1.5. Sabab va oqibat.
Inson hamma vaqt atrofdagi muhitni o‘rganish va o‘zlashtirish maqsadida sababiy bog‘lanishlarni bilib olishga intilgan. Falsafa va fanning dastlabki qadamlari voqelikka, olamga qaratilgan «nima uchun» degan savolni berishdan boshlangan. Bu savolga javob berish jarayonida umumiy aloqadorlik haqidagi tasavvurni konkretlashtiruvchi o‘zaro aloqa, o‘zaro ta’sir va sababiy bog‘lanish tushunchalari ishlab chiqildi. Shu tushunchalar asosida sababiyat konsepsiyasi shakllandi. Predmetlarning o‘zaro universal bog‘lanishi falsafada sababiyat, sababiyat tamoyili tushunchalari bilan ifodalanadi. Sababiyat biri ikkinchisini keltirib chiqarishda namoyon bo‘ladigan ikki tomonni – sabab va oqibatni o‘z ichiga oladi. SHartli tasvirida buni kuyidagicha ifodalash mumkin.
Sabab–bu o‘z ta’siri, faoliyati bilan boshqa hodisani vujudga keltiradigan hodisadir. Ikki tomondan iborat bo‘lgan har qanday aloqa va bog‘lanish sabab rolini o‘ynaydigan birinchi tomonni (ta’sirini, turtkini, faollikni) bo‘lishini taqazo etadi. Birlamchi ta’sir yoki faollikni natijasi oqibatdir.
Oqibat–sabab sifatida namoyon bo‘ladigan ta’sirni, faollikni ikkilamchi tomoni, natijasidir.
Sababiyat zanjirida ta’sir sababdan oqibatga qarab yo‘nalganbo‘ladi. Vaqt jihatidan sabab oldin yuzaga keladi. Oqibat orqaga qarab qaytmaydi.
Sababni qanday, qaysi yo‘l bilan oqibatni yuzaga keltirishi ma’lum darajada sharoitga bog‘liq.
Sharoit – bu ta’sir ko‘rsatadigan sababiy hodisaning ichki va tashqi muhitidir. Ya’ni sharoit sabab bilan munosabatda bo‘lgan ichki va tashqi omillarni yig‘indisidan tashkil topadi. «SHaroit» tushunchasini e’tiborni tomoni shuni, turli sharoitda bir xil sabab turli oqibatni yuzaga keltiradi. Masalan, kasal qo‘zg‘atuvchi muayyan patologik holat /gripp/ organizmlarda turli sharoitga duch kelib, kishilarda oqibati ko‘p xil ko‘rinishga ega bo‘lgan turli kasallikni vujudga keltiradi. SHaroit, sabab va oqibat o‘rtasidagi bog‘lanishni qo‘yidagicha tasvirlash mumkin.
Sababni yuzaga keltiradigan barcha shart – sharoitlar va omillar majmui sababiy asosni tashkil qiladi. Sababiy asosning tarkibiga sharoit, sabab, bahona, harakatlantiruvchi omil kiradi.
Olamdagi sistemalarning rivojlanishini yuqori pog‘onalarida (jonli tabiat, jamiyat) ma’lum jihatdan o‘zining sababini o‘zi belgilovchi tizimlar va strukturalar vujudga keladi. Ularning (hayvonlar to‘dasi, ijtimoiy uyushmalar va hokazo) hatti – harakati, faqat tashqi muhitning ta’siri emas, balki ichki holati, ehtiyoji bilan ham belgilanadi. Demak, universal aloqadorlikning bir ko‘rinishi bo‘lgan sababiy bog‘lanish sharoitga, sistemalarning xususiyatga qarab – to‘garadi, turli shakllarda namoyon bo‘ladi.
Sabab va oqibat kategoriyalarini tahlil qilib o‘rganish muhim metodologik ahamiyatga egadir, chunki u narsa va hodisalarning harakatini, qonuniyatlarini nazariy va amaliy nuqtai nazardan chuqur va atroflicha tushunishga, faoliyatni tegishli rejasini tuzishga yordam beradi. Falsafa sababiy bog‘lanishning shaklan va mazmunan xilma – xilligini asoslab berib, sabab va oqibat o‘rtasidagi aloqadorlik faqat bir tomonlama, zaruriy emas, balki ko‘p tomonlama, bavositali, ehtimolli, tasodifiy xarakterda bo‘lishini hisobga oladi. Sababiy bog‘lanishni har tomonlama o‘rganish ehtiyoji universal aloqadorlikni aks ettiruvchi bir qator boshqa tushunchalarni – zaruriyat va tasodifiyat, imkoniyat va voqelik, qonuniyat kategoriyalarini ko‘rib chiqishni taqazo etadi.
Sabab va oqibat dialektikasi. Ichki va tashqi sabablar farqlanadi. Obyektning mohiyatini tashkil etuvchi qarama-qarshi kuchlar, tendensiyalarning o’zaro aloqasi sababning ichki manbai hisoblanadi. Masalan, odamlar o’z kasalligi yoki qariligini qayg’u-hasrat, muvaffaqiyatsizliklar, og’ir ish va hokazolar bilan tushuntirishga moyildirlar. Amalda qarilik yoki o’limni yengishga hali hyech kim muvaffaq bo’lmagan, chunki qarilik ham, o’lim ham ichki sabablar bilan izohlanadi. Shu sababli ba’zilar og’ir ish bilan shug’ullanib ham uzoq vaqt yosh va sog’lom bo’lib qoladi, ayrim takasaltanglar esa juda tez qariydi... Tashqi sabablar turli obyektlar o’zaro aloqasining mahsulidir.
Sabab va oqibat munosabatlarini orqaga qaytarib bo’lmaydi. Sabab va oqibatning sof chiziqli jarayon sifatidagi mexanistik talqini muqarrar tarzda sabab va oqibatni orqaga qaytarish mumkin, degan xulosaga olib keladi. Masalan, Oy qarama-qarshi yo’nalishda aylana boshlasa, u dastlabki holatga kelgan bo’lar edi. Ammo bu faraz zamirida soxta asoslar yotadi: u sabab-oqibat munosabatlariga tasodifiy omillar to’plami kuchli ta’sir ko’rsatishini hisobga olmaydi. Dastlabki holatga qaytish – bu mazkur omillar to’plamini amalda mujassamlashtirish demakdir. Vaholanki, ularning hammasini amalda mujassamlashtirish mumkin emas, demak, dastlabki holatga qaytish mumkin emas. Sabablar va oqibatlarning munosabatlari murakkab va rang-barangdir. Bir sabab ko’plab oqibatlarga sabab bo’lishi va, aksincha, bir oqibat zamirida ko’p sonli sabablar yotishi mumkin. Ayrim sabablar oqibatlar cheksiz zanjirining ilk manbai hisoblanadi. Ba’zi bir sabablar «zanjir reaksiyasi» ko’rinishini kasb etishi, ya’ni ikki yoki undan ortiq oqibatni yuzaga keltirishi, ular esa, o’z navbatida, ikki yoki undan ortiq oqibatga sabab bo’lishi mumkin. Sabablar ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, obyektiv va subyektiv bo’lishi mumkin. Subyektiv sabablar ko’pincha faoliyat, xulq-atvor, qilmishlarni izohlash sohasida namoyon bo’ladi.
Bahona va shart. Sabab, bahona va shartni farqlash lozim. Bahonani subyektiv sabablar qatoriga kiritish mumkin. Bunda voqyea yoki sherikning harakati o’zining, odatda, noto’g’ri javob harakatlarini oqlash maqsadida talqin qilinadi va baholanadi. Shartlar – amaldagi yoki ehtimol tutilgan sababning mavjudlik muhitini tashkil etadigan ichki omillar va tashqi munosabatlar majmuidir. Sinergetika muhitga yagona negiz, bo’lg’usi tuzilmaning rang-barang shakllari manbai, rivojlanishning turli yo’llari uchun maydon sifatida qaraydi. Sabab-oqibat munosabatlari tizimida shartlarning amaldagi ahamiyatini tushunish uchun quyidagi misolni ko’rib chiqamiz. Fuqaro A. xotini suzishni bilmasligidan xabardor bo’lgani holda, undan qutulish uchun uni dengiz bo’ylab sayohatga yuboradi. Oqibatda xotini suvga cho’kib o’ladi. Erning harakatlari xotin o’limining sababi hisoblanadimi? Bu misol shartlar o’z holicha oqibat sababi bo’la olmasligini, lekin sababning amalga oshishiga ko’maklashadigan yoki monelik qiladigan omil hisoblanishini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |