Kasbiy psixologiya mutaxasislik fani haqida tushuncha



Download 37,52 Kb.
bet1/7
Sana01.01.2022
Hajmi37,52 Kb.
#290317
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
baxtishka




KASBIY PSIXOLOGIYA MUTAXASISLIK FANI

HAQIDA TUSHUNCHA

REJA

1.Kasb psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

2.Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi.

3. Kasbga yaroqlilikni aniqlash muammolari

Psixologiya lotincha “psyuxe"-ruh, "logos"-fan, ta'limot so'zlardanoiingan bo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha qilib aytganda psixologiya ruhshunoslik,insonshunoslik haqidagi fandir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz

uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o‘rganish - hayotni, insonni o‘rganish

degani. Kerak bo‘lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo‘lib, odamlarga ko‘rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama o‘rganish kerak, - degan edi. Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining metodologik asoslaridan birini tashkil qiladi.

Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o‘zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag‘ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi. Ana shu holatlar- ning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli in’ikos etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi Xo‘sh, psixika nima

Psixika-yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan . Psixikaning asosiy vazifalari -aks ettirish

- faoliyat va xatti-harakatlarni boshqarishdir. Uning namoyon bo‘lish shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi psixik (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), psixologik holatlar(hissiyot, emotsiya, e’tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish,ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo‘nalishlar, temperament,xarakter,qobiliyat,iqtidor,aqliysalohiyat,xulq motivatsiyasi,ish

mas’uliyat)da kuzatiladi.

Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko‘rinishlarini o‘rganuvchi Psixologiya yunoncha «psixologos» so‘zidan olingan bo‘lib, «jon», «ruh»

haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o‘rniga «psixika» atamasini qo‘llash qabul qilingan. Chunki lingvistik

nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin

«psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko‘lamga ega

bo‘lib,inson ruhiyatining ham ko‘zga ko‘rinuvchi,ham ko‘zga ko‘rinmas tomonlarini o‘zida aks ettiradi.

Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi

kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi

(Obyekt - kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan moddiy va ma’naviy borliq.

Predmet - moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o‘rganiladigan

masalalar). Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kasbiy psixologiya kasb psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo‘lib, aniq faoliyat, ya’ni ichki ishlar idoralari faoliyatidagi

psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan fan hisoblanadi.

Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo‘lib, umumiy psixologiyaning qonuniyatlarini o‘rganadi va bu fanni samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.

Kasbiy psixologiya fani kasb doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik

faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.

Bunda guvohlar, xolislar, jabrlanuvchi, gumonla- nuvchilarning ko‘rsatmalari hamda

so‘roq olib borishning psixologik asoslarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.

Kasbiy psixologiya fanining maqsadi - kasb xodimlari faoliyatining taraqqiyot

qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida

psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan

iboratdir.

Shu ma’noda, kasbiy psixologiya fanining metodologik asosini O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining asarlari, faylasuf-allomalarning psixologiya faniga oid

g‘oya va nazariyalari hamda hukumat qonunlari, IIVning buyruq va ko‘rsatmalari

tashkil etadi.

Inson-tabiat munosabatini o'zida aks ettiradi, shaxs omili va uni hozirgi davrda ishlab chiqarishda hisobga olish mehnat samaradorligini oshirish, kasb mahoratini takomillashtirish uchun negiz bo'lib hisoblanadi. Kasb-hunar mohiyatini ochib beruvchi professiogramma, professiografiya, psixogramma asosida qishloq xo'jalik mutaxassislarini tayyorlash uchun agrar oliy o'quv yurtlari intilmoqlari lozim. Zero, yuksak texnologiyani boshqarishga layoqatli, ijodiy, mustaqil fikrlovchi, shaxslararo munosabatlarni tashkil qilishga uquvli mutaxassislar yetishtirishga erishilsa, ezgu niyatlar ijtimoiy hayotda qaror topgan bo'lar edi.

Fanni o'qitishdan maqsad – talabalarga fan sohasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvurlar zahirasini shakllantirish. Shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo'naltirish yuzasidan nazariy, amaliy ma'lumotlar manbaini berish.

Fanning vazifalari:

Talabalarni ilmiy ma'lumotlar bilan tanishtirish:

Kasb tanlash va shaxs xususiyatlari o'rtasidagi bog'liklikni asoslash;

Kasblar psixodiagnostikasi haqida tushuncha berish;

Shaxs psixikasining rivojlanish bosqichlarida kasbiy rivojlanish masalalari.

Kasb psixologiyasi o'quv fanini o'zlashtirish natijasida talaba:

-kasb psixologiyasi fanining mazmun va mohiyati haqida, kasbga yo'naltirishning tarkibiy qismlari, kasb psixologiyasining metodologik asoslari, kasb psixologiyasining metodlari, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi, xronomotraj metodi, kuzatish metodi, test metodlarini bilishi kerak;

- kasb tanlash va shaxs xususiyatlari, kasbiy oz-o'zini anglashni shakllantirishi, shaxsning kasbiy xavfsizligi psixologiyasi. Kasbiy xavfsizlikning psixologik masalalari ish joyi. Mehnat jamoasi, psixik holat, kasbiy qobiliyatlar bo'yicha ko'nikmalariga ega bo'lishlari ta'minlanadi.

-kasb tanlashdagi inqirozlar, kasbiy qobiliyatlarini shakllanganligini diagnostika qilish, kasbiy shakllanish jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar, ongli kasb tanlash hamda kasbga yo'naltirishga doir malakalariga ega bo'lishi shakllantiriladi.

Shaxs va kasb hamkorligining psixologik xususiyatlari. Shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillari



  • Kasbiy jihatdan kelib chiqadigan psixologik muammolar

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini xilma-xilligi.

  • Ta'limning keyingi turini tanlash va umumiy o‘rta ta'lim maktabini bitirgandan so‘ng ishga joylashish.

  • Kasbiy ta'limning keyingi turlarini tanlash jarayonida kasbiy maslahatlar berish.

  • Ta'limning keyingi turlarini tanlash va o‘ziga xos maxsus kollejini bitirib ishga joylashish.

  • Kasbiy ma'lumot olishga tayyorgarlik jarayonida kasbiy maslahatlar berish, kasbiy tanlov, kasbiy tekshiruvdan o‘ta olmaganlarga psixologik yordam berish.

  • Kasbiy ma'lumot olish va tayyorgarlik, kasb xatoliklariga yo‘l qo‘yish, ta'lim jarayonidan qoniqmaslik va boshqalar.

  • O‘quv-kasbiy faoliyatning mohiyatini kuchaytirish, ta'lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarini joriy etish hamda ta'lim oluvchining shaxs sifatida o‘zini-o‘zi boshqara olish, ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

  • Ish joyini qidirish, ishga joylashish, malakaviy talablar va lavozim majburiyatlarini qabul qilinishi, yangi ijtimoiy kasbiy vazifani anglab olish.

Psixologiya, falsafadek juda qadimiy fanlardandir va juda boy tarixga egadir.Pisxologiya dastlab falsafa doirasida faoliyat ko'rsatgan. Psixologiya juda uzoq tarixga ega. Dastlabki psixologik tasavvurlar Qadimgi Sharq mamlakatlarida, Xitoy, Hindiston, Misr kabi mamlakatlarda vujudga kelgan.

Psixologik tasavvurlarning vujudga kelishida odamlar o'rtasida farqlarning mavjud ekanligi, ammo bu farqlarning sabablari aniq bo'lmaganligi bilan bog'liq. Kishining psixikasi haqidagi ta'limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) «Ruh haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan bo'lgan psixologiyaga asos solgan olim yoki psixologiya fanining «otasi» deb hisoblanadi. U bir qancha asarlar yozib, ularda psixologiya masalalari bo'yicha o'z qarashlarini bayon qiladi.

Aristotel ruh tan bilan uzviy bog'langan, deb hisoblaydi. «Ruh-deydi u-o'z taiatiga ko'ra hukmron asosdir, tana esa tobe narsadir». Aristoteldan keyin Demokrit, undan keyin Epikur (342-271 yillar), Rim shoiri va faylasufi Lukresiy Karr (99-95 yillar) psixologiya

Fanining rivojlanishiga o'z nazariyalari bilan hissa qo'shdilar. Lukresiy psixik hodisalarning tanaga bog'liqligini tajribada asoslab berdi. O’rta asrlardan fransuz tabiatshunos olimi R.Dekart nomini tilga olmaslik mumkin emas. Chunki bu olimning nomi bilan keyinchalik fiziologiyada va Psixologiyada ko'p ishlatiladigan refleks tushunchasi bog’liqdir.

R.Dekart o'z zamonasida birinchimarta refleks tushunchasini odam hatti-harakatini tushintirishda ishlatdi va harakatlarnitashqi muhit ta'siri ostida ro'yobga kelishini refleks mexanizmi deb tushuntiradi. Lekin R.Dekart odam faoliyatini to'g'ridan-to'g'ri jonsiz mexanizm, mashina sifatida tasavvur qiladi, odam ruhining bu xatti-harakatlarga biron bir aloqasi bolishi mumkinligini butkul rad etadi. Ya ni refleks tushunchasi uning risolalarida juda tor manoda, faqat fizik aks ettirish ma'nosida qabul qilingan. Lekin shunga qaramay, bizning zamonga kelib, R.Dekart ta'limoti mexanikligi uchun em'as, balkim materialistic dunyo qarashdan kelib chiqayotganligi uchun refleks tushunchasi qaytadan tahlil qilingan holda qqabul qilindi.

Psixologiya fanining rivojlanishida CH.Darvinning evolyusion nazariyasi

nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Vilgelm Vund 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya amaliysini tashkil qildi. Oradan ko'p o'tmay, 1881 yili Berlin universiteti qoshida eksperimental psixologiya instituti tashkil qildi. XIX asrning oxirida

Rossiyada Tokarskiy, Bexterev, Langerlar, 1911-yilda Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya amaliysi ochildi. XIX asrning oxirlaridan boshlab, psixologiyaning boshqa sohalri: hayvonlar psixologiyasi, tarixiy psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydonga keldi.

Eng muhimi-XX asrga kelib, psixologiyaning tatbiqiy sohalari paydo bo'ldiki,

endi qo'lga kiritilgan yutuqlar bevosita ta'lim, tarbiya, sanoat, biznes, marketing xizmatlari, boshqaruv, sog'liqni saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish sohalariga dadil joriy etila boshladi. XXI asrning birinchi yiliga kelib, psixologiya nazariy, tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini qondiruvchi tadbiqiy fanga aylandi.Biz sobiq sho’rolar davrida tabiatni birlamchi, ruhniikkilamchi deb o'rgana'redik, birinchi o'ringaborliqni, ikkinchi o'ringa tafakkurni qo'yar edik. Sharq mutafakkirlari ma'naviy hayot jamiyat taraqqiyotini, kishilar faoliyatini belgilaydi,deb ta'lim beradilar. Shu bilan birga ular ijtimoiy hayot va ijtimoiy ong o'rtasidagimunosabatlar murakkab ekanligini ta’kidlaydilar,ijtimoiy ong ijtimoiy borliq bilan davlat, huquq, siyosat va boshqa shu kabilar bilan bog'liq ekanligini uqtiradilar.

Psixologiya fanini rivojlantirish sohasidaSharq mutafakkirlaridanAbu Nasr

Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino,Abu HomidMuhammad G'azzoliy kabilar katta

Hissa qo'shganlar.Mustaqil O'zbekiston Respublikasida milliy psixologiya fanini

rivojlantirish uchunpsixolog olimlarimizdan I.P.Ivanov, E.G.G'oziyev, M.G.Davletshin,

V.A.Tokoreva, B.R.Qodirov,G.B.Shoumarov, E.Z.Usmonova, S.A.Axunjonova,

R.l.Sunnatovlar ham munosib hissa qo'shib keldilar va qo’shmoqdalar.

Psixologiyaning mustaqil sohasi sifatida kasb psixologiyasini shakllanishida bir qancha siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-tadqiqiy sabablarning o‘rni muhim hisoblanadi. Ular sirasiga quyidagi sabablarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir. 1. Totalitar jamiyat sharoitida kishilarning individual psixologik xususiyatlari inkor etilgan. Asosiy e‘tibor ishlab chiqarish vazifalarini yechish uchun zarur bo‘lgan ishchilarni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy buyurtmani bajarishga qaratilgan. Siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, mafkuraviy qarashlarning ommalashuvi natijasida mustaqil ishbilarmonlik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatining paydo bo‘lishi-mehnatga nisbatan ongli munosabatlarni shakllanishiga olib keladi. Bu esa ishchilarning kasbini o‘zgartirishga majbur bo‘lganda yangi ish joyini qidirish, o‘zining raqobatbardoshligini tasdiqlash uchun xulq-atvorining o‘zgarishiga olib keladi.

Rossiyadagi siyosiy va mafkuraviy erkinliklar ishchilarda ikkilanish va psixik zo‘riqishni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish munosabatlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, og‘ir sharoitlarni o‘zgarishi, ishchilarda stress holatini keltirib chiqaradi. Chunki ular birdaniga o‘z kasbiy hayotlari uchun ma‘sul bo‘lib qoladilar. Mehnatga layoqatli aholi uchun dolzarb masalalardan biri bu kasbiy hayot ssenariysini tanlash, kasbiy rivojlanish, ishsizlik muammosi bo‘lib qoldi. Ammo bu muammolarni yechimini topishning imkoniyati yo‘q edi. O‘z navbatida bu kishilarda bir-birini psixologik qo‘llab-quvvatlash va bir-biriga ko‘maklashish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Shunisi ahamiyatliki, psixologiyaning hech bir yo‘nalishi bu muammolar bilan shug‘ullanmaydi, bu esa o‘z navbatida mazkur muammolarni o‘rganish uchun yangi bir sohaga, ya‘ni kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi. 2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va undagi o‘zgarishlar, ya'ni dastlabki paytlarda iqtisodiy vaziyatlar bir maromda kechayotgan edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqori malakali kasbiy jihatidan yetuk raqobatbardosh ishchilarga zaruriyat sezilmoqda. Bu esa kasb tanlash, kasbiy layoqatni aniqlash, kadrlar faoliyatini baholash va attestasiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish yo‘llarini belgilash, ishchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga e‘tiborni qaratish lozimligini anglatadi. Shuning natijasida korxona va tashkilotlarda ishchilar uchun rivojlanish bo‘limlari paydo bo‘ladi.

Psixologiya fani doirasida shaxsning kasb bilan hamkorligi yuzasidan ko‘p tomonlama tadqiqotlar olib boriladi. Asosan bu muammolar mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya va yosh davrlar psixologiyasi fanlari tomonidan o‘rganilgan. Bu muammolar yechimining metodologik jihatdan asoslanishi psixologiya sohasida olib borilgan fundamental ishlarda aks etgan; Faoliyatning psixologik nazariyasini yaratilishi kasbiy faoliyatga doir tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘ladi. o‘ Shaxs borasidagi differensial psixologik konsepsiyaning rivojlanishi, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat, kasbiy moslashuv professionalizasiyaga doir muammolarni hal qilish uchun asos bo‘ldi.

Mehnat psixologiyasi kasbiy layoqat, kasbiy diagnostika, kasbiy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi masalalarini o‘rganadi. Yosh davrlar psixologiyasi shaxsiy va kasbiy rivojlanishi, kasbiy o‘zlikni anglashdagi inqirozlarning psixologik xususiyatlari va kelishmovchiliklari masalalarini o‘rganadi. Ta'kidlash mumkin-ki, insonning kasblar olami bilan hamkorligi to‘planib, psixologiyaning turli sohalarida o‘rganilib borilgan. Bugungi kunga kelib, bu bilimlarni bitta ilmiy yo‘nalishi - kasblar psixologiyasini shakllantirish uchun sharoit yaratiladi.

Shunday qilib, 1990- yillar boshida siyosiy, iqtisodiy va ilmiy sabablar tufayli psixologiyaning yangi sohasi-kasblar psixologiyasi vujudga keldi. Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichini ajratish mumkin. 1. XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu usullarini rasionalizasiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta‘limining shakllanishi masalalariga e‘tiborning kuchayishdir. 2. XX-asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi. 3. XX-asrning 70-yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarining hal qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasblar psixologiyasi deb nomlana boshladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan.

Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik olimlar J. Krites va D. Super ishlarida ko‘zga tashlangan.Ammo chet el tajribasi asosida to‘plangan ma‘lumotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi. O‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va ijtimoiy madaniy an‘analar yurtimizda o‘zimizga, millatimizga xos milliy kasb psixologiyasining rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Kasb psixologiyasiga taxminan XX-asrdan boshlab asos solinib kelingan. Bunga ko‘proq insonlarni o‘z qobiliyatlari, ehtiyojlari, hohish, istaklari, imkoniyatlari, individual xususiyatlari va hokazolarni hisobga olmagan tarzda kasblar olami haqidagi bilimlarga ega bo‘lmaganliklari natijasida qaysidir ma‘noda ongsiz ravishda kasb tanlashlariga sabab bo‘lgan. Biroq keyinchalik rus psixologi E. A. Klimov o‘z tadqiqot ishlarida aynan shu masalaga, ya‘ni ―kasb tanlash‖, ―kasbga yo‘naltirish‖ kabi masalalarga e‘tiborini qaratib, bu borada tadqiqot ishini olib borgan. Xususan, misol sifatida Differensial diagnostik so‘rovnoma (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. YE.A.Klimovdan tashqari ham ko‘p chet el olimlari bu masala bo‘yicha ish olib borganlar. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondoshishlar kuzatila boshlandi. Ya‘ni ularning barchasi kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi. Kasb psixologiyasining ajralib chiqishi hozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko‘nikma va malaka hamda umuman kasblar olamiga kirib borishiga asoslanadi. Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil hilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat.

Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivasion va kognitiv sifatlariga e‘tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e‘tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo‘lgan ta'sirini o‘rganadi. Kasb psixologiyasining muhim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat. Xorijiy manbalarda ham insonning kasbdagi faoliyati va xulq-atvori maydoni o`ziga xos holda belgilanib, ―kasb to`qimasi‖ yoki ―mental xarita‖ deb atalgan. ―Mental xarita‖ - kasbiy faoliyat maydonining mutaxassis joylashishi mumkin bo`lgan ichki olami hisoblanadi. Kasbiy faoliyat maydoni tarkibidan kasbiy sohadagi anchagina barqaror ta‘lim, kasbning tavsiyanomasi, uning qo`llanish sohasi, aniq ishchi o`rniga nisbatan yashovchanligi o`rin olgan. K.Farrenning qarashlariga tayanib aytish mumkinki, talabalar mutaxassis sifatida shakllanishi davridayoq yashovchanlik ko`rsatkichlaridan boxabar bo`lishlari muhimdir. Uning fikricha, yashovchanlik ikki xil ko`rinishga ega bo`ladi: shaxsning yashovchanligi va kasbning yashovchanligi. Olim shaxs yashovchanlik sifatlariga quyidagi ko`rsatkichlarni kiritadi: 1. SHaxs xususiyatlariga munosib kasb tanlash. 2. Bajarayotgan ishga qo`yilgan talablarga yuqori darajada tayyorlik. 3. Hayoti davomida talim olish va o`rganishga tayyorlik. 4. Madaniyligi, o`zga kishilar qadr-qimmatini, farqlarini qabul qila bilish. 5. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilish. 6. Bir necha sohalarda kasbiy mahoratni namoyish qila olishi. 7. Yangi loyihalar taqdim qilish tashabbusiga ega bo`lish. 8. Ishda hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash ko`nikmasiga egaligi. K.Farren kasbning yashovchanlik ko`rsatkichlariga quyidagilarni kiritadi: 1. Kasbning tashkilot maqsadlari bilan chambarchas bog`liqligi. 2. Boshqa muassasa va ishlab chiqarish sohalari bilan uyg`unlashish imkoniyati. 3. Boshqa kasblarda o`z kompetentliligi va qobiliyatlaridan foydalanish imkoniyati. 4. SHaxsiy va moliyaviy taminlanganlik. 5. Kasb bo`yicha shaxslar uyushmasining mavjudligi. 6. Mahoratga etaklovchi bilimga egalik. 7. Yoshidan qatiy nazar kasbiy muvaffaqiyatlarda mustaqil bo`lish . Shuningdek, yuqoridagi ikkita yashovchanlik ko`rsatkichlari bilan bir qatorda quyidagi ko`rsatkichlarni ham keltirib o`tish joiz: tanlangan ishlab chiqarish sohasining ―yashovchanligi‖, ―tashkilotning yashovchanligi‖, ―ishchi o`rnining yashovchanligi‖.

XX asrning boshlarida Amerika va Evropa mamlakatlarida mehnat mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlash jarayonida yuzaga kelgan bo`lib, buning natijasida psixologiyaning insonparvarlik g`oyalarini singdirish yuz berdi va natijada shaxs to`g`risida zamonaviy nazariyalari vujudga keldi. Bunday bog`liqlik shaxs nazariyasi bilan kasbiy rivojlanish psixologiyasi o`rtasida aloqa o`rnatishga olib keldi. Oqibatda kasbiy rivojlanish muammolarini o`rganishga turlicha yondoshadigan beshta asosiy yo`nalishi shakllandi. Bular: 1) differensial diagnostik, 2) psixoanalitik, 3) qaror qabul qilish nazariyasi, 4) taraqqiyot nazariyasi va 5) tipologik yo`nalishlar.



Kasb tanlashga yo`llash. Kasb ta'limi psixologiyasining asosiy muammosi–shaxsning kasbga yaroqliligini aniqlash, uni tayyorlash, mеhnat faoliyatiga yo`llash masalalaridir. Bular profеssiografiyadan boshlanadi .Profеssiografiya. Insonga ko`yiladigan talablar nuqtai-nazaridan kasblar va uning o`z ichiga olgan ixtisosliklarini umumlashtirib tavsiflanishi profеssiografiya dеyiladi. Profеssiografiya natijasi profеssiogramma bo`lib, bir kasb doirasidagi ixtisoslarning insonga, odamlar guruhiga qo`yishi mumkin bo`lgan talablar asosida tuzilgan umumlashtirilgan tavsifnomalardir.

Profеssiogrammaning bir qismini psixologik profеssiogramma, qolgan bir qismini–inson psixikasiga qo`yiladigan talablar, ya'ni kasb qobiliyatlari ro`yxati tashkil qiladi. Profеssiografiya kasblar klassifikatsiyasini ham o`z ichiga oladi, bu turli mеzonlari bilan ifodalanadi: tеxnologik, gigiеnik, psixologik va boshqalar. Har qanday kasbni o`rganish va tavsiflash har doim ma'lum maqsadni ko`zlaydi va shu maqsadga bo`ysunanadi.



Download 37,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish