DIDAKTIK MASHQLAR-BILIMDAGI BO’SHLIQLARNI TO’LDIRADI
Davlat ta’lim standartlari talabiga javob beradigan bilim, ko’nikma va malakaga ega o’quvchilarni tarbiyalash uchun o’qituvchi darslarga mos interfaol usullar, didaktik mashq- lardan foydalanish lozim.
Shundagina o’quvchi mavzuni oson o’zlashtiradi, uni ortiqcha majburiyat deb tushunmaydi. Bu usullardan biri o’qituvchining yangi mavzuni o’quvchilarga oldindan e’lon qilishi va mavzuni o’qib kelishini vazifa qilib berishdi. Darslarda bu usullarning muntazam qo’llanilishi hatto bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni faollikka undaydi. Darsda psixologik muhit yaratib olish uchun “Ifodali o’qish” usulidan foydalanib, har darsda muntazam qo’llash va o’quvchilarning barchasi navbat bilan unda ishtirok etishini ta’minlash muhim. Bu usulni qo’llashdan kutilgan natija:
o’quvchi ifodali o’qishni mashq qiladi;
o’quvchilar matnda qanday g’oya ilgari surilganini biladi;
o’quvchilarni kitob o’qishga undaydi.
Fransuz tili darslarida o’tilgan mavzuni so’rash bosqichida “Qoidalar” usulidan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Bu usuldan darslarda tez – tez yoki muntazam qo’llab turish, ayniqsa, o’tilgan mavzuni so’rash va chorak so’ngida qo’llash mumkin. O’quvchilar guruhlarga bo’lingan holda qoidalarni takrorlamasdan aytishi kerak. Qoida aniq, ravon va tez aytiladi va o’qituvchi tomonidan baholab boriladi. Bu usulni qo’llashdan kutilgan natija:
guruhlardagi har bir o’quvchi ishtirok etadi va baholanadi;
o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldiradi, tashabbuskorlikni oshiradi;
mavzu va qoidani tez o’zlashtirishga yordam beradi.
Didaktik mashqlar
Mavzuga doir grammatik mashqlar tashkil etish o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish-
ning samarali yo’llaridan biridir. Bu usuldan yangi mavsuni boshlashdan avval foydalanish mumkin.
Guruhlarga mavzuga oid topshiriq beriladi. Bunda “Lug’at diktant”, “Grammatik topshiriq” didaktik mashqlaridan foydalanish mumkin. Topshiriqlar o’rganilayotgan mavzudan kelib chiqib beriladi. Masalan, 5 – sinf fransuz tili darsida quyidagi didaktik mashqlardan foydalanish mumkin.
“Lug’at diktant” didaktik mashqi
Qator kelgan qo’sh undosh va undoshlarni aniqlang :
La table, la poste, quatre, la tasse, basse, cinq, la ville, la classe, maigre, grosse, blonde
Yozuv taxtasiga bir o’quvchi diktantni yozadi va topshiriqni bajaradi. O’qituvchi so’zlarni tekshirgach oquvchilar ham o’z diktantlarini to’g’rilab oladilar.
“Lug’at diktant” didaktik mashqidan kutilgan natija:
o’quvchilar eslash qobiliyatini rivojlantiradi;
qo’sh undoshlarning yozilishi va o’qilishi haqida tushunchaga ega bo’lishadi;
o’quvchilarni fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
“Grammatik topshiriq” didaktik mashqi
6 – sinfda “I, II,III guruh fe’llarining tuslanishi “mavzusini o’rganishda bu mashqdan foydalanish mumkin. O’quvchilar uchala guruh fe’llarining hozirgi va o’tgan zamonda tuslanishi va ulardagi qo’shimchalarni to’g’ri qo’yishni o’rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |