Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi. O‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida reja


O‘rgatish - o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning tartiblangan faoliyati. O‘rganish



Download 58,45 Kb.
bet2/4
Sana29.05.2022
Hajmi58,45 Kb.
#618310
1   2   3   4
Bog'liq
3 -mavzuga manba

O‘rgatish - o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning tartiblangan faoliyati.
O‘rganish - anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o‘zgaradi.
O‘qitish - qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog bilan o‘quvchilarning tartiblangan o‘zaro harakati.
Ta’lim - o‘qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko‘nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi.
Bilim - ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan inson g‘ oyalari yig‘ indisi;
Ko‘nikma - egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash usullarini egallash.
Malaka - avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko‘nikmaning takomillashgan darajasi.
Kompetensiya - egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llay olish layoqati.
Maqsad - o‘qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo‘sinda safarbar etilishi.
Mazmun - o‘qitish jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi.
Tashkil etish - qo‘yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‘yicha tartiblangan didaktik jarayon.
Shakl - o‘quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig‘i, mazmuni uchun qobiq.
Metod - o‘qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo‘li.
Vosita - o‘quv jarayonining predmetli qo‘llab-quvvatlanishi, yangi materialni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’ yekt.
Natija - o‘quv jarayonining so‘nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.
2. Taʼlim jarayonining mohiyati. Jarayon – bu lotinchadan olingan bo‘lib, oldinga harakat qilish tushuniladi. Ta‘lim jarayonining mazmunini bilim, ko‘nikma va malakalar tashkil qiladi.
Ta‘lim jarayoni - o‘quvchi (talaba)ning bilmaslikdan bilishga tomon, oddiydan murakkabga tomon, uncha to‘liq bo‘lmagan bilimdan ancha to‘liq, aniqroq va chuqurroq bo‘lgan bilim tomon sodir bo‘ladigan jarayondir. Bu o‘qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi. O‘qituvchi bilim egallash yo‘llarini o‘quvchi-talabalarga ko‘rsatadi, ya‘ni kishilik jamiyati tomonidan bor, hamda bunday bilimlarga ega bo‘lmagan bola ongida vositachilik qiladi. O‘qituvchining faoliyati tufayli ta‘lim puxta o‘ylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, kutilgan natijalarni beradi.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro muloqat yuzaga keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko‘ra keng ma’noga ega.
Ta’lim o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayondir.
Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar (tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.
Barcha tarkibiy qismlarning o‘zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon bo‘luvchi ta’lim jarayonining negizini o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi.
3. Zamonaviy ta’lim paradigmalari. Paradigma (grekcha, paradeigma) so‘zining o‘zi keng ma’noda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o‘ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi.
Paradigma - aniq vaqt doirasida ilmiy jamoatchilikka muammolarni aniqlash va ularni hal etish modeli sifatida taqdim etiladigan barcha ilmiy yutuqlarga tegishli tadqiqot vazifalarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya.
Ta’limning yangi paradigmasining paydo bo‘lishi faqat ijtimoiy- iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmasdan, u butun madaniy rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan. Uning shakllanishida insonparvarlik falsafasi va psixologiyasi asosiy o‘rin egallaydi. Mazkur konsepsiyaning asosiy nuqtai nazari - har bir alohida inson hayotining o‘ ziga xosligi, har bir shaxs noyob, individual, shartsiz qadriyat ekanligini e’tirof etish. Insonparvar falsafa va psixologiya o‘z-o‘zini realizatsiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini insonning yuksak ehtiyoji deya e’tirof etib, insonning o‘z noyobligini asrash va rivojlantirish, insonning erkinlikka erishish mexanizmi sifatida individual shaxsiy tanlovni amalga oshirishni o‘zida namoyon etish, qilingan tanlov uchun javobgarlikni bo‘yniga olishda ularni amalga oshirishning muhim shartini ko‘radi. Shuning uchun shaxsning rivojlanishi va insonning shakllanishi boshqalar bilan hamjihatlikda, ishonch, oshkoralik, sevgiga asoslangan insonparvar munosabatlarni o‘rnatish jarayonida sodir bo‘ladi.
Asosida ta’limga yangicha yondashuv yotadigan g‘oyalarning rivojlanishida psixologlar ham muhim hissa qo‘shishgan: yaqin zonadan rivojlanish va inson rivojlanishida birgalikdagi faoliyatni roli haqidagi ta’limot, shaxsning hayotiy faoliyatdagi vazifalari, fikriy soha, insonning reflektiv imkoniyatlarining rivojlanishi, o‘quv faoliyati jarayonida uning psixik rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tadqiqotlar, shular jumlasidandir.
Zamonaviy pedagogik fanlardagi maqsadiga (ta’limiy, tarbiyaviy), ta’limning bosh maqsadi - madaniyatga yondashuvga, o‘quv-tarbiya jarayoni doirasida hal etiladigan vazifalariga, pedagog va talabalar orasidagi o‘zaro ta’sir etish tavsifiga ko‘ra paradigmalar farqlanadi.
Ta’limning keng tarqalgan beshta paradigmasi mavjud: an’anaviy (bilimga yo‘naltirilgan paradigma); fenomenologik (insonparvarlik paradigmasi); ratsionalistik (bixevioristik, xulq- atvorga doir); texnokratik; ezoterik.
An’anaviy (bilimga yo‘naltirilgan) paradigma. Bilimga yo‘naltirilgan paradigmada ta’limning bosh maqsadi: «Istalgan qiymatdagi bilim, bilim va yana bilimdir». Shuning uchun ta’lim muassasasining roli insoniyat sivilizatsiyasi madaniy merosining ko‘proq mavjud unsurlari - ham individual, xuddi shunday ijtimoiy tartibni saqlab qoluvchi, individual rivojlanishga imkon beradigan zaruriy, xilma-xil, muhim bilim, ko‘nikma va malakalar, bundan tashqari ideal va qadriyatlarni uzatish va saqlashda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘quv dasturlari mazmuni tayanch, asosiy, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash vaqtida sinovdan o‘tuvchi, shaxsning funksional savodxonligi va ijtimoiyligini ta’minlashga asoslanadi.
Bixevioristik (ratsionalistik) paradigma. Ratsionalistik paradigma an’anaviy paradigmaga qarama-qarshi o‘laroq, o‘zining diqqat markazida mazmunni emas, o‘quvchilarning turli turdagi bilimlarni o‘zlashtirishining samarali usullarini qo‘yadi. Ratsionalistik ta’lim paradigmasi asosida ijtimoiy injeneriya bixevioristik konsepsiyasi turadi. Ta’lim muassasasining maqsadi - ta’lim oluvchilarda ijtimoiy me’yorlar, milliy madaniyat talablari va natijalariga muvofiq, moslashuvli «xulq-atvor majmui»ni shakllantiradi. Suning uchun «xulq-atvor» atamasi “barcha turdagi reaksiyalar, insoniy xususiyatlar - uning fikrlashi, his-tuyg‘usi va harakati»ni bildiradi.
Mazkur paradigma ta’lim muassasasiga ta’lim oluvchilarning maqbul xulq-atvorini shakllantirish maqsadida bilimlarni o‘zlashtirish yo‘li sifatida qaraydi, ya’ni har qanday ta’lim muassasasi - bu yashash muhitiga moslashtirishning ta’limiy mexanizmi. Bunday o‘qitishning asosiy metodlariga o‘rgatish, trening, test nazorati, individual o‘qitish, korrektsiyalash kiradi.
Insonparvarlik (fenomenologik) paradigmasining diqqat markazida o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojiga ega bo‘lgan, hayot sub’ekti, shaxs erkinligi va ma’naviyati sifatidagi ta’lim oluvchi turadi. U bolaning ichki dunyosini rivojlantirish, shaxslararo muloqot, ijod, dialog, shaxs o‘sishi uchun yordamga yo‘naltirilgan. Insonparvarlik paradigmasi vakillari yagona qarash bilan ajralib turmaydi. Uning doirasida ta’limning xilma-xil modeli amalga oshadi. Ularni bola va inson hayotining tengsiz davri sifatida bolalikka qadriyatli munosabat, ya’ni ta’lim muassasasining bosh vazifasi bolani rivojlantirish (aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik) ekanligini e’tirof etish yagona yo‘nalishda birlashtiriladi. Insonparvarlik paradigmasi doirasida harakatlanuvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy izlanishga asoslanib, ta’lim va tarbiyaning sof mazmuni, metod va vositalaridan joy oladi. Insonparvarlik paradigmasi ham o‘qituvchi, ham o‘quvchilarning erkinligi va ijodkorligini talab etadi.
Pedagogik faoliyatning insonparvarlik tamoyiliga asoslanuvchi paradigmasi quyidagi mezonlarga tayanadi:

  • ta’limning ijtimoiylashuvi - o‘qituvchilarn tayyorlash jarayoniga nisbatan texnokratik yondashuvdan voz kechish, ular tomonidan nisbatan o‘zlashtiriladigan bilimlar majmuasining pedagogik hamda psixologik xususiyat kasb etishini ta’minlash, o‘qituvchilarda umuminsoniy, umummadaniy qadriyatlar mazmunida ilgari surilgan g‘oyalarga asoslangan ijtimoiy tafakkurni shakllantirish;

  • milliy hamda jahon madaniyati asoslari va ularning mohiyatidan xabardor bo‘lish;

  • ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda milliy istiqlol g‘oyalariga asoslanish;

  • shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish hamda mustaqil ta’lim olishga bo‘lgan layoqatiga tayanish va uni takomillashtirish;

  • o‘qituvchilarning kasbiy jihatdan shakllantirish jarayonida o‘qituvchi hamda talabalarning o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishlariga erishish;

  • ta’lim (xususan, kasbiy ta’limi) jarayonida o‘quv dasturlarining talabalar qobiliyati hamda qiziqishlariga ko‘ra tanlab olinishi borasidagi imkoniyatning mavjudligi;

  • pedagogik ta’limning fundamental xususiyat kasb etishi, ya’ni, talabalar tomonidan o‘zgaruvchan sharoitlarda shaxs ijodiy rivoji asosini ta’minlovchi invariant bilimlarning o‘zlashtirilishiga erishish;

  • mehnat bozori hamda ijtimoiy jarayonlarda yuzaga keluvchi hamda doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi ehtiyojlarga to‘laqonli javob bera oladigan ta’limni shakllantirish shu asosda kasbiy moslashuvchan mutaxassislarni tarbiyalash;

  • ta’limning uzluksizligi, ta’limning har bir jarayon bosqichining natijalanishini ta’minlovchi kasbiy ta’lim (kadrlar malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash) dasturlarining tizimining yaratish va rivojlantirish, muayyan dasturni ta’limning u yoki bu bosqichida o‘ qitilishi yoki o‘qishni boshqa tipdagi o‘quv muassasida davom ettira olish imkoniyatini bera olishi;

  • ta’limning ekvivalentligi, ya’ni uning davlat ta’lim standarti, milliy madaniyati va mentalitet, shuningdek, xalqaro me’yorlarga muvofiq darajasi.

Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning bosh maqsadi amaliy takomillashtirish uchun zarur «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o‘zlashtirishdan kelib chiqadi. «Bilim - kuch», shuning uchun inson qadr-qimmatini uning bilish imkoniyatlari aniqlab beradi. Inson o‘ zini o‘ zicha emas, faqat aniq belgilangan etalon (o‘ rtacha namuna, standartlashgan)dagi bilish yoki xulq-atvor sohibi sifatidagina baholaydi. Texnokratik paradigma sharoitida o‘quv-tarbiya jarayonining istalgan natijasi «ha- yo‘q», «biladi - bilmaydi», «tarbiyali - tarbiyasiz», «egallagan - egallamagan» tizimida baholanishi mumkin. Bu yerda tayyorgarlik, ma’ lumotlilik, tarbiyalanganlik darajasi tekshirib aniqlanadigan qandaydir etalon, ideal mavjud bo‘ladi.
Ezoterik paradigma. Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy ta’limiy paradigmalardan biri. Mazkur so‘zning yunonchadan so‘zma-so‘z tarjimasi «sirli», «yashirin» ma’nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o‘zgarmas Haqiqatga munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi o‘quvchining tabiiiy kuch va imkoniyatlarini yuqori darajadagi ongga ega bo‘lish, Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchining muhim muhofaza qiluvchi funktsiyasi ta’lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini amalga oshirish va mavjud kuchlarini rivojlantirishdir.
4. O‘qitish jarayoni va uning vazifasi. O‘qitish - o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi.
O‘qitish (didaktik) jarayonining mohiyatini quyidagi formula yordamida to‘liq anglash mumkin: DJ=M+Ao‘f + Ao‘fb Bu yerda:
DJ - didaktik jarayon.
M - motivatsiya.
Ao‘f - o‘quvchilarning o‘zlashtirish faoliyati algoritmi.
Ao‘fb - o‘quvchilarning billish faoliyatini boshqarish.
O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.
O‘qitish jarayonining ta’limiy vazifasi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O‘qitish natijasi sifatida bilimlarining to‘liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
O‘qitishning tarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o‘z ifodasini topadi. Ta’limning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. O‘qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi.
O‘qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o‘quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional- irodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirishda o‘z aksini topadi. O‘qitish jarayonida o‘quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, ob’yektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga erishiladi.
O‘qitish jarayonining bosqichlari. O‘qitish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo‘lgan tarkibiy qismlarga (yoki komponentarga) ajratish mumkin. O‘quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar hosil qilish yo‘lidan borib, ushbu bosqichlardan o‘tishi kerak.
O‘qitish jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan iborat:

  1. o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish;

  2. uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo‘lishi;

  3. bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishi;

  4. hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash (kompetentsiyalarni tarkib toptirish).

Har bir bosqich uchun o‘quvchilarning muayyan xarakterdagi bilish faoliyati xarakterlidir. Bu faoliyat o‘qituvchi tomonidan alohida rahbarlikni talab etadi.
O‘rganilayotgan materialni idrok qilish. O‘quvchilarning o‘rganilayotgan (yoki o‘rganilishi lozim bo‘lgan) materialni idrok qilishini tashkil etar ekan, o‘qituvchi ularning hayotiy tajribasi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda material to‘g‘risida umumiy tasavvur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi va ko‘rsatadi.
O‘rganilayotgan materialni fahmlab olish. O‘rganilayotgan ob’yekt haqidagi umumiy tasavvur asosida uni tushunishni ta’minlovchi, asta-sekin chuqurlashib boruvchi anglash jarayoni davom etadi. O‘qitishning bu zvenosining maqsadi ilmiy tushunchalarni tarkib toptirishdir.
Bilimlarni mustahkamlanishi, ko‘nikma va malakalarnining hosil bo‘lishi. O‘quv materialini idrok etish va faqmlab olish jarayonida o‘zlashtirish keyinchalik uni mustahkamlash va takomillashtirishni talab etadi.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llay olish (kompetentsiyalarni shakllantirish). Bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llash jarayoni ta’limning yakuniy mustaqilligini asta-sekin va izchillik bilan oshirib borish.
O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavsifi, o‘quv jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi. Inson faoliyatining hamma asosiy turlari (mehnat, fan, san’at, o‘yin, sport) uning tevarak-atrof olamni va o‘z-o‘zini bilish bilan bog‘langan. O‘qish tevarak-atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o‘qituvchi rahbarlik qiladigan alohida turidir. Bu jarayonning mohiyati - bilim, ko‘nikma malaka va kompetentsiyalarni hosil qilish, o‘quv fanlari mazmunini o‘zlashtirib olish va bilish kuchlarini rivojlantirishdir.
O‘rgatuvchilik faoliyati yoki o‘qitish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarishdan iborat bo‘ladi va ularni mashg‘ulotlar uchun uyushtirishda, ularning diqqati, tafakkuri, hatti-harakati va hokazolariga rahbarlik qilishda, ular oldiga ularning faoliyatini tobora murakkablashtirilgan vazifalarni izchillik bilan qo‘yib borishda, ularni tekshirib borish kabilarda o‘z ifodasini topadi.
O‘quv faoliyati yoki o‘qish bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jarayoni bo‘lib, o‘quvchilarning intellektual, irodaviy va jismoniy kuch-g‘ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag‘batlantiradi. O‘qituvchining oqilona biror maqsadga qaratilgan rahbarligi va o‘quvchilarning esa faol ongli ishtirokisiz, ta’lim jarayonida ijobiy natijalar bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim jarayonining bu ikki tomoni (o‘qitish va o‘qish) bir maqsad: ta’limning xilma-xil vositalari va metodlaridan foydalangan holda o‘quv materialni egallab olish maqsadi bilan birlashgandir.
O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ma’lumki, bilish faoliyatining sub’yekti o‘quvchi sanaladi. Shu bois ijtimoiy- pedagogik asoslarga ega ta’lim markazida uning shaxsi, ongi, ham o‘rganilayotgan olamga, ham bilish faoliyatidagi hamkorlariga: o‘quvchilar va uning ta’lim olishini tashkil etuvchi va yo‘naltiruvchi o‘qituvchilar munosabati yotadi. Bu masala barcha davrlarda birdek ahamiyat kasb etib kelgan.
Ta’limda o‘quvchilarning faoliyati haqida gap borganda o‘quvchining bilish faolligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchining bilish faolligi uning bilish jarayonidagi intellektual mulohazasida, umumiy va alohida topshiriqlarni bajarishida namoyon bo‘ladi. Bu xususiyatlar o‘quvchilarning faqatgina yuqori darajadagi bilim olishini kafolatlab qolmay, balki uning hayotiy faoliyati, ya’ ni o‘quvchi shaxsining shakllanishi, uning amaliyotga, hayotga bo‘lgan faol munosabati uchun harakterlidir. Shu sababli bilish faolligini oshirish insonning faol hayotiy qarashlarini shakllantirish deb bemalol aytish mumkin.
O‘quvchining bilish faoliyatining yana bir farqli xususiyati uning kechish xarakteridir. O‘quvchining bilish faoliyati maqsadi ham, mazmuni ham, usullari ham dasturga kiritilganligi bois, o‘quvchi jalb etilayotgan ta’lim jarayoni turlicha kechishi; sub’yekt (o‘quvchi) kuchi faolligi, mustaqilligi, turlicha sarf etilishi bilan borishi mumkin. Ayrim hollarda uning jarayoni taqlidiy reproduktuv, boshqalarda izlanishli, uchinchisida ijodiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Aynan faoliyat jarayonining kechish xarakteri uning oxirgi natijasi egallangan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalari xarakteriga ta’siretadi.
O‘quvchining bilishi xuddi etuk ilmiy bilish yo‘li kabi haqiqat o‘qituvchi tomonidan fandagi faktlar, ilmiy kashfiyotlarni o‘rganish ularning tarixiy yo‘lini o‘zlashtirish yordamida kechadi.
Insonning asl ijtimoiy mulki sifatida faoliyatining muhim belgisi faoliyat sub’yektining atrof-muhit bilan o‘zaro ta’siri va muhim boyliklar yaratuvchi faoliyatining qayta yaratuvchi xarakteridir. O‘quvchilarning ta’limmuassasasidagi bilish faoliyatining xarakteri shundaki, uning natijasi hamma vaqt ham moddiylashgan mahsulga ega emas va o‘quvchining o‘zi hamma vaqt ham his etmaydi - javobi uchun yomon baho olgan o‘quvchining xafa bo‘lib, «men o‘qidim, o‘rgandim! Adolatdan emas» degan fikrni qat’iy takrorlashi bejiz emas.
Bilishga qiziqish o‘qishning eng muhim va eng qimmatli motivi sifatida bolani maktabga, darslarga, o‘z bilish faoliyatiga nisbatan ijodiy munosabatiga ko‘maklashadi.
O‘quvchilarning bilishga qiziqishi motiv sifatida rivojlanishi o‘ziga xos uzoq yo‘liga ega bo‘lishi mumkin. Ayrim o‘quv- harakatlari ta’sirchisidan to butun faoliyatning ustuvor motivigacha.
Hatto o‘qishning etakchi motivlaridan biriga aylanib, qiziqish shaxsning ma’naviy boyishiga ko‘maklashuvchi umumiy yo‘nalganligining ahamiyatli qismiga aylanishi mumkin. Har qanday motiv singari bilishga qiziqish ajralgan holda rivojlanmaydi, uning tiklanishi boshqa motivlar (axloqiy, ijtimoiy, o‘quv va h.k.) bilan birga kechadiki, qiziqish ular bilan boyiydi va ularga ijobiy ta’sir etadi.
Ma’lumki, o‘quv jarayoni modeli o‘zida uch tarkibiy qismni aks ettiradi: o‘qituvchi faoliyati, o‘quvchi faoliyati hamda o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning jadal o‘zaro faoliyati. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro harakatini konstruktiv pedagogika nuqtai nazaridan qator belgilariga ko‘ra tasnif etish mumkin: yo‘nalganligiga ko‘ra (qayta aloqalar bilan yoki qayta aloqalarsiz); axborot jarayonining turiga ko‘ra (o‘zaro harakatni tashkil etishda axborot jarayonining yo‘nalganlik darajasi); boshqarish va axborotlarni uzatish vositalari turiga ko‘ra.
O‘quvchilar bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida turli darajadagi faollikni namoyon etishadi. Ana shu sababli, o‘quvchilarga bilimlarni sust ravishda qabul qiladi kabi nuqtai nazardan qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shu sababli bilish faoliyatiga quyidagicha yondashish zarur: o‘quv faoliyatining inkor etilmagan tavsifi asosida unga munosabat o‘zgaradigan bilishning quyi darajasi; quyidan mo‘tadillashgan bosqichga o‘tish sifatidagi vaziyatli faoliyat; o‘quv jarayonida ijro etuvchilik faoliyati; o‘quvchining sub’yektiv nuqtai nazarini maksimal darajada ochishga imkon beruvchi ijodiylik.
Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, bilish faolligi ko‘rsatkichi sifatida mo‘tadillik, ishtiyoq, o‘rganishning anglanganligi, ijodiy namoyon bo‘lishi, nostandart o‘quv vaziyatlaridagi xulq-atvor, o‘quv vazifasini hal etishdagi mustaqillik va boshqalarni aytib o‘ tish mumkin (4-rasm).
O‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki va faolligining namoyon bo‘lishi - bu rivojlanib boruvchi, o‘zgaruvchan jarayon. O‘qituvchi yordamida o‘quvchilarning bilish faolligi quyi darajadan vaziyatli-faollikka, undan faol ijrochilikka o‘tib boradi. Ko‘p jihatdan o‘quvchining bilish faolligi ijodiylik darajasiga ko‘tarilishi yoki ko‘tarilmasdan qolishi o‘qituvchiga bog‘liq.


4-rasm. O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘rsatkichlari


Didaktlaming ishlarida shu narsa yaqqol ko‘rinadiki, o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi munosabat sub’yekt-sub’yekt tavsifiga ega bo‘lishi zarur. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim - bu keng tarzda sotsiumning bo‘lajak a’zosini umumiy mehnat, hamkorlikka o‘rgatish uchun zarur bo‘lgan birgalikdagi faoliyat.
Hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash nuqtai nazaridan zamonaviy ta’lim jarayonini ko‘rib chiqish asosida o‘quvchilarning rollar orqali namoyon bo‘lishi quyidagicha ko‘rinish kasb etadi:

  • o‘quv jarayoni bilan dastlab tanishishda tomoshabin, kuzatuvchi;

  • guruhli faoliyatning ishtirokchisi;

  • namuna bo‘yicha uy vazifasini mustaqil bajargandan so‘ng faoliyat egasi;

  • faoliyatning shaxsiy namunasini yaratishda faoliyat egasi + fikr egasi;

  • o‘z faoliyati natijasida yuzaga keladigan o‘z-o‘zining faoliyati egasi.

5. Sharq va G’arb mutafakkirlarining gnoseologik g’oyalari-o‘quv jarayononing asosi sifatida. O‘quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bog‘liq.
Gnoseologiya (yunoncha – «gnosis» («gnoseos»)- bilim, ong, o‘rganish, logiya –fan, ta’limot) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo‘lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.
Ijtimoiy taraqqiyot tarixida insonning atrof-muhitni bilishi umumiy tuzilishiga va bosqichlariga turlicha yondoshishlar ma’lum. Ana shu yondoshishlar o‘quv jarayonini qurish va ta’lim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi.
Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo‘shgan. U birinchi bo‘lib koinot ob’ektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induksiya va deduksiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli konsepsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va ob’ekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.
Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy.
Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g‘oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o‘rganadi, o‘zlashtirganlarini o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. Yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:
1) fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;
2) ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;
3) xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg‘ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.
Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to‘xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida o‘rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo‘li bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o‘zining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo‘yicha va dorilar ta’sirini kuzatish asosida aniqlagan.
Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari surilgan ta’limning tabiiyligi g‘oyasi ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga muvofiq belgilanishini ta’kidlaydi.
Ya.A.Komenskiynining tabiatga bog‘liqligi haqidagi g‘oyasi – g‘arb olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo qonunlarining o‘quv jarayoniga ta’sirini ko‘rsatib berishga urinishlaridan biridir.
XVIII asrda fransuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o‘rni haqidagi falsafiy dunyoqarashlar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga urinib ko‘rgan. Olimning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo‘ynida, qishloq joylarda rivojlanishi kerak.
Bolaning atrof-muhit mohiyatini tez anglashi xususiyatini hisobga olib ekzistensiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) vakillari ta’lim mohiyatini quyidagicha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish emas, balki bolani emotsional tarbiyalashdir.
Ekzistensializm ratsional bilishni rad etadi, ta’lim fandan ko‘ra san’atga yaqinroq deb hisoblaydi, shuningdek, borliqni bevosita bilish metodini ilgari suradi.
Ta’lim mazmuni masalalariga boshqa bir yondoshish “Pragmatizm pedagogikasi” yoki progressivizm AQSHda, alohida rivojlandi. Uning yetakchisi Djon Dyui mazkur ta’limotni ifodalashda pragmatizmning falsafiy g‘oyalarini asos qilib oldi. Pragmatizm (yunoncha pragma – ish, harakat, falsafiy amal) zamonaviy Amerika falsafasida idealistik oqim. Bu oqim haqiqatning ob’ektivligini rad etadi, haqiqat bu ob’ektiv borliqqa mos kelmaydi, balki amaliy foydali natijalar beradi.
D.Dyui fikricha, bilish va bilim inson o‘z hayotida duch keladigan turli muammo yoki qiyinchiliklarni yengish vositasi hisoblanadi. Bilim yashash uchun kurash vositasi va shaxsning rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Biz faqatgina muammoni hal etayotganimizda fikrlaymiz, buning boshlanish yo‘li har doim qiyinchilikni his etish hisoblanadi.
6. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. Pedagogikada qonuniyatlar - bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta’lim jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko‘rib bo‘lmaydi.

Download 58,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish