3. Psixologiya fani haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi. Psixologiya (qad.yunon ψυχή — «ruh, qalb, ong, xarakter» va λόγος — «ta’limot») — odam va odamlardan iborat guruhlarning psixikasi va psixik faoliyatining funktsiyasi, rivojlanishi va yuzaga kelishi qonuniyatlarini o’rganadigan fan. Psixologiya tushunchasi murakkab bo’lib, u o’zida gumanitar va tabiiy fanlar yondashuvlarini birlashtiradi. Psixologiya fani inson shaxsi, uning ichki dunyosi haqidagi bilimlarning murakkab sohasidir.Psixologiya har kimga o‘z tajribasidan ma’lum bo‘lgan sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, his-tuyg‘u vainsonning qobiliyati, iste’dodi, tempera-menti, xarakteriga xos ruhiy hodisalar haqidagi bilimlarni o‘zichiga olgan sohadir. Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida talqin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qaramaqarshi qoʻyilgan. Aristotel "Jon toʻgʻrisida"gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi0 XIX asrning o’rtalarida psixologiya mustaqil fanga aylandi. Ammo falsafadan ajralib chiqgan bo’lsada, u bilan yaqin bog’liqligi saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda falsafa bilan birgalikda o’rganilayotgan ilmiy muammolar mavjud. Ushbu muammolarga shaxs tushunchalari, hayot maqsadlari, mafkura, siyosiy qarashlar, axloqiy qadriyatlar va boshqalar kiradi.Psixologiya gipotezalarni tekshirish uchun eksperimental usullardan foydalanadi. Biroq, eksperiment usullar bilan hal etilmaydigan masalalar ham mavjud. Bunday hollarda psixologlar falsafaga murojaat qilishlari mumkin. Falsafiy-psixologik muammolar orasida inson ongining mohiyati va kelib chiqishi, inson fikrlashining yuksak shakllari tabiati, jamiyatning insonga va insonning jamiyatdagi ta’siri kabilar mavjud.
4.Psixologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va tarmmoqlari. Psixologiya fanining fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko‘rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashqil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko‘ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo‘lishlari lozimdir. Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida kishilar ongida gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilgani uchun ham uning ushbu yo’nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o’ziga xos va yetakchidir. Psixologiya fanining tarmoqlari.Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differensiatsiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan, · umumiy psixologiya — psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadigan maxsus sohasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |