Dialogik matn tuzilishi. Dars rejasi



Download 52,5 Kb.
Sana10.12.2019
Hajmi52,5 Kb.
#29354
Bog'liq
Dialogik matn tuzilishi.


Aim.uz

Dialogik matn tuzilishi.

Dars rejasi:

  1. Matnning shakily-mazmuniy tuzilishi

  2. Dialogik matnning o’ziga xos tomonlari

3. Mashqlar bajarish

Tayanch so’z va iboralar: Ma’lum voqelik, nutqiy butunlik, og’zaki, yozma, dialogik matn, tasdiq yoki inkor, ziddiyat yoki munozara, so’zlashuv va badiiy uslub, ikki a’zoli (savol-javob, buyruq-javob, ziddiyatli va munozarali) va ko’p a’zoli (savol-xabar-xulosa) dialog matnlari.

Ma’lum voqelik aqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.

Matn og’zaki yoki yozma nutqqa xos bo’lishidan qat’iy nazar, ikki xil ko’rinishda bo’ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshninjg turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.

Ikki kishi o’rtasidagi dialogik nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani bildiradi. Ko’p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo’lmay, o’rtaga tashlanmagan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan hisoblanadi.

Dialogik matn tarkibida so’roq olmoshlari, muomala odobiga oid so’z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so’zlar keng qo’llanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to’liqsiz gaplar, so’z-gaplar faol ishlatiladi.

Dialogik matn soz’lashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.


65-topshiriq

Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlar asosida matnni tahlil eting. Tahlilda quyidagilarga e’tibor bering:

- ushbu dialogik matn necha a’zoli;

- matnda ifodalangan fikr;

- matnni shakllantirgan leksik vositalar;

- matn gaplarning tuzilishi

- Shu, deyman, Toshpo’lat, sen menga mundoq xushomad qilsang-u Xolidaga uylansang nima bo’larkan? – deb hazillashdi Samad. – U mening jiyanim, sen mening do’stim, begonaga uzatgandan ko’ra…

- Senga xudo bas kelsin, oshna, -dedi G’aybarov. – Esing joyidami yo meni uyingga kelmaydigan qilmoqchimisan?

- Nega, qarindosh bo’lsak yomonmi?

- Xolida hali yosh-ku?.. –Ma’suma bu gap og’zidan qanday chiqib ketganini payqamay qoldi. Labini tishladi. G’aybarovga zimdan razm soldi: yo’q, og’rinmadi, tusi o’sha-o’sha…

- Hazil, -deb kuldi Samad. –Darvoqe, Toshpo’lat, ko’pdan beri so’ramoqchi bo’lib yuraman, haliyam Galatepaga ko’milishim shart, deb o’ylaysanmi?

- Har holda, tug’ilgan joying….

Murod Muhammad Do’st
66 –topshiriq.

Do’stingiz bilan bugungi rejalari to’g’risida suhbatlashing va shu asosida dialogic matn yarating. Buning yozma yoki badiiy nutqqa xos matnda farqini tushuntirib bering.




Aim.uz


Download 52,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish