ularning biokimyoviy o‘zgarishlar oqibatida hujayralarning ichki tuzilmalariga aylanishi(huj ayraviy ovqatlanish);

  2. moddalar almashinuvi tufayli tanada hosil bo=lgan mahsulotlarning tashqi muhitga chiqib ketishi.

Fizik tamoyili. Parhez ovqatlanishning ma’lum miqdor-hajmdagi, suyuq-quyuqligi yoki agregat holati, harorati kiradi. Masalan, me’da-ichak kanali faoliyatining dabdurustdan izdan chiqishi paytlarida bemor taomnomasi o‘z miqdordagi suyuq taomdan tashkil topadi. Me’da-ichak kanali tomonidan qon ketish, jarrohlik amallari qo‘llanilganligi kabi moneliklar bo‘lmasa, tanovul qilinadigan suyuq va quyuq taomlarning harorati +55-60°C dan, ichimlik harorati esa + 15°S dan past bo‘lmasligi tavsiya qilinadi.
Kimyoviy avaylash tamoyili. Kimyoviy avaylash tamoyili asosida bemorning kundalik taomnomasi tarkibidagi nerv tizimini qo‘zg‘atuvchi, me’da va ichakning shira ajratish va harakat faoliyatlarini kuchaytiruvchi, jigar va buyraklarning to‘qimalarini (parenximasini) qitiqlovchi yuqori miqdordagi ekstraktiv va shira haydovchi moddalar, organiq kislotalar, osh tuzi, efir moylarini va h.k.larni cheklash yoki mutlaqo yo‘qotish jarayoni yotadi.
Mexaniq tamoyili. Mexaniq avaylashning asosiy mo‘ljali kundalik taomnoma tarkibida qo‘pol, g‘aliz, kletchatkaga boy bo‘lgan qiyin hazm bo‘ladigan mahsulotlarni (qora non, turp,dukkaklilar, karam) cheklash yoki mutlaqo ishlatmaslikdan iborat bo‘ladi. Ayni maqsadda, taomlarni tayyorlash jarayonida mahsulotlar maydalanib, qirilib, aralashtirilib, yaxshilab chayqatilib, gomogenizatsiya holatiga keltiriladi. Gomogenizatsiya darajasida maydalangan taomning kattaligi mikronlar bilan (160) o‘lchanadi. Bunday holdagi taomning bemor tanasiga hazm bo‘lishi va singishi aytarli darajada yaxshi bo‘ladi. Kimyoviy avaylash tamoyilini amalga oshirish maqsadida taomlarni tayyorlash jarayonida mahsulotlar bug‘da yoki suvda pishiriladi. Shuni esda tutish kerakki, avaylov parheznomalarini uzoq muddat mobaynida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bemor tanasiga ma’lum darajada qiymati past bo‘lgan taom kiritiladi. Bunday holatning negizida o‘z navbatida, kundalik taom tarkibidagi cheklovlar yotadi
Ekologik tamoyili. Mazkur tamoyilga binoan atrof-muhit o‘ta toza bo‘lishi taqozo qilinadi, chunki aynan ushbu muhitda hayot jarayonlari, oziq-ovqatlarning almashinuvi kuzatiladi. Bunday tamoyilni bemor tanasiga zarar etkazmasligi yoki ushbu ziyonni o‘ta darajada kamaytirish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari ekologiya jihatidan toza etishtirilgan bo‘lishi zarur. Ayni maqsadga erishish hozirgi paytda texnogen xususiyatli falokatlar ro‘y berayotgan davrda o‘ta mushkul vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shunga qaramay oziq-ovqat mahsulotlarini imkoniyat darajasida toza sharoitlarda, kerak bo‘lsa, isitiladigan xonalarda etishtirish tavsiya qilinadi. Ayni maqsadga qarab qilingan hatti-harakatlar oziq-ovqatlarning bemorlar tanasiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlarini ma’lum darajada kamaytirish imkonini beradi.
Bir kunlik ovqatlanish miqdori va quvvatining foizini shifoxonada to‘g‘ri taqsimlash
(%)
Ovqatlanish vaqti



  1. mahal ovqatlanish

  2. mahal ovqatlanish (2 xil ko‘rinishda)

  3. mahal ovqatlanish Nonushta 25-30 2-nonushta - 10-15 Tushlik 35-40

Tolma choy(16.00)10-15 Kechki taom 20-25

  1. kechki taom 5-10

Dietolog olim prof. Pevznerning ishlab chiqqan parheznomalarning ovqatlanish soni nazardan o‘tkazilganda ma’lum bo‘ldiki, faqat 1,7 foiz hollarda taomlarni kuniga 3 marta, 10,5 foiz hollarda — 4 marta, 47 foiz hollarda— 5 marta, 29,9 foiz hollarda esa 6 martaga bo‘lib tanovul qilish belgilangan.
Oziq maxsulotlariga energiyaga fiziologik extiyoj - bu insonlar o’rtasida dinamik mutanosiblikni qo‘llab quvvatlash uchun muhim bo‘lgan faktorlar majmuasidir. Bu shunday shakillanganki, evolyusiya jarayoning biologik kurinishida atrf muxit ta’sirining, xayot faolyatini ta’minlashga yunaltirilgan, adaptatsion patensial kullab kuvatlash shakllari namoyon buladi.
« Energiyaga va oziq vositalarga bulgan fiziologik extiyoj me’yorlari» - inson genotipini mustaxkmlangan fizio - bioximik jarayonlarning optimal realizatsiyasini ta’minlovchi, oziq va biologic aktiv moddalarning urtacha qiymatidir.
Me’yor axolining aloxida guruxlarinig oziq moddalarga va energiyaga bulgan optimal extiyojining ko‘rsatkichi xisoblanadi. Me’yor turli yosh, turli jins va turli kasblarning, turli sharoitning insonlarda energiyaga bulgan extiyojini kursatadi. Shuningdek tavsiya etilgan oziq moddalarga bulgan extiyoj ko‘rsatkichlari axoli qatlamlari extiyojlarini qondirish zarur.
«Me’yor» quyidagi asosiy nizomga kura asoslanadi. Optimal oziqlanish tamoyillari:

  • Insoning ratsioning energetik qiymati organizmning energiya sarfiga tugri kelishi kerak.

  • Oziq moddalarga asosiy extiyojni kursatkichi - oqsillar, yog‘lar va uglevodlar. Shu moddalar organizmda fiziologik muxim bulib, uzaro nisbatlarlarda bulishi kerak. Ratsionlarni almashtirib bo‘lmaydi. Aminokislotalar manbayi bular xayvon oqsillari, to‘yingan va tuyinmagan yog‘ kislotalari vitaminlar optimal mikdorda bulishi kerak.

  • Insoning fizik extiyojlariga mos xolda makro elementlar va essensial mikro elementlar bo‘lishi kerak

Odatda engillashtirish parxeznomalari o‘n kun mobaynida bir marta tavsiya kilinadi. Zarur xolatlarda esa xaftasiga ikki marta buyuriladi. Engillashtirish parxeznomalarini tayinlashdan Maqsad quyidagi natijalarga erishishdir:

  1. Peshob ajralishining ortishi;

  2. Tanada yog‘ zaxirasining kamayishi;

  3. Tana vaznining pasayishi;

  4. Tanadagi madan moddalarning almashinuvini sozlab, meyor darajasiga olib kelish;

  5. Tanadagi kislotali ishkorli xolatni meyor darajasiga tushurib ishkorli sharoitning paydo bulishini taminlaydi;



  1. Tanadan azotli shlaglarning ajralishini kuchvytiradi;

  2. Tanadagi madan moddalarning ortikcha mikdorini chikarish imkonini yaratadi.
    Engillashtirish parxeznomalarini tayinlangan kunlarda bemorlarga kun buyi
    beriladigan suv miqdori kamaytiriladi, okibatda yurak kon tomir tizimi faoliyatining
    oson kechishini ta’minlaydi. Qon aylanishining birinchi a va uchinchi darajalarida,
    bemor tanasi faoliyatini osonlashtirish Maqsadida unga oyoq-qo‘llaridagi shishlar va
    ichki azolarida suyuqlikning yig‘ilib qolishi barxam topgunicha, bemor
    taomnomasidagi osh tuzi miqdori cheklanadi. Ammo bunday xatti- xarakatlar
    natijasida bemor tanasida xlor moddasining kamomati (xlorpeniya) kelib chikmasligi
    uchun uning kuliga xar 7-10 kunda bir marta 3-5 gram mikdorda osh tuzi beriladi.
    Engillashtirish parxeznomasi nuqtai nazaridan bemor tanasi faoliyatini osonlashtirish
    va uning tanasi quvvatini oshirish niyatida «ilon izi» tarzida taomlarni tanovul qilish
    tavsiya kilinadi. Masalan,II-III darajali qon aylanishi etishmovchiligida 10a
    parxeznomasi bilan 10 parxeznoma almashinib berib turish maqsadga muvofiq
    bo‘ladi 10a parxeznomasi bemor tanasi uchun «xipchin» bilan urgandek
    rag‘batlantirib, quvvatini oshiradi. Qon aylanishining II-IIIb etishmovchiligida bemor
    taomnomasini engillashtirish kunlari xamda Karelning (shifokor) ilk taomnomasi
    yoki kalili parxeznomalarni buyurishdan boshlash tavsiya etiladi. Sungra bemor
    axvolidan kelib chikkan xolda, yani uzini yaxshi sezsa, unga 10a yoki 10 parxeznoma
    buyuriladi. Aks xolda yengillatish parxeznomalarida ushlab turiladi.

5.1-ilova

MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
S: Parxez maxsulotlar yaratish bo‘yicha ilmiy yo‘nalish
ishlab chiqqan olim kim?
J: Professor N.L.Romanchenko
S:Qadimgi yunon faylasufi Suqrotning ovqatlanish
haqidagi fikrlairni ayting?

J:lnson ovqatlanish uchun yashamaydi, balki yashash
uchun ovaatlanadi
S: 0‘rta Osiyoda ovqatlanish madaniyatining rivojlanish
tarixi qaysi tarixiy asarlarda yoritilgan?
J:A.Metsning “Musulmanskiy renessans , B.N.Zaxodar,
Bolshakov O.G, «o'rta asrda arab shaxarlari», S.A.
Arutyunov «Osiyo xalqlarining ovqatlanish etnogafiyasi»-

5.2-ilova


GURUHCHALARGA SAVOLLAR



1-Guruh

^ □ Ratsional ovqatlanishning oltin qoidasini aytib bering?
J:Sifat, me'yor va miqdor qoidasi

2-Guruh

  • Fan rivojiga hissa qo4shgan olimlarni sanab bering

  • J:Abu Ali ibn Sino, Ar- Roziy, Beruniy....

III - YAKUNIY QISM

6-ilova

Uyga vazifa.
Uy vazifasini bajarish yo‘riqnomasi: o‘qish, tahlil qilish, tushunish qiyin bo‘lgan tibbiy terminlarni yozish, mavzuni konspekt qilish va “Klaster” jadvalini to‘ldiradilar . Keyingi nazariy mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish.





NAZARIY MASHG‘ULOTNING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI

  1. Mavzu: Ratsional ovqatlanish asoslari. Ovqat iste’mol qilish vaqti,

ma’romi va usullari.

O‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni: ta


Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish