Dialektika kategoriyalari



Download 199 Kb.
bet4/8
Sana07.04.2022
Hajmi199 Kb.
#535871
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dialektika kategoriyalari KURS ISHI

1.4. Qism va butun
Bir necha asrlar davomida olamning tuzulishi va birligi, predmet va hodisalardagi tartib, ketma – ketlik, yaxlitlik va turkumlanish kishilarni qiziqtirib kelgan. Olimlar va mutafakkirlar predmetlarning xilma – xilligi va birligi o‘rtasidagi aloqadorlik ustida o‘ylanishar ekan, bir qator savollarni tashlashdi: butunlikning mohiyati nimadan iborat? nima birlamchi: butunlikmi yoki qismmi? Butun predmetlar bo‘linganda, uning sifati ham bo‘linadimi? Olamning ko‘p xilligi bilan birligining nisbati qanday?
Idealizm namoyondalari (Aflotun, Leybnis va boshqalar) butun qismlarning yig‘indisidan iborat emas, u aslida ma’naviy faoliyatning natijasida paydo bo‘lgan xislat degan fikrga kelishgan. O‘tmish materializmi (Demokrit, F.Bekon, Golbax) o‘z dapvrlarida tabiiyot fanlariga tayanib butunni mexanistik ma’noda, ya’ni, narsalarning yig‘indisidan kelib chiqadigan xossa deb belgilangan.
Materialistik dialektikada butunlik prinsipi ishlab chiqildi. Bu prinsipga ko‘ra, butun qismlar yig‘indisidan iborat bo‘lmasdan, ularning bog‘lanishi, o‘zaro ta’siridan kelib chiqqan yangi xossa yoki tomonni o‘zida namoyon qiladi. Ayni paytda qismlar nisbiy mustaqikka ega. Qismlar yaxlit butunlikni bildiradigan xossalardan farq qiluvchi o‘z xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin.
Qism va butun kategoriyalari borliqning borliqning barcha sohalarining tartiblanganligini, quyidan yuqori tomon darajalanganligini, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tishda yangi xossaning paydo bo‘lish xususiyatni ifodalaydi.Qismni ko‘pincha birikmakni tashkil qilgan predmetning bo‘lagi deb tushunadilar. Bunday tasavvur butun predmetning tashqarisida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan qism hag‘idagi fikriga olib keladi. Lekin, ilmiy bilish va amaliyot shuni ko‘rsatadiki, birikmani hosil qilgan butunlik qismlarda mavjud bo‘lmagan xossaga ega, qism esa butunlikdan tashqarida o‘zining xususiyatini (butunlikdan, umumiylikdan olgan belgisini) yo‘qotadi. Organizmdan ajralib qolgan a’zo, jamiyatdan ayrilib, hayvonlar orasida o‘sgan go‘dak, ta’limotdan yakkalangan tushuncha moddiy va ma’naviy «bo‘laklar» holatiga kelsalar ham, qismga xos xislatlarini yo‘qotadilar. Xo‘sh, qism nima?
Qism o‘zining funksiyasi va ta’siri bilan bir butunlikni taqazo etuvchi xossani vujudga keltiradigan alohida predmet yoki hodisadir. Suv molekulasining butunligini qismlar sifatida mavjud bo‘lgan vodorod va kislorod atomlarning o‘zaro ta’siri keltirib chiqaradi. Qism uchun butunlik doirasida o‘zining mustaqilligini, sifatini saqlash, boshqa qism bilan nisbatan ozod aloqada bo‘lish xarakterlidir. SHu bilan birga, butunning o‘zgarishi, taraqqiyoti bilan birga qism ham riovjlanadi. Xususan, mustaqil O‘zbekiston respublikasini bir butun ijtimoiy uyushma, birlik sifatida taraqqiy qilish iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy sohalar va strukturalarning rivojlanishini taqazo etmoqda. O‘z navbatida o‘tkazilayotgan islohatlar ta’sirida bu strukturalarning taraqqiy qilishi respublika istiqloli poydevorini mustahkamlamoqda.
Butun kategoriyasi qismlar o‘rtasidagi aloqa va muhit blan o‘zaro ta’sir qilish natijasida yuzaga kelgan, lekin yakka qismda uchramaydigan yangi xossaga ega bo‘lgan predmetni ifodalaydi. Butunning muhim xislati shuki, u qismga qaraganda barqaror bo‘ladi. Bu qismlar o‘rtasida o‘rnatilgan muntazam aloqadan kelib chiqadi. Butunlik bunday xislati, ya’ni qismlarni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan barqarorlik, burg‘unlik taraqqiyot emas, balki tanazzulga olib kelishi mumkin. Totalitar tuzumning iqtimodiy, siyosiy va mafkuraviy butunligini o‘zida mujassamlantiran SSSRni taqdiri bunga misol bo‘lishi mumkin. Ma’lum jihatdan o‘zgarmas qismlarning birikishidan hosil bo‘lgan predmet uyushtirilgan butunlikni tashkil qiladi. Uyushtirilgan butunlik jonsiz narsalarga (muz kristallida butunlik fizik xossa va qonuniyatlarni amal qilinishi orqali «uyushtiriladi»), sun’iy yaratilgan predmetlarga (mashinalar, qurilmalar) xosdir.
Butunlikning eng murakkab turi o‘z-o‘zini tashkil qiladigan, tiklaydigan tizimlarda mavjuddir. Ularning qismlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir shunday tashkil qilinganki, u o‘z–o‘zini rivojlantirish qobiliyatiga ega bo‘lgan butunlikni vujudga keltiradi. Bu xildagi butunlik tarkibida qism avtonom (mustaqil) rejimda harakat qiladi, o‘z funksiyalarini bajaradi. Butunlikning bu turiga jonli tabiatdagi tizimlar, ijtimoiy uyushmalar (jamoa, oila, siyosiy tashkilotlar va boshqalar) kiradi.
Butun va qism tushunchalari qadimgi yunon falsafasidayoq ma’lum bo’lgan. Butunni o’rganishga nisbatan yondashuvlarni belgilashda yuzaga kelgan ziddiyatlarni yechish qiyinchilik tug’dirgan. Ma’lumki, Dekart o’zining metod haqidagi mulohazalarida har qanday predmetni o’rganishni bilish vazifasini yechish uchun bu predmetni necha qismga ajratish kerak bo’lsa, shuncha qismga ajratishdan boshlashni tavsiya etadi. Demak, butun - qismlar yig’indisi deyish ham mumkin. Ammo bu fikr faqat qisman to’g’ri, chunki butun o’zini tashkil etuvchi qismlarning oddiy yig’indisi bilan izohlanishi mumkin emas. Masalan, qurilish materiallari bir uyumga to’kilsa, bino paydo bo’lmaydi. Qarama-qarshi yondashuv butunning ustunligini tan olishni nazarda tutadi. Bu holda butunni bilish qismlarni bilishdan oldin keladi. Ammo butunning o’ziga xosligi uni tashkil etuvchi qismlardan kelib chiqmaganidek, qismning xossalari ham butundan kelib chiqmaydi. Natijada qoniqarli yechimini topish mushkul bo’lgan yaxlitlik antinomiyalari yuzaga keldi, chunki qarama-qarshi fikrlarning har birini amaliyotdan olingan misol bilan isbotlash va xuddi shuningdek, amaliyotdan olingan misol bilan rad etish mumkin. Masalan, butun qismlarning yig’indisidir, degan qoidaga butun o’zini tashkil etuvchi qismlar yig’indisidan ko’proqdir, degan qarshi qoida zid keladi. Qismlar butundan oldin paydo bo’ladi, degan fikrga butun o’zining qismlaridan oldinroq paydo bo’ladi, chunki ularga yangi xossalar baxsh etadi, degan fikr zid keladi. Mazkur antinomiyalar bilish metodologiyasida ham bilishning qarama-qarshi mo’ljallarida o’z ifodasini topadi: butunni bilish uning qismlarini bilish orqali amalga oshiriladi, bunga qarshi qoida esa shunday yangraydi: qismlar butunni qismlarga ajratish mahsuli sifatida faqat butun haqidagi bilimga muvofiq anglanishi mumkin. Yaxlitlik jumboqlariga, xususan, quyidagi hodisa misol bo’ladi: har bir atom yadrosining og’irligi uning tarkibiy qismlari og’irligining yig’indisidan kamroqdir. «Massa nuqsoni» deb ataladigan bu hodisa massa va energiyaning ekvivalentligi bilan izohlanadi. Bu hodisani yaxlitlik jumboqlari nuqtai nazaridan qanday tushuntirish mumkin? Mazkur ziddiyatlarni yechish butun va qismning aloqasi haqidagi qarama-qarshi tasavvurlar birligini tan olishni nazarda tutadi Qismlar o’rtasidagi aloqaning xususiyati butunning sifat jihatidan aniqligini, uning yaxlitligini belgilaydi. Yaxlitlik qismlarning shunday bir aloqasiki, unda butun qismlarining birligi ta’minlanadi, buning natijasida butun tizimlilik, uyushqoqlik xususiyatini kasb etadi. Qismlar aloqasining tipi yaxlitlik tipini belgilaydi. Aloqaning strukturaviy (tuzilishning bog’lanishlari), funksional (predmetning faoliyat usulini tavsiflovchi), genetik tiplari yaxlitlikning tegishli tiplarini tashkil etadi. Yaxlitlikning quyidagi turlari farqlanadi:
1. Mexanik yaxlitlik. Bu yerda qismning butunga kamroq bog’liqligi va butunning qismga sezilarli darajada bog’liqligi kuzatiladi. Masalan, avtomobil g’ildiragi yoki ruli uning harakatlanishini ta’minlovchi qismlardir, lekin ular o’z sifatida avtomobildan qat’iy nazar mavjud bo’lishi mumkin.
2. Noorganik yaxlitlik. Bu yerda qismlarning butunga bog’liqligi ortadi, butunning qismga bog’liqligi esa kamayadi. qismlarning barqaror aloqasi har bir elementga o’z xossalarini saqlash va nisbatan o’zgarmas bo’lib qolish imkonini beradi. Masalan, elektron atom tarkibida ham, undan tashqarida ham (harakatlanayotgan elektronlarning izchil oqimi sifatida) deyarli o’zgarishsiz qoladi.
3. Organik yaxlitlik. Organik dunyoda nafaqat qismlarning o’zaro mosligiga, balki ularning subordinasiyasiga ham duch kelish mumkin. Organik tizimlarning qismlari butundan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Tanadan uzilgan qo’l faqat nomigagina qo’l sanalishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi.
Yaxlitlik tiplari va turlarining tasnifi butunning tabiatini bilish nafaqat uni tashkil etuvchi qismlarni, balki qismlar o’rtasidagi aloqalar xususiyatini ham bilish orqali amalga oshirilishini ko’rsatadi. Demak butun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda joylashuvi va o’zaro bog’langan yagonalikning ifodasi. Qism – butun tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o’z vazifasini bajara oladigan alohidalik. Masalan, yaxlit bir butun sifatidagi H2O molekulalarining qismlari – vodorodning ikki atomi va kislorodning bir atomi. Butun o’z qismlarining oddiy yig’indisidan iborat emas. Ma’lumki, vodorod yonadi, kislorod yonishni quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to’sqinlik qiladi.
Dialektika butun va qismga ularning dialektik birligi nuqtai nazaridan yondashadi. Butun hosil bo’lganda qismlar xossalarining yig’indisidan iborat bo’lmagan yangi sifat vujudga keladi; shunga qaramay u qismlar – ularning miqdori va o’zaro aloqaning muayyan tipi bilan belgilanadi. Shu sababli dialektika butunni bilish faqat xossalar, qismlar haqida bilim mavjud bo’lgan taqdirda samarali bo’lishi mumkin va aksincha, qismlarni o’rganish butunga doir oldingi bilimga tayanishi lozim, deb hisoblaydi.
Butunning uch tipi ma’lum:
a) mexanik butun (qum, tosh uyumi, chunki ularning qismlari butunga kiradi va undan deyarli o’zgarmasdan chiqadi);
b) uyushgan butun, agar qismlarning ko’rinishi o’zgarsa;
v) organik butun, agar qismlar o’z-o’zidan rivojlansa (tirik organizmlar).

Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish